Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi»



Download 484,84 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2020
Hajmi484,84 Kb.
#32705
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy tafakkur iqtisodiyot fanining amaliy xo

Iqtisodiy tafakkur iqtisodiyot fanining amaliy xo'jalik ob'ekti bilan chambarchas bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinцipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy qisqacha xulosalarsi sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma'lum vaqtdan keyin o'zgarishi mumkin.

Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog'liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomiks, xalq xo'jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konцepцiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o'zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o'zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko'mak beradi.

Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to'g'risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida asosan to'la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g'oyalar esa qadimdan ma'lum. Ularni o'rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko'p hollarda Amerikani yangidan kashf etishga hojat qolmaydi.

Hozirgi paytda dunyodagi ilg'or g'oyalarni o'rganish davomida hurfikrlilikka (plyuralizmga) keng o'rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi aniq bo'lib qoldi.

Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha echimini kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug'iladi. Masalan, bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq echimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan bog'lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog'i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi bilan izohlaydilar (mehnat, er va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan ekan). Keyingi fikr bo'yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi.

O'z davrida ilg'or Sharqning ortda qolish, Farbning ilgarilab ketish sabablari, kelajak to'g'risidagi prognozlar ham muammo bo'lib turibdi.

Darslikda shu masallarni hal etishga oid fikr mulohazalar beriladi.

Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug'ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo'lgan). 1382 yili Kohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo'lgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan bo'lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g'arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta'sir ko'rsatdi.

Olimning konsepsiyasi «ijtimoiy tabiat» ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyasiyasi) oddiylikdan sivilizasiya saridir.

Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiy fikr» jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning daromadlari.» ni o'rganish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Olim: «Insonga xos bo'lgan jihatlarga yashash uchun mablag', narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo'linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi».

«Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog'liqdir», deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o'ziga qaytib keladi. «Aholining boylik manbaini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy g'oyani qo'llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g'oya klassik maktab fikrlari bilan to'ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo'yishda barcha sarf-xarajatlarni hisoblab narx yozadi». Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir.

Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig'ish jamiyat tanazzumiga olib kelishi aytiladi.

X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.

Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o'rin tutadi.



Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak».

Yusuf Xos Hojib «odamga foydasi tegmaydigan odam - o'lik, essiz o'tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat», deydi (1069 y. «Qutadg'u bilik» asarini yaratgan).

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo'li, Tinch okeani

Ibn Sino atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va Farbiy Evropa bilan chambarchas bog'lar edi. Bu esa karvon yo'li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog'u toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.

Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-Farbda joylashgan Forob (O'tror) degan joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot etgan.

Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.



Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovar bo'lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim blgan

«Ehtiyoj» ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar



Download 484,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish