Agrokimyoning ekologik muommolari



Download 0,99 Mb.
bet1/38
Sana01.03.2022
Hajmi0,99 Mb.
#476328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
маъруза матни


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI




Ortiqov T.Q. Бобобеков И.Н
AGROKIMYONING EKOLOGIK MUOMMOLARI

FANIDAN МАЪРУЗАЛАР МАТНИ


Oliy ta’limning 400000 - Qishloq va suv xo’jaligi bilim sohasining
5410100 – Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi uchun

SAMARQAND




1-Mavzu: Kirish. Elementlarni atrof muhitni ifloslantrish va bunda o’g’itlarni qo’llash bilan bog’liq tashkiliy tadbirlarning roli
REJA.
1.Agrokimyoning ekologik muommolari faning predmeti, maqsadi va vazifalari
2. Hozirgi paytda o’g’itlarning qo’llanilish intensivligi va hajmi
3. Zamonaviy ekologik muommolar va ular keltdirib chiqaradigan oqibatlar
4. Sug’oriladigan dehqonchilikda o’g’it qo’llash muommolari
5. Tuproq erroziyasi natijasida tuproqdan oziq moddalarning yo’qolishi va uni tuproq ekologiyasiga ta’siri
6. O’g’itlarni tayyorlash, saqlash, tashish va qo’llash jarayonida yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni ekologiyaga ta’siri


Tayanch tushunchalar: Sug’oriladigan dehqonchilik sug’orish, o’g’it qo’llash, me’yor, muddat, usul, yuvilish, uchish, eroziya, o’zlashtirilishi, immobmlizasiya, oziq modda, yo’qolish, irrigasion eroziya, suv eroziyasi, shamol eroziyasi, deflyasiya, ekologiya, ta’sir, gumus, azot, fosfor, kaliy, tuproq, unumdorliq suv, fizik hossa, biologik aktivliq mineral o’g’it, organik o’g’it, go’ng, kompost, siderat, o’g’itlarni tashish, ortish, tushurish, saqlash, ochiq, omborxona, xalta, to’kma, temdiryo’l, avtomashina, qo’llash, ekologiya, yuvilish, ifloslantdirish. agrokimyo, ekologiya, muommo, maqsad, vazifa, predmet, obyekt, o’g’it, oziq modda, o’zlashtirish koeffisenti yo’qolishi, yuvilishi, dinetrifikasiya, me’yor, doza, qo’llash muddati, o’g’it shakli, o’g’it, gumus, parchalanish, ozon qatlami, karbonat angidrit, qishloq xo’jaligini jadallashtdirish, yuqori norma, zamonaviy muommolar, suv havzalari, sizot suvlari, ifloslanishi, og’dir metal, ftor, tuproq, atmosfera, suv, mikroorganizm
(O’g’itlarni qo’llash, tuproq va tabiiy suvlar muhofaza)

Inson xayoti, uning sog’ligi, ish qobiliyati atrofdagi tabiatning holatiga ko’p tomonlama bog’liqddir.


Atrof-muhitning asrlardan buyon insonga ko’rsatib kelgan kasalbiy ta’siri tabiiy ofatlar yoki epidemiya bilan borliq edi.
Inson bu omillarning ko’pchiligi bilan ko’rashish usullarini, masalan, yuqumli kakasalliklarga qarshi ko’rashish usullarini o’rganib oldi.
Ta’kidlash lozimki, fan-texnika revolyusiyasi bi­lan borliq bo’lgan kimyoviy ishlab chiqarishning o’sishi atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatmokda: ichimlik suvlar ifloslanmoqda, dunyo okeanlari, yer atmosferasi zaharlanmoqda, yerning yashil maisa qatlami bo’zilmoqda, tuproq unumdorligi, mikroflorasi va faunasi yo’q kilinmokda, ekin dalalaridagi chuvalchanglar deyarli yo’qotildi. Umuman olganda, tabiatning noyob boyligi bo’lgan o’simlik va hayvonot olami xavf ostida qolmoqda. Natijada butun olam mohiyati bilan energetik va sosial krizisga teng bo’lgan ekologik krizisga yuz tutmoqda.
Birinchi marta 1930 yilda, Belgiyada, havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kakasallanish qayd etilgan bo’lsa, 1952 yilda Londonda ushbu kakasallik tufayli 4000 kishi vafot etganligi qayd etildi. Atmosfera havosida changlar, uglevodorodlarning fotokimyoviy reaksiya mahsulotlari, azot va ozon oksidlarining bo’lishi nafas olish organlari kakasalliklarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu o’rinda, surunkali bronxit kakasalligidan ulim har un ikki yilda iki marta ortayotganligini ta’kidlash kifoya. Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra, har turtta rak kakasalligining uchtasi atrof-muxitni ifloslanishi bilan borliq.
Atrof-muhitning ifloslanishi hayotga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi yirik shaharlarda quyoshli kunlar soni kamayadi va o’simliklar nobud bo’ladi. Ifloslanishining eng katta xavfi shundaki, atrof-muhitdagi kimyoviy mutagenlarning ko’payishi natijasida inson organizmida xavfli mutasiyalarning paydo bo’lishi mumkinligidaddir. Buning natijasida aqliy va jismoniy taraqqiy etmagan chaqaloqlar tug’ilishi ko’payadi yoki yangi oilalarda chaqaloq umuman tugilmaydi.
Ob-havo buyicha Xalqaro konferensiyaning bergan ma’lumotlariga ko’ra, uglerod S (II) oksidi miqdorining ortishi Yer shari haroratini 1,5-3°S ga oshdirish mumkin. Yer sharining bunday isishi, qutblardagi muzliklarning beto’xtov erishiga va dunyo okeanlari suv balandligi 4-8 m ga ko’tarilishiga olib kelib, quruqlikni butunlay suv bosishiga sabab bo’lishi mumkin. Yoki, ikkinchi bir dahshat stratosferadagi ozon himoya qavatining buzilishi bilan borliq bo’lib, stratosferadagi ozon o’g’itlardan ajralib chiqadigan moddalarni oksidlashga sarf bo’ladi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko’ra, Yerni quyosh reaksiyasidan himoya qilib turgan ozon himoya qavatining buzilishi, barcha tirik organizmlarni radiasion o’limga mahkum etishi mumkin.
Shu o’rinda V. A. Solouxinning qo’yidagi so’zlarini keltdirish o’rinliddir: «Agar qandayddir «koinot diversantlarini» Yer yuzini toshga aylantdirish maksadida, barcha jonzotni qirib tashlash uchun yuborilganda ham ular bizchalik ya’ni Yer yuzida yashovchi va o’zini unga do`st deb hisoblayotganlarchalik makkorona va aqlli harakat qilisha olmas edi» (Sozersaniye chuda. M., 1984, 193str.).
Atmosferadagi ifloslik miqdorining ortishi qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining kamayishiga, o’simliklarning sifati va o’sishiga, chorva mahsulotlari sonining kamayishiga olib kelmokda.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida erishilgan muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan o’g’it ishlatish, undan foydalanish va ishlatish usullari bilan borliqddir. Chunki Birlashgan Millatlar tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, jahon qishloq xo’jaligidan olinayotgan hosiliing o’rtacha 50% mineral o’g’itlar zimmasiga to’g’ri kelmoqda. Shu sababli ham kishi boshiga bir yilda o’rtacha 9 kg azot, 9 kg fosfor va 9 kg kaliy o’g’iti ishlatish kerak deb hisoblansa, u holda mineral o’g’it ishlab chiqarishni ikki barobar ko’paytdirish kerak bo’ladi. Agar gektariga solinadigan mineral NRK o’g’itlarni o’rtacha 100 kg/ga, deb olsak unda hozir mavjud ekin maydonlarini o’g’itlash uchun har yili 150 mln t o’g’it ishlab chiqarish kerak bo’ladi.
Kovda V. A. hisoblashlariga ko’ra, XXI asrning boshlarida, o’rtacha 300-400 mln t o’g’it ishlab chiqarish bilan davr talabini qonddira olish mumkin yoki hozirda ishlab chiqilayotgan o’g’itlarga nisbatan ishlab chiqarish salmog’ini 5-6 marta ko’paytdirish lozim bo’ladi.
