Abdulla qodiriy(1894–1938) Darsning maqsadi



Download 286.63 Kb.
bet1/5
Sana15.04.2020
Hajmi286.63 Kb.
  1   2   3   4   5
DARSNING MAVZUSI: ABDULLA QODIRIY(1894–1938)

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.Abdulla Qodiriy va uning “O`tkan kunlar” romani haqida bilim berish,rivojlantirish

b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish

d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.



I.Tayanch kompetensiyalar:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– darslik va media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan foydalana olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish, badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish



II. FK-fanga oid kompetensiyalar:

FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish, nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;),



FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi (xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan berilgan asarlarni farqlay oladi, o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlarini o‘qituvchi yordamida izohlab bera oladi, asar qahramonlariga xos bo‘lgan fazilatlarni tushuntira oladi, asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga munosabat bildira oladi.)

O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI

Dars turi:

aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, Bilim va ko`nikmalarni korreksiya va nazorat etuvchi dars

Dars metodi:

“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”

Dars jihozi:

darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT, nazorat ishi daftarlari

DARSNING BLOK CHIZMASI:



DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O`tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,

yangi mavzu bilan bog’lash



8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G`olib guruhni aniqlash, rag`batlantirish. Darsning so’nggi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa

DARSNING BORISHI:

I. Tashkiliy qism.

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilishlari kerakligi ta’kidlanadi.



1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi.O`qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar-Alisher Navoiy va Bobur tavalludlari,uni nishonlashga tayyorgarli va qiziqarli ma’lumotlar beriladi, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.



II. O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH,uy vazifasini so`rash

1. Mahmudxo‘ja Behbudiy yashagan muhit xususida nimalarni bilasiz? 2. Behbudiyning hayoti va ijodi haqida qo‘shimcha ma’lumot­lar topib keling. 3. «Padarkush» dramasining yozilish sabablari to‘g‘risida mu­lohaza yuriting. 4. Dramani o‘qish jarayonida siz qaysi qahramon sifatida ishtirok etdingiz? Bu sizda qanday taassurot uyg‘otdi? 5. Dramadagi asosiy obrazlarga ta’rif bering.6. Asardan Ziyoli va Domlaning nutqlarini topib, ularga mu­nosabat bildiring.7. «Padarkush» dramasini bugungi kun voqea-hodisalari bilan bog‘lab tushuntiring.



III.YANGI MAVZU MAZMUNI:

Abdulla Qodiriy adabiy siymosi XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. U o‘zbek romanchiligining asoschisi sanaladi.

Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oilasida tug‘ilgan. Dastlab musulmon maktabida, keyin rus-tuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida ta’lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o‘qigan.

1917-yilgi oktabr oyidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Eski shahar oziqa qo‘mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazeta­sining muharriri, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. Uning asarlari vaqtli matbuotda Julqunboy, Ju-boy, Dumbulboy, Dumbulnisa, Kalvak Mahzum, Toshpo‘lat tajang, Ovsar kabi o‘nlab maxfiy imzolar bilan bosilib turadi.

Abdulla Qodiriy 1914-yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Mas’ud (1926) hamda Anisa (1928) ismli far­zandlar dunyoga keladi.

Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Dastlab millatparvarlik, ma’ri­fatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan «To‘y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlar, «Baxtsiz kuyov» nomli drama hamda «Juvonboz» hikoyasini yozdi. Abdulla Qodiriy ana shunday jadidona kayfiyatdagi asarlarida millatni ichdan yemiradigan xurofotlarni tanqid qiladi; xalqni o‘zligini anglashga, yangilikka chaqiradi. Yozuvchining «Baxtsiz kuyov» dramasi (1915) bevosita Behbudiyning «Padarkush» dramasi ta’sirida yozilgan. Dramada muallif hashamatli to‘y, ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko‘ngilsiz oqibatlarini ochiq-oydin ko‘rsatadi. Uning 1916-yilda yozgan «Uloqda» hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan o‘zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi.

Abdulla Qodiriy o‘z ijodiy taqdirini matbuot bilan bog‘la­di. Yuzlab publitsistik maqolalar, «Kalvak Mahzumning xoti­ra daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» kabi hajviy asarlar yozdi. Hayotni kuzatib, voqealarga nisbatan turli yo‘sinda hajviy-tanqidiy munosabatlar bildirdi. Shu jarayonda «felyetonlar qiroli» nomini oldi.

Abdulla Qodiriyning mashhur «O‘tkan kunlar» romanining ayrim fasllari dastlab 1923–1924-yillari «Inqilob» jurnalida e’lon etildi. 1925–1926-yillari romanning har bir bo‘limi alo­hida kitob holida bosildi. «O‘tkan kunlar» yaratilgan davr o‘zbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi o‘rni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Adib bu roman orqali xalqning milliy ongini uyg‘otmoq­chi bo‘ldi. «Tariximizning eng kirlik, qora kunlari» – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi «xon zamonlari» – XIX asr miqyosidagi mudhish tarixiy jarayonlarning haqiqa­tidan xalqqa saboq bermoqchi bo‘ladi.

«O‘tkan kunlar» romanining ma’no-mundarija doirasi, aslida, ancha keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar ijtimoiy-si­yosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning, millatning taqdiri mus­taqilligi masalasi alohida ajralib turadi. El-yurtning mustaqilli­gi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt is­tiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yo‘liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir.­

Abdulla Qodiriy ijodiy merosida muhim o‘rinni tutadi­gan, «Xudoyorxon va munshiylari hayotidan olingan» ikkin­chi «Mehrobdan chayon» nomli tarixiy romanini 1928-yilda yozadi. Asarda xon zamonidagi xalqning hayoti, saroydagi kirdikorlar bilan birga Anvar va Ra’nolar ishqining ziddiyatli visol tarixini g‘oyatda ta’sirchan tasvirlaydi. Garchand adib original asarlar yozib, o‘z xalqining ma’naviyati xazinasini bebaho durdonalar bilan boyitayotgan bo‘lsa ham, mustabid tuzum uni dushmanlikda aybladi. Ab­dulla Qodiriy manglayiga qatag‘on qurbonlari qatoriga tizilishdek bir qismat bitilgan ekan. Adib 1937-yil 31-dekabr kuni hibsga olinib, 1938-yil 4-oktyabrida xalq dushmani si­fatida qatl etiladi.

Faqat 1991-yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘nggina Abdulla Qodiriyga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatila boshlandi. Adib Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, «Mustaqillik» or­deni bilan taqdirlandi.

IV. MUSTAHKAMLASH.

1.«Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li» bobida yozuvchi dastlab sizga asarning markaziy qahramoni Otabekni tanishtiradi.2. «Toshkand ustida qonliq bulutlar» bobida yozuvchi tarixiy voqea va shaxslarga e’tibor qaratadi. «Toshkand hokimi bo‘lg‘an Azizbek Qo‘qong‘a qarshi bosh ko‘targan» degan ma’lumotdan so‘ng romanning keyingi boblarida shaharlararo, ikki hududdagi qip­choq hamda qora choponlilar orasidagi ijtimoiy konflikt bayon qilinadi.3. «To‘y, qizlar majlisi» bobida Kumush juda xomush, xayolchan, sirli va ko‘zyoshlariga ko‘mil­gan holda ko‘rsatiladi.4. «Kutilmagan baxt» bob romandagi eng qiziq va hayajon­larga to‘la epizodlardan biridir.5. «Yusufbek hoji», «Hukmnoma» boblarida roman voqealari rivojlanishda davom etadi. Yusufbek hojining Hasanali bi­lan bo‘lgan suhbatida Sharq ulamolariga xos donishmand­lik, farzandi uchun qayg‘urayotgan otaning qiyofasi namoyon bo‘ladi. Oybek Abdulla Qodiriy ijodiga baho berib: «Abdulla Qodi­riy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi, birinchi navbatda, g‘oyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi», – degan haq gaplarni yozgan edi.



V.Darsni yakunlash:

Savol va topshiriqlar

1. Romandan olingan parchani diqqat bilan o‘qib chiqing va undagi tushunarsiz so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing.

2. Otabek Marg‘ilonga nima uchun boradi? Adib Otabek por­tretini qanday ko‘rsatadi?

3. Hasanali Otabekning oshiqligini qanday bilib oladi?

4. Azizbek kim? U nima sababdan isyon ko‘tardi?

5. Yusufbek hoji maktubini qayta o‘qing. Maktub yozish madaniyati deganda nimani tushunasiz?

6. Oftob oyim kim? U nega bezovta?

7. Yozuvchi majlisga jamlangan qizlarni nimalarga o‘xshatadi? Kumushni-chi?

8. Kumushbibi nega xomush? Nega tinimsiz yig‘laydi?

9. Qizlar majlisidagi o‘zbekona urf-odatlarga munosabat bildiring.

10. Sinfdagi qizlarga savol: qizlar majlisiga hech borganmisiz? Bugungi qizlar majlisi bilan hozirgina siz o‘qib chiqqan manzaralarni qiyoslang.

11. Yusufbek hojiga xos bo‘lgan zukkolikni matndan misollar keltirib izohlang.

12. Kumush nima uchun Otabekni ko‘rganda: «Siz o‘shami?» – dedi? Otabek Kumushni qayerda va qachon uchratgan edi?

13. Otabek bilan qutidorning dor ostiga borishi va u yerdan qaytish sabablarini batafsil tushuntirib bering.

14. «O‘tkan kunlar» romanini bugungi davr bilan bog‘lab izoh­lang.

Romanni to‘liq o‘qib chiqing. «O‘tkan kunlar» filmi bilan romanni qiyoslab munosabat bildiring.



Download 286.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat