kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va Gʻijduvon poyabzal
fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan „Vardanzi“ tikuvchilik qoʻshma
korxonasi, „Qorakoʻl“ aksiyadorlik jamiyati qoshida Yunoniston bilan hamkorlikda „Omega-
Sitora“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro „Zardoʻz“
aksiyadorlik jamiyati, Gʻijduvon
kulolchilik sexi, Gʻijduvon va Shofirkondagi gilam toʻqish
fabrikalari, Kogon paxta titish fabrikasi, Romitan toʻqimachilik fabrikasi, tikuvchilik, badiiy
kashtachilik, misgarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq gʻisht zavodlari ishlab turibdi.
Paxta tayyorlash punktlari,
quritish, tozalash sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi
yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda.
Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yigʻma temirbeton
buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan koshinlar ishlab chiqariladigan
„Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton zavodi bor. Gazavtomatika
ishlab chiqarish
birlashmasida qurilish materiallari ishlab chiqariladi.Qishloq xoʻjaligi. Buxoro viloyati
iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, gʻallachilik, mevachilik, polizchilik,
sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik) tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida
sugʻoriladigan yerlar (tomorqa yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga,
choʻl yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajoʻxori 857 ga, donli ekinlar 81,2
ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga, sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga,
kartoshka 2967 ga, yemxashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan beda 7,1 ming ga, bogʻlar
18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat uyushmasi va jamoa
xoʻjaligi, 4162 fermer xoʻjaligi, 41 xoʻjaliklararo korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud
(2001), Chorvachilik Buxoro viloyatining rivojlangan tarmogʻi boʻlib, qoramolchilik, qoʻychilik,
echkichilik,
yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qorakoʻllari
mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xoʻjaliklarida 428 ming qoramol, shundan
184,7 ming sigir, 750 ming qoʻy, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda
mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta oʻrmonchilik xoʻjaligi boʻlib,
asosiy
oʻsimliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorakoʻl oʻrmon xoʻjaligida esa dorivor oʻsimliklar ham
yetishtiriladi.Transporti. Buxoro viloyatidan magistral temir yoʻli oʻtgan. Eng katta temir yoʻl
stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 9820 km, shu
jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yoʻllari: Buxoro-Toshkent,
Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjoʻy) va Buxoro-Termiz yoʻnalishlari.
Aeroport bor.
Taʼlim
Taʼlim, madaniyat, sport
2000/01 oʻquv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 325,2 ming oʻquvchi, 25
gimnaziyada 5700 oʻquvchi taʼlim oldi. 1998-2001-yillarda 14 kasbhunar kolleji va 5 akademik
litsey qurib topshirildi. 14 kasbhunar kollejida 2400 oʻquvchi oʻqiydi. 2001-2003-yillarda
viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunartexnika bilim yurtlari kasbhunar kollejlari va
akademik litseylarga aylantiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil
12-iyun qarori). Viloyatda 3 oliy oʻquv yurti bor: Buxoro universiteti, Buxoro oziq-ovqat va
yengil
sanoat texnologiyam instituti, Buxoro tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba taʼlim oladi
(2001). Buxoro shahrida Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Buxoro filiali
(1928-94-yillarda Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda
Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzeyqoʻriqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy
kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat bogʻi, 15 badiiy havaskorlik
jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921)
respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qoʻlyozmalar mavjud. Buxoro
viloyatida 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri
toʻngʻich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil xavaskorlar
guruhi asosida tashkil
qilingan. Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyatidan Olim
Xoʻjayev,
Hikmat Latipov
,
Saʼdixon Tabibullayev
,
Lutfulla Nazrullayev
,
Nazokat Neʼmatova
,
Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar; Domla Halim Ibodov,
Ota Jalol
Nosirov
, Ota Gʻiyos Abdugʻaniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, Oʻlmas Rasulov,
Muxtor
Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari.
Maryam
Yoqubova
,
Tesha Moʻminov
,
Baxtiyor Ixtiyorov
, Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari
yetishib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: