Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi»



Download 484,84 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2020
Hajmi484,84 Kb.
#32705
1   2
Bog'liq
Iqtisodiy tafakkur iqtisodiyot fanining amaliy xo


Farg’oniy kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo'lgan holatdan, har bir operasiyani maxsus kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob so'ysin»). Mehnat taqsimoti to'g'risidagi g'oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir.

Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi.



Yuqorida sanab o'tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir». Bunday hollarda aytilgan hislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, «u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi».

Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa (kasallik, o'lim...), uning o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak. Bular donishmandlik, avvalgi o'rnatilgan odil



Forobiy qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga ega bo'lishi kerak . Agar shunday qonunlar qolmagan bo'lsa, « bunday qonunni o'ylab topish uchun ijod,ixtiyor qilish quvvatiga ega bo'lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida ro'y beradigan, avvalgi rahbarlar ko'zda tutmagan voqealarni ko'ra bilishi uchun bashoratgo'ylik hislatiga ega bo'lish talab etiladi. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo'lida kerak bo'ladi».

Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko'ra bilish xaqida gap bormoqda. Avvalgi rahbarlar o'rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvvalgilardan o'rnak, isbot olib o'zi to'qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg'in so'zlash- notiqlik hislatiga ega bo'lish kerakligi ko'rsatiladi.

Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun etarli jismoniy quvvatga ega bo'lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi.

Ibn Sino (980-1037) tomonidan nioyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig'i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Olimni hurmatlab «Shayx ur-rais» deb ataganlar.



Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhim g'oyalar ilgari suriladi. Inson sog'lig'ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog'liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «etiyoj» ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o'rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. Farbiy Evropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.

Beruniy Beruniyning iqtisodiy g'oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya asosiydir. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.

Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlari-ning ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi.

Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. Uning fikriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb o'ylagan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.

Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.



Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog'unda tug'ildi(olamdan o'tgan yili noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.

U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg'u bilig»(Qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og'asi ) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma'muriy- xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nioyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan.

Milliy iqtisodiy tafakkurning shakllanishida Markaziy Osiyodagi donishmandlarning hamda, xalq og'zaki ijodi namunalarining ahamiyati shubhasiz muhim o'rin tutadi. Bunday g'oyalar shakllanishining asosini «Avesto» dagi tarixiy boy manba tashkil etadi. Keyingi bosqichni esa islom ta'limotining O'rta Osiyoga yoyilishi bilan bog'lash mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy g'oyalarning ravnaq topishida Burhoniddin al-Marg'inoniyning «Xidoya» asaridagi iqtisodiy fikrlardir. Keyingi bosqichda esa, 9-10-asrdagi iqtisodiy g'oyalar rivojida muhim hissa qo'shgan qomusiy allomalar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy hamda Yusuf Xos Hojibning fikr va qarashlari muhim hisoblanadi. Umuman olganda o'sha davrdagi iqtisodiy g'oyalarning hususiyatlariga quyidagilar kiritish mumkin:

1. Iqtisodiy qarashlar fikrlar va g'oyalar asosan faylasuflar, diniy arboblar tomonidan bayon etilgan.

2. Nazariy tadqiqotlar esa cheklangan tor, sodda yondashuvlar asosida umumlashtirilgan. 3. Takror ishlab chiqarish jarayonida natural xo'jalik munosabatlarining ustunligi egallagan.

4. Ekstensiv takror ishlab chiqarishning ustunvorligi davom etgan.

5. Qo'shimcha maxsulot yaratishning vosita usul va shakllarini ijtimoiy hayotga tadbiq etish ta'mirlangan.

Xalq og'zaki ijodida esa mehnat taqsimotining o'rni mol-mulkning ko'payishi uchun asos bo'lib xizmat qilishi ta'kidlangan. Donishmandlarning iqtisodiy g'oyalarida esa, zamonaviy dunyoqarashning umumbashariy mezonlari qayd etilgan. Shuningdek, mulkdorlikning yuksak ma'naviyat bilan uyg'unlashishi zarurligi bayon etilgan. Xayotga, mehnatga, mulkka hamda erga bo'lgan munosabatning umumbashariy mezonlarga asoslanishiga undaydi. Xar bir shaxs va oila farovonligi jamiyat va davlat kuchli va qudratli bo'lishiga zamin yaratishi asoslanadi.

Ulug' bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo'lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o'rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo'llanilgan. Boburdan keyin uning o'g'li Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o'tkazdi, dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to'g'risida 1601 yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o'z aksini topgan.

Birbal-tarixiy shaxs 1994 yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono Birbal» nomli tqo'plamda ko'rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi-Bobur an'analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar urtasida birodarlik munosabatlarini o'rnatish yo'lida jonbozlik ko'rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind amaldorlariga alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan.



Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o'zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning echimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli» hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi namoyon bo'ladi. «Ulug' ma'bud Indiradir»,- deb so'z boshlaydi u.

Uning amri bilan yomg'ir erni sug'oradi, bug'doy unadi, odamlar to'kin va to'q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko'p foyda keltiradi. Eng qimmatli gul-paxtaning guli. Undan mato to'qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan ulug' tish yo'q. Chunki u er bag'rini yoradi, shundan keyin don va sabzavot ekiladi, odamlarni to'ydiradi. Ulug' fazilat esa jasoratdir.
Download 484,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish