III.YANGI MAVZU MAZMUNI:
Hamid Olimjon g‘oyat qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa ham, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining umrboqiy asarlari bilan o‘chmas iz qoldirdi. Shoirning o‘n jildlik to‘la asarlar to‘plamida jam bo‘lgan adabiy merosi she’riy asarlari bilan birga, ko‘plab hikoya va ocherklar, dramalar, publitsistik va adabiy tanqidiy maqolalar hamda tarjimalarni o‘z ichiga olgan. Bu adabiy merosda shoir she’riyatining o‘rni alohida.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug‘ildi. To‘rt yoshga yetar-yetmas otasidan yetim qolgan Abdulhamid Azimbobo qo‘lida tarbiya topdi. Xat-savodli Azimbobo nevarasida ham o‘qish-yozishga havas uyg‘otdi. Mashhur xalq shoiri Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ahyon-ahyonda Bulung‘urdan jizzaxlik do‘st-yorlarini yo‘qlab kelganida, uning uyida ham to‘xtar, shunda Abdulhamid bobosi pinjida o‘tirib, ulug‘ shoirning doston va termalarini jon-u dili bilan tinglar edi. Abdulhamidning onasi Komila aya ham ko‘plab ertak va dostonlarni, maqol va matallarni yod bilar edi. Bo‘lajak shoir uzun qish kechalarida onasining Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini tinglab, bolalik chog‘laridanoq xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo‘lib o‘sgan.
Abdulhamidning bolalik xotirasida bir umrga saqlanib qolgan, hatto «Men bir qaro kunda tug‘ildim. Tug‘ildim-u shu on bo‘g‘ildim» satrlarining tug‘ilishiga sabab bo‘lgan voqea 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘olonining shafqatsiz ravishda bostirilishidir. Jazo otryadi tomonidan jazirama dashtga haydalgan jizzaxliklar orasida yetti yashar Abdulhamid ham bor edi.
Oradan ikki yil o‘tgach, bo‘lajak shoir to‘liqsiz o‘rta maktabga o‘qishga kirdi. Shundan so‘ng Abdulhamid bilim yurti va O‘zbekiston Oliy pedagogika institutida tahsil oldi. Abdulhamidning dastlabki ijodi mana shu o‘qish yillarida boshlandi. Uning «Ko‘klam» nomli ilk she’rlar to‘plami va «Tong shabadasi» hikoyalar to‘plami talabalik yillarida chop etildi. Shoir shu davrdan boshlab qaynoq ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullana boshladi. Uning «Olov sochlar», «Poyga», «O‘lim yovga», «Daryo kechasi», «She’rlar», «O‘lka», «Oygul bilan Baxtiyor», «Baxt» she’riy to‘plamlari, dostonlari, tarjima asarlari ketma-ket nashr qilindi. 1939-yilda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas’ul kotib etib tayinlandi.
Yangi o‘zbek she’riyatining kamol topishi, lirik janrlarning rivojlanishi, lirik qahramon tuyg‘ularining badiiy mujassamlanishida Hamid Olimjonning ham munosib o‘rni bor. U tabiatan lirik shoir, nozik hissiyot va kechinmalar musavviridir.
Shoir sevgi mavzusiga murojaat qilganida ham, tabiat tasvirini chizganida ham lirik qahramon tuyg‘ulari baxt-saodat yog‘dulari bilan nurafshon bo‘ladi.
Hamid Olimjonning lirik qahramoni uchun eng muhim narsa – baxtdir. U go‘zallik bilan uchrashar ekan, baxt bilan yuzma-yuz kelgandek bo‘ladi. Shuning uchun ham shoirning sevgi va tabiat tasviriga bag‘ishlangan she’rlarida quyoshli tuyg‘ular mavjlanib turadi. Beg‘ubor insoniy tuyg‘ular, jozib kechinmalar, baxt sururidan shodon lirik qahramonning ruhiyati shoir she’riyatida xalqona, musiqiy ravon ifoda tarziga ega.
Hamid Olimjonning urush davrigacha bo‘lgan ijodida «Ofeliyaning o‘limi», «Holbuki tun...», «Ishim bordir o‘sha ohuda», «Har yurakning bir bahori bor», «Janub kechasida», «Xayoling-la o‘tadi tunlar...», «Mizimta daryosi», «Daryo tiniq, osmon beg‘ubor», «Dunyo go‘zal ko‘rinur senga», «Eng gullagan yoshlik chog‘imda» singari o‘nlab lirik durdonalari borki, oradan qancha yillar o‘tmasin, ulardagi nafis tuyg‘ular shalolasi kitobxonga, she’riyat shaydolariga huzur bag‘ishlab kelmoqda. Bu she’rlarida shoir ruh musavviri sifatida namoyon bo‘lib, lirik qahramonning nozik tuyg‘u va kechinmalarini mohirona tasvirlagani yaqqol ko‘zga tashlanadi..
IV. MUSTAHKAMLASH. O‘RIK GULLAGANDA
Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini
Hamid Olimjon ijodiy merosida tabiat lirikasiga bag‘ishlangan she’rlar ko‘plab uchraydi. Ular orasida «O‘rik gullaganda» she’ri alohida ajralib turadi. «Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi...» satrlari bilan boshlangan she’r o‘zbek diyoriga keluvchi bahor nashidasining madhi sifatida yangrab keladi.
«O‘rik gullaganda» she’ri faqat bahor faslidagi tabiat tasviridan iborat emas. She’rda shoirning ruhiy kayfiyati yetakchilik qiladi. She’rdagi hissiy oqim tabiat tasviridan shoir «men»iga ko‘chadi; shoir bilan yellar orasida kichik bir ziddiyat kuzatiladi. Shoir bahorning nafis qilig‘iga nisbatan o‘zida g‘ashlik sezmaydi va aytadi Mazkur she’rda shoirning tuyg‘ulari shu darajada teran tasvirlanganki, har qanday vaziyatda o‘rik gullashiga doir hodisa tilga olinganida beixtiyor ushbu she’rning mazmun-mohiyati esga keladi.
Umuman olganda, Hamid Olimjonning «O‘rik gullaganda» she’rini asr oshib shu kungacha yashab kelgan va bundan keyin ham ko‘plab o‘quvchilar qalbiga bahoriy xush kayfiyat bag‘ishlab yashaydigan asarlar qatoriga kiritish o‘rinli bo‘ladi.
V.Darsni yakunlash:
Savol va topshiriqlar
1. Shoir o‘z bolaligini qanday eslaydi?
2. Hamid Olimjonning badiiy adabiyotga qiziqishiga nimalar turtki bo‘ldi?
3. Shoirning ijodiy merosida qanday janrdagi asarlar mavjud. Uning lirik asarlariga munosabat bildiring.
4. «O‘rik gullaganda» she’ridagi «Qancha tirishsam ham u beor Yellar meni aldab ketadi» misralari bilan «Yuzlarimni silab, siypalab, Baxting bor deb esadi yellar» misralari o‘rtasidagi ziddiyatni izohlang?
5. «O‘rik gullaganda» she’rida o‘rik guli shoirning qanday xotