Buxoro viloyati
O‘zbekiston respublikasining 12
viloyatlaridan biri
Buxoro viloyati
—
Oʻzbekiston
Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari
ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
1938-yil
15-
yanvarda
tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-
sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, shimol
va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati,
janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km
2
. Aholisi 1443
mingdan ziyod kishi (2001). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent,
Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon, 11
shahar
(Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor,
Gʻijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yigʻini bor.
Buxoro shahar aholisining
etnik tarkibi asosan Uzbek, Rus, Fors (Eroniylar), Turkman, tojik,
Ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.Markazi-Buxoro
Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha
murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon
daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef
koʻrinishlarini ajratish mumkin:
1. Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Kuljuqtov, Tuzkoy togʻi, Jarqoq, Saritosh);
2. Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir);
3. Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida
vujudga kelgan
akkumulyativ tekisliklar;
4. Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl);
5. Yassi yuzali vohalarda balandligi 5–15 m li tepalar uchraydi.
Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan.
Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan.
Foydali
qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neftgaz
hamda grafit konlari,
ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida
juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi,Oyoqogʻitma botigʻi
atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7
balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental:
yozi issiq,
uzoq, quruq, iyulning oʻrtacha harorati 28-32°, qumliklarda 60-70° gacha koʻtariladi.
yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90–150 mm yogʻin tushadi. Asosan
bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai —
AmuBuxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakul, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta.
Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir,
Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning
94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir
tusli sur, qumli
ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi.
Hududiy boʻlinishi