1897
|
1897 – 1970 Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy yashagan.
|
1903
|
Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasining II syezdida partiya a’zolarining ko‘pchiligi asosida tashkil topgan guruhi bolsheviklar, kamchiligi esa mensheviklarga ajraldi.
|
1905
|
Rossiyada Kadetlar (“konstitutsion demokratlar”) partiyasi tashkil topgan.
|
1906
|
1906 – 1982 Leonid Ilich Brejnev yashagan
|
1910
|
1910 – 1990 Sobir Kamolov yashagan.
|
1914
|
1914-yil Yosh xivaliklar partiyasi tashkil topgan edi.
|
1917
|
Abdurauf Fitrat tarixdan saboq chiqarish to‘g‘risida shunday yozgan edi: “Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”.
|
1917
|
27-fevralda (yangi hisob bilan 12-martda) Rossiyada Fevral inqilobi bo‘lgan
|
1917
|
2-mart kuni Rossiya imperatori Nikolay II o‘z ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi.
|
1917
|
1-mart kuni Moskvada, mart oyida butun mamlakatda yangi hokimiyat o‘rnatildi.
|
1917
|
mart – iyul oylarida Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov boshchilik qildi.
|
1917
|
iyul – oktyabr oylarida Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Aleksandr Kerenskiy boshchilik qilishdi.
|
1917
|
2-mart kuni Toshkentda ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) tuzilgan edi.
|
1917
|
31-martda Turkiston o‘lkasi general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qo‘mondoni general A.N.Kuropatkin va uning yordamchilari lavozimlaridan chetlashtirilib uy qamog‘iga tashlangan edi.
|
1917
|
7-aprelda Muvaqqat hukumat tomonidan Turkiston o‘lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda faoliyat ko‘rsatdi.
|
1917
|
14-martda Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti bo‘lgan “Sho‘roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi. Tashkilotga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori o‘g‘li, keyinchalik Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (Ubaydulla Xo‘jayev) rais qilib saylangan.
|
1917
|
16 – 23-aprelda Toshkent shahrida tashkilot tashabbusi bilan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
|
1917
|
aprel oyidayoq O’lka Musulmonlar sho’rosi (Kraymussovet) tashkilotining Samarqand, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Skobelev (Farg‘ona), Marv, Turkiston, Oqmachit (Qizilo‘rda), O‘sh va boshqa shaharlarda shu’balari tuzilgan.
|
1917
|
iyunda “Sho‘roi Islomiya”dan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qo‘qon va Toshkentda yangi jamiyat – “Sho‘roi Ulamo”ga asos solishdi.
|
1917
|
avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi.
|
1917
|
24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi.
|
1917
|
kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo‘q edi, bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan
|
1917
|
27-oktyabrda Oktyabr to‘ntarishi haqidagi xabar Toshkentga yetib keldi.
|
1917
|
28 oktyabrdan boshlab Toshkentning yangi shaharida qurolli to‘qnashuvlar avj oldi.
|
1917
|
noyabrda Samarqand, Skobelev va boshqa shaharlarda ham sovet hokimiyati o‘rnatildi.
|
1917
|
15 – 22-noyabrda Toshkentda bo‘lgan Turkiston ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III o‘lka syezdida so‘l eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovet hukumati – Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Hukumatda 8 o‘rin so‘l eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi hamda u faqat yevropaliklardan iborat qilib tuzildi.
|
1917
|
12 – 15-noyabrda Toshkent shahrida “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining tashabbusi bilan “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazilib, unda Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan vakillar qatnashdi.
|
1917
|
26 – 28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butunturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
|
1917
|
dekabrda “Ulug‘ Turkiston” gazetasining yozishicha, Toshkentda 60 000 kishi ishtirok etgan miting o‘tkazildi.
|
1917
|
1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi.
|
|