Shuni nazarda to’tish kerakki, qishloq xo’jaligini kimyolashtdirish faqat mineral o’g’itlardan to’g’ri va samarali foydalanilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. Bu sohada agroximiklar doimo izlanishlari, o’g’itlarning yangi turlarini yaratish, ulardan foydalanishning eng maqbul muddatlari va normalarini belgilash buyicha ish olib borishlari zarur va shart. Aks xolda kimyo mahsulotlari hosildorlikning pasayishiga, sifatining bo’zilishiga, atrof-muhit, tuproq va suv havzalarini ifloslanishiga xizmat qiladi.
Atrof-muxit bir-biri bilan chambarchas bog’langan tabiiy va antropogen obyekt va xodisalar majmuidan iborat bo’lib, uning asosiy kategoriyalari jumlasiga antropogenez, texnogenez, texnogen ekotizim, geosfera, biogeosfera, biogeosenoz kabilarni kiritish mumkin. Qishloq xo’jalik korxonalari, dala, yem-hashak va sabzavot ekinlarini almashlab ekish, tok, tut va daraxtzorlar antropogen asosli agronomik ekotizim hisoblanadi, inson ularga meliorasiya, o’g’itlash, agrotexnikaviy tadbirlar, nav va boshqalar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Ma’lumki, mineral o’g’itlar kimyoviy moddalar jumlasiga kirib, ma’lum darajada gigroskopiklik xususiyatiga ega. Shu bois ular maxsus nam o’tkazmaydigan kraft yoki polietilen xaltalarda saqlanishi va tashilishi lozim. Lekin ko’p hollarda mineral o’g’itlar ochiq (to’kma) usulda moslashtdirilmagan avtoulov va traktor tirkamalarida tashilmokda, ko’p miqdorda mineral o’g’itlar isrof bo’lmokda.
Hisob-kitoblarga ko’ra, tabiiy fosfatlarni qazib olish jarayonida 25-30 % xom-ashyo yer ostida qolib ketadi. Fosforit rudasini birlamchi va ikkilamchi boyitish (yuvish, maydalash, flotasiya qilish) jarayonida qazib olingan xom-ashyoning 30 % ga yaqini isrof bo’ladi. Tabiiy fosfatlardan superfosfat, fosfat kislota va konsentrlangan o’g’itlar olish jarayonida yana 5-6 % fosfor yo’qoladi. Tayyor o’g’itlarni tashish, saqlash va tuproqda kiritishdagi isrofgarchilik taxminan 10-15 % ni tashkil qiladi.
Temir yul stansiyalarida o’g’itlar nobudgarchiligi o’rtacha 0,13-3,6 % ga teng bo’lib, bu kattalik o’g’itlar qoplab tashilganda 1,0-2,6 % ni, to’kma usulda esa 1,98- 3,6 % ni tashkil etadi.
O’g’itlarning isrof bo’lishi ularni saqlash usuli bilan uzviy bog’liqddir. Maxsus o’g’it omborlarida bu kattalik 2,55 %ni tashkil etsa, ochiq-sochiq holatda saqlanganda 11,1 % gacha yetadi.
O’g’itlar vagondan to’g’ridan-to’g’ri omborga tushdirilsa, nobudgarchilik «vagon-avtoulov-ombor» zanjdiridagiga nisbatan 2-2,5 marta kamayadi.
Yuklash, tashish va tushirish jarayonlarida o’g’itlarni segregatsiyasi oshadi, paykalga bir tekis taqsimlanmaydi va samaradorligi pasayadi.
O’g’it sochish moslamalarini to’g’ri sozlash o’g’itlar isrofgarchiligini kamaytdirishda muhim o’rin to’tadi. O’g’it sochishdagi notekislik 20-25 % dan oshganda ko’chat qalinligidagi bir tekislik buziladi, bug’doy hosilining pishib yetilishi 3-6 kunga kechikadi, shoxlanishi sust kechadi, donning bo’liqligi pasayadi.
Almashlab ekishni tashkil etish va to’g’ri joriy qilish o’g’itlar isrofgarchiligini oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bunda paykallarni ekin bilan band bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nishonlagan ionlar (N15) bilan o’tkazilgan tadqiqotlar asosida tuproqdan gaz holatda mosuvo bo’ladigan azotning 10 % ga yaqini ekin ekilmagan va o’g’it yuza kiritilgan paykallarga to’g’ri kelishi, ekinlar bilan band bo’lgan maydonlarda bu ko’rsatkich 0,5 % ni tashkil qilishi aniqlangan.
Turli qishloq xo’jalik ekinlari tuproqdan oziq moddalarni yuvilishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bu makasalada asosiy ekin turlarini qo’yidagi tartibda joylashtirish mumkin: sabzavotlar > ildiz mevalar > don ekinlari >o’t o’simliklari

Amerikalik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda, shudgorlab tashlab qo’yilgan maydonlardan ekin bilan band paykallarga nisbatan ko’proq oziq moddalar yuviladi.
Keltdirilgan muloxazalardan azotning yuvilishi jadal ketadigan regionlarda dexqonchilikning o’ziga xos tizimlarini qo’llash va birinchi navbatda donli hamda ozuqabop ekinlarni almashlab ekishga jiddiy e’tibor berilishi lozim degan xulosa kelib chiqadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish