Birinchi guruh:
a) o’simlikning tuproq yuzasidagi qismiga ta’sir qiladigan pestisidlar (xloritlar, arsenatlar, boratlar, og’ir metallar);
b) o’simlik tomdirli yoki yaproqlari orqali tanlab ta’sir qiladigan pestisidlar (xlorlangan alifatik kislotalar, simazin, antrazin va boshqa lar).
Ikinchi gurux:
a) bevosita ta’sir qiladigan pestisidlar mineral birikmalari va yog’lari;
b)tanlab ta’sir qiladigan pestisidlar. Bunga asosiy gerbisid birikmalari hisoblanadi.
Dunyo mikyosida, barcha mamlakatlarda 1000 oshiq kimyoviy moddalar asosida pestisidlar tayyorlanib qishloq xo’jaligida foydalaniladi!
Pestisidlar toksikligiga binoan uch guruxga bo’linadi:
A —gurux —uta zaharli pestisidlar (simobli preparatlar —lindan, demetan, DNOQ endosulfan, paratiyen);
V — gurux — zaharli pestisidlar (bromfos, malation, parakvat, DDT, diazinon, fention).
S — gurux — kuchsiz zaharli pestisidlar (antrazin, kontan, 2,4 —D, dalanon, manob, monuron, pdiretrinlar, simazin, tdiran, sineb va boshqa lar).
Pestisidlar asosan xlororganik fosfororganik birikmalardan bo’lganligi tufayli ularning parchalanishi, ya’ni mineralizasiyasi besh oydan 2 — 3 va 100 yildan oshikrokddir. Fosfororganik pestisidlar 5 — 6 oy ichida, xlororganiklari esa 2 — 3 yil, masalan DDT 100 yil va undan oshiq davr ichida parchalanadi.
Pestisidlarning foydalanish koeffisiyenti 1% dan oshmaydi, sababi ular tuproq eritmasi, karbonat va mineral moddalari bilan kimyoviy bog’lanadi, kolloid va loy hamda chang zarrachalari tomonidan adsorbsiya qilinadi. Pestisidlarning asosiy qismi yer osti suvlari bilan yuvilib ketadi, ba’zibir qismi shamol yordamida uchdirilib olib ketiladi.
Pestisidlar tirik organizmlarni zaharlaydi, inson va hayvon tanalariga utib sil, opqozon —ichak va ruxiy kakasalliklarning avj olishiga, ko’payishiga va rivojlanishiga olib keladi. Maasalan, DDT turidagi zaharli pestisidlar keng tarqalib Antarktida, Grenlandiyadagi pingvinlar qonida, Kanada, Skandinaviya mamlakatlarida esa onalar sutida topilgan.
Pestisidlar qishloq xo’jaligida rejalab ishlatilishi, transportdirovka qilinishi, extiyotlab saqlanishi lozim. AQShda har bir gektar sug’oriladigan yerga 200 gr, sobiq SSSRda 2kg, O’zbekiston paxta dalalarida 40-45 kg|ga pestisidlar ishlatilgan. Keyingi paytda pestisidlar urniga biosidlar ko’proq ishlatilib, FOS, azotli karbamid va fosforli 50 dan ortiq kimyoviy organizmlarga kam ta’sir qiladigan preparatlar ishlatila boshlandi. Hozirgi paytda Respublikamiz qishloq xo’jaligida zaharli pestisidlar juda ham kam ishlatilyapti, sababi bu preparatlarning narxi kimmat va mineralizasiya davri juda ham o’zokddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |