Bаrqаror rivojlаnish jаrаyonidа ishchi guruhlаrini samarali tashkil etish. Tadbirkorlik kapitali va moliya manbaalari



Download 0,5 Mb.
bet1/21
Sana10.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#772783
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1. 4-MAVZU BOYICHA TAYANCH KONSPEKT (1)


4-MAVZU. BАRQАROR RIVOJLАNISH JАRАYONIDА ISHCHI GURUHLАRINI SAMARALI TASHKIL ETISH. TADBIRKORLIK KAPITALI VA MOLIYA MANBAALARI.
4.1. Ishchi kuchi resurslari va uning tarkibi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yalpi ishchi kuchi muhim va etakchi omillardan hisoblanadi. Yalpi ishchi kuchi – bu jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. Yalpi ishchi kuchining takror hosil qilinishi jarayonlarini o‘rganish muhim bo‘lib, bunda eng avvalo ishchi kuchining o‘ziga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
Ishchi kuchi – bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Hozirgi davrda ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan va ishlashga tayyor bo‘lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘jaligida, boshqa har xil ishlarda band bo‘lganlar potensial qismi hisoblanadi. (2-chizma)

1-chizma. Mehnat resurslarining tarkibi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy o‘sishi yoki harakati hisoblanadi.
Aholining tabiiy o‘sishi – bu aholining emigratsiya (fuqarolarning o‘z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi) va immigratsiya (xorijiy fuqarolarning doimiy yashash uchun mamlakatga ko‘chib kelishi)dan tashqari harakatini ifodalaydi. U quyidagi umumiy koeffitsientlar orqali aniqlanadi:
- tug‘ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
- o‘lish koeffitsienti (yil davomida o‘lganlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati);
- tabiiy o‘sish koeffitsienti (tug‘ilish va o‘lish umumiy koeffitsientlari o‘rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o‘rtacha har 1000 ta aholi soniga to‘g‘ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o‘sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni xalqaro darajada va mamlakat ichida ro‘y berishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida ro‘y bergan migratsiya tashqi migratsiya deyiladi. Bir mamlakat ichida ro‘y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
1) tugal migratsiya – aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;
2) tebranuvchi migratsiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya;
3) mavsumiy migratsiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog‘liq migratsiya;
4) tasodifiy migratsiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir. U mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo‘yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini namoyon etadi.
Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama-qarshi tomon – talab va taklifning o‘zaro ta’siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish beruvchilar bo‘lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish