V.O`QUVCHILARANI BAHOLASH VA RAG`BATLANTIRISH
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar bilimi izohlab baholanadi.
VI.UYGA VAZIFA: Asardan olingan parchaning ayrim joylarini o`qib so`zlab berish…
Asar asosida bahs-munozara uyushtirish…
O`qituvchi - Usmonova D.M. 10.02, 13.02.2018 9-“B” va “G”sinflar ADABIYOT
DARSNING MAVZUSI: OYBEK HAYOTI VA IJODI .LIRIKASI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. Oybek hayoti va ijodi haqida,LIRIKASI –“Na’matak ” va “Tog` sayri” she’rlari haqida ma’lumot berish
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish,o`quvchilarni sabrli bardoshli, qiyinchiliklardan cho`chimaydigan qilib tarbiyalash
d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
|
I.Tayanch kompetensiyalar:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– darslik va media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish, badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish
II. FK-fanga oid kompetensiyalar:
FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish, nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;),
FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi (xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan berilgan asarlarni farqlay oladi, o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlarini o‘qituvchi yordamida izohlab bera oladi, asar qahramonlariga xos bo‘lgan fazilatlarni tushuntira oladi, asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga munosabat bildira oladi.)
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Dars turi:
|
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, Bilim va ko`nikmalarni korreksiya va nazorat etuvchi dars
|
Dars metodi:
|
“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”
|
Dars jihozi:
|
darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT, nazorat ishi daftarlari
|
DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G`olib guruhni aniqlash, rag`batlantirish. Darsning so’nggi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism.
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilishlari kerakligi ta’kidlanadi.
O`qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar-Alisher Navoiy va Bobur tavalludlari,uni nishonlashga tayyorgarli va qiziqarli ma’lumotlar beriladi, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
III.YANGI MAVZU MAZMUNI:
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand tojgjoychi oilasida tug‘ildi. Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o‘qishga berishgan. Oybekning so‘zga bo‘lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o‘n to‘rt yoshga to‘lganda «Namuna» nomli yangi usuldagi boshlang‘ich sho‘ro maktabida o‘qishni davom ettiradi. U o‘n olti yoshga yetganda, Nayoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiga o‘qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adablyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o‘spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o‘z xotiralarida: «Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin-o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she’r yozib ham qo‘yardim. Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning «Tong yulduzi» nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o‘zim mas’ul muharrir bo‘ldim. Sekin-sekin res-publika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi» Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.
1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O‘rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bo‘limiga o‘qishga kirdi. Oybek o‘qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutiga ko‘chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o‘tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatdi va u 1930 yilda o‘zi o‘qigan universitetga qaytib keldi. O‘qishni tugatgach, besh yil davomida o‘sha yerda siyosiy iqtisod va marksizm leninizm asoslaridan ma’ruzalar o‘qidi.
1937- yilgi qatag‘on shamoli Oybekni ham chetlab o‘tmadi. U Til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o‘zining butun kuchini ijodga bag‘ishladi. Tinmay yozdi. «Qutlug‘ qon» romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan.
Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur «Navoiy» romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib «Mahmud Torobiy» tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda O‘zbekistqnda Fanlar akademiyasi tashkil etjlishi bilanoq, Oybek G‘afur G‘ulom bilan birga uning haqiqiy a’zosi qilib saylandi va o‘sha kunlardan to 1951- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda mehnat qildi. Shu yillarda adib «Oltin vodiydan shabadalar “ romanini yozdi. Oybek 1951- yilda og‘ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keying! yillarida «Quyosh qoraymas», «Ulug‘ yol.’ romanlari, «Nur qidirib», «Bolalik», «Bola Alisher» qis-salarini yaratdi. Talaygina she’r va dostonlar bitdi.
Mashhur ximik olima, Oybekning ayoli Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: «l968 – yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma’nosi bo‘lgan ulug‘ insondan judo bo‘ldim. Men hozir Oybekning o‘limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo‘lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog‘imda hali ham: «Men o‘lyapman, Zarifa, rozi bo‘l!»– degan so‘zlari jaranglab turibdi». Oybek faqat uydagilarga emas, balki o‘zi bilan aloqada bo‘lgan har qanday odamga yaxshilik qilishga urinadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, u ijodkor sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofidagilarning mehr-u hurmatini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi. Siz to‘qqizinchi sinfda Oybekning sof lirik she’rlaridan ayrim namunalar va mashhur «Qutlug‘ qon» romanidan olingan parcha bilan tanishasiz.
IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH. She’rlari matnini o`qish ,tahlil qilish. Savol va topshiriqlar ustida ishlash .
I.Oybekning “Na’matak”she’rini ifodali o’qish she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Nafis chayqaladi bir tup na’matak,
Yuksakda shamolning belanchagida.
Quyoshda ko’tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o’shshaygan qoya labida
Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
Na’matak tog’ning eng yuqori choqqisida o’sadigan oq gul.Shoir mana shu yuksaklikda yolg’iz o’sgan na’matakka chiroyli ta’rif-u tashbihlar berishi blan birga
Unda insoniylik tuyg’ularini jo etadi.Na’matak qanchalik yuqorida bo’lmasin,u insonlarga go’zallik baxsh etishdan charchamaydi.na’matak-kamtarlik timsoli…
1. «Shamolning belanchagida nafis chayqalgan» bir tup na’matak holatidan ta’siriangan shoir tuyg‘ularini izohlashga uruning? 2. Quyoshga bir savat oq gul ko‘targan qoyaning «viqor-la o‘shshayishi» sababini anglashga harakat qiling? 3. Shoirning: «Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil»- tarzidagi iqrori sababini tushuntiring?
4. She’rning qaysi satrlarida go‘zallikning ezgulik yaratish xususiyati yaqqol namoyon bo‘ladi? 5. «Kumush qor»ning na’matak poyida «yum-yum yig‘lashi» sababini ayting? 6. O‘n ikki buloqni axtarib topgan shoir holati aks etgan misralarni sharhlang? 7.Shoir ko‘zlarininig «adashib qolishi»ga sabab bo‘lgan «o‘n ikki ko‘z» qayerdan kelib qolganini izohlang? 8. She’rdagi «Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida» misrasi nimani anglatadi? Nimaning «kumushi»da? 9. «Toshlarda sinar mayin tabassumlari» satrini tushuntirib bering? 10. She’r matnidan buloqlarga «muhabbat izhor» qilgan narsa tasvirini topib, sharhlang?
V.O`QUVCHILARANI BAHOLASH VA RAG`BATLANTIRISH
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar bilimi izohlab baholanadi.
VI.UYGA VAZIFA: Oybekning hayot yo`li va ijodi yuzasidan “Amaliy mashg`ulot”ni ishlash. Lirik she’rlaridan birini yod olish.
Ko`rildi: Mominova D.Q-. O`TIBDO`
9-sinf Adabiyot _____________
Mavzu: Oybekning hayoti va ijodi.Lirikasi
Darsninig maqsadi:
a)ta`limiy maqsad –Oybekning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish, o’zbek mumtoz adabyotining rivojlanishiga qo`shgan hissasi va lirikasi haqida ma`lumot berish.
b)tarbiyaviy maqsad –o`quvchilarning nutq madaniyatini o`stirish,o`quvchilarni adabiyot faniga bo`lgan muhabbatini ortirish , o`zbek adabiyoti tarixi Oybek singari 20-asr adabiyotining yorqin namoyondasi bilan faxrlaninsh hissiyotini oshirish ,vatanparvarlik ruhida tarbiya berish.Ma`lum biror kasbga yo`naltirish.
d) rivojlantiruvchi maqsad –o`quvchilar so`z boyligini oshirish, nutqini o`stirish, fikrlashga o`rgatish,xotirasini mustahkamlash.
Darsning usuli: Interfaol (Aqliy hujum).Hikoya
Darsning turi:Yangi bilimlarni berish.
Darsning jihozi: Tezkor savollar, texnik vosita, bukletlar, albom
Darsning rejasi:
1.Muso Toshmuhammad o`g`li Oybekning hayoti va ijodi
2.Oybek asarlari
3. Lirikasi haqida ma’lumot berish
Salomlashish, davomatni aniqlash.Uyga vazifani tekshirish va so`rash.
Yangi mavzuning bayoni:
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905- yilning 10- yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand tojgjoychi oilasida tug‘ildi. Ota-onasi uni yoshligida eski maktabga o‘qishga berishgan. Oybekning so‘zga bo‘lgan muhabbati onasi Shahodatbonu yordamida kuchaydi. Muso o‘n to‘rt yoshga to‘lganda «Namuna» nomli yangi usuldagi boshlang‘ich sho‘ro maktabida o‘qishni davom ettiradi. U o‘n olti yoshga yetganda, Nayoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumiga o‘qishga kirdi. Texnikumdagi tahsil uning mumtoz adablyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o‘spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o‘z xotiralarida: «Xayol daryosi keng edi menda. O‘qtin-o‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she’r yozib ham qo‘yardim. Xotiramda bor, ilk she’rim texnikumning «Tong yulduzi» nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o‘zim mas’ul muharrir bo‘ldim. Sekin-sekin res-publika gazetalarida she’rlarim bosila boshladi» Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi.
1925- yilda texnikumni tugatgan Oybek O‘rta Osiyo davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti iqtisod bo‘limiga o‘qishga kirdi. Oybek o‘qishini 1927- yilda Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi xalq xo‘jaligi institutiga ko‘chirdi. Namxush va zax Peterburgda tahsil bilan o‘tgan ikki yil shoirning salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatdi va u 1930 yilda o‘zi o‘qigan universitetga qaytib keldi. O‘qishni tugatgach, besh yil davomida o‘sha yerda siyosiy iqtisod va marksizm leninizm asoslaridan ma’ruzalar o‘qidi.
1937- yilgi qatag‘on shamoli Oybekni ham chetlab o‘tmadi. U til va adabiyot institutidagi ishidan haydaldi. Yozuvchilar uyushmasi safidan chiqarildi. Mahalliy matbuot eshiklari uning uchun yopildi. Lekin shoir umidsizlikka tushmadi, o‘zining butun kuchini ijodga bag‘ishladi. Tinmay yozdi. «Qutlug‘ qon» romani qonga botgan 1938- yilda yozilgan.
Oybek urush yillarida ham samarali ijod qildi. Uning mashhur «Navoiy» romani 1942- yilda yozildi. Shu yillarda adib «Mahmud Torobiy» tarixiy dramasini ham yaratdi. 1943- yilda O‘zbekistqnda Fanlar akademiyasi tashkil etjlishi bilanoq, Oybek G‘afur G‘ulom
bilan birga uning haqiqiy a’zosi qilib saylandi va o‘sha kunlardan to 1951.- yilga qadar akademiyaning gumanitar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagach, Oybek O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisligiga saylandi va 1949- yilgacha shu lavozimda mehnat qildi. Shu yillarda adib «Oltin Vodiydan shabadalar « bromanini yozdi. Oybek 1951- yilda og‘ir xastalikka chalindi. Gapirolmay qolgani, harakatlari cheklangani, xotirasi susayganiga qaramay, u umrining keying! yillarida «Quyosh qoraymas», «Ulug‘ yol.’ romanlari, «Nur qidirib», «Bolalik», «Bola Alisher» qis-salarini yaratdi. Talaygina she’r va dostonlar bitdi.
Mashhur ximik olima, Oybekning ayoli Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: «l968 – yilning 1- iyulida, oltmish uch yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma’nosi bo‘lgan ulug‘ insondan judo bo‘ldim. Men hozir Oybekning o‘limoldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo‘lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog‘imda hali ham: «Men o‘lyapman, Zarifa, rozi bo‘l!»– degan so‘zlari jaranglab turibdi». Oybek faqat uydagilarga emas, balki o‘zi bilan aloqada bo‘lgan har qanday odamga yaxshilik qilishga urinadigan shaxs edi. Shundan bilinadiki, u ijodkor sifatidagina emas, balki, odam sifatida ham atrofidagilarning mehr-u hurmatini qozongan, ularning yuragidan chuqur joy olgan shaxs edi. Siz to‘qqizinchi sinfda Oybekning sof lirik she’rlaridan ayrim namunalar va mashhur «Qutlug‘ qon» romanidan olingan parcha bilan tanishasiz.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar ustida ishlash.
1. «Shamolning belanchagida nafis chayqalgan» bir tup na’matak holatidan ta’siriangan shoir tuyg‘ularini izohlashga uruning?
2. Quyoshga bir savat oq gul ko‘targan qoyaning «viqor-la o‘shshayishi» sababini anglashga harakat qiling?
3. Shoirning: «Mayin raqsiga hech qoniqmas ko‘ngil»- tarzidagi iqrori sababini tushuntiring?
4. She’rning qaysi satrlarida go‘zallikning ezgulik yaratish xususiyati yaqqol namoyon bo‘ladi?
5. «Kumush qor»ning na’matak poyida «yum-yum yig‘lashi» sababini ayting?
1. O‘n ikki buloqni axtarib topgan shoir holati aks etgan misralarni sharhlang?
2.Shoir ko‘zlarininig «adashib qolishi»ga sabab bo‘lgan «o‘n ikki ko‘z» qayerdan kelib qolganini izohlang?
3. She’rdagi «Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida» misrasi nimani anglatadi? Nimaning «kumushi»da?
4. «Toshlarda sinar mayin tabassumlari» satrini tushuntirib bering?
5. She’r matnidan buloqlarga «muhabbat izhor» qilgan narsa tasvirini topib, sharhlang?
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: Romandan olingan parchlarni o`qish.
Ko`rib chiqildi:____________
Do'stlaringiz bilan baham: |