Safarov Orifjon Etnik birlik



Download 104,1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi104,1 Kb.
#305623
Bog'liq
2 E



Safarov Orifjon 

Etnik  birlik

,  etnos  —  kishilarning  maʼlum  bir  tarixiy  davrda  va  ijtimoiy 

tuzumda  tarkib  topgan  alohida  barqaror  etnik  uyushmasi.  Etnik  birlik  etnografik 

jihatdan "xalq" maʼnosini’ anglatsada, lekin unga nisbatan aniq tushunchadir. Etnik 

birlik  muayyan  sharoitda  tabiiytarixiy  taraqqiyot  jarayonda  vujudga  kelgan 

uyushmadir. Fanda Etnik birlik bosqichining 3 turi mavjud: qabila, elat va millat. 

Ketmaket almashib kelgan bu atamalar turli vaqtlarda vujudga kelgan boʻlib, ular 

oʻz davriga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladilar. Kishilar birlashuvining 

tabiiy  negizi  —  hudud  umumiyligi,  shuningdek,  ular  tilining  yaqinligi  yoki 

umumiyligi Etnik birlikning vujudga kelishida asosiy shart hisoblanyli. Koʻpincha 

(mas, Amerika qitʼasida) millatlarning tarkib topishida etnik birlikning turli tillarga 

mansub  komponentlari  oʻrtasida  olib  borilgan  xoʻjalik,  madaniy  va  boshqalar 

sohalardagi aloqalarning rivojlanishi bilan til umumiyligi qaror topgan. Bu jarayonni 

boshqarishda  har  xil  ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  va  tabiiy  muhitning  alohida 

xususiyatlari  taʼsirida  moddiy  va  maʼnaviy  madaniyat,  turmush  va  psixologik 

umumiylikning  Etnik  birlik  uchun  xarakterli  boʻlgan  belgilari  shakllanadi.  Bu 

elementlar  hudud  va  til  bilan  bir  qatorda  Etnik  birlikning  muhim  belgilari 

hisoblanadi. Baʼzan Etnik birlikning shakllanishiga diniy mushtaraklik, shuningdek, 

irqiy jihatdan yaqinlik ham muhim taʼsir koʻrsatadi. Bunday yaqinlik Etnik birlikka 

kirgan va bir-biridan keskin farqlanadigan har xil irqiy komponentlar orasidagi metis 

guruhlarining  hosil  boʻlishida  ham  vujudga  keladi  (mas,  braziliyalik,  kubalik). 

Shakllanib boʻlgan Etnik birlik yaxlit ijtimoiy organizm boʻlib, etnik jihatdan har xil 

boʻlgan nikohlar tufayli va nasldan naslga til, madaniyat, anʼanalar va boshqalarning 

oʻtib  borishi  yoʻli  bilan  barqaror  tus  oladi.  Yanada  barqarorlik  boʻlishi  uchun 

oʻzining ijtimoiy-siyosiy hamda hududiy tashkilotini tuzishga harakat qiladi. Ammo 

vaqt oʻtishi bilan Etnik birlik ning ayrim qismlari hududiy jihatdan ajralib ketish, 

turmush va madaniyatning koʻp tomonlarini oʻzlashtirish va boshqalar tilni qabul 

qilish holatlari ham uchraydi. 

Kishilik  jamiyati  ijtimoiyiqtisodiy  taraqqiyotning  maʼlum  bir  bosqichida 

qabilalar uyushmasi hisoblangan Etnik birlik maʼlum bir tarixiy sharoitda, hududiy, 

iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi va yangi turi vujudga keladi. 

qadimiy  davrlarda  vujudga  kelgan  yangi  Etnik  birlik  ni  ifodalash  uchun  "elat" 

atamasi  qabul  qilingan.  Elat  —  Etnik  birlik  bosqichining  qabila  uyushmasidan 

keyingi  turidir.  Tarixiy  taraqqiyot  davomida  esa  Etnik  birlikning  keyingi  turi  — 



millat shakllana boradi. 

 

Download 104,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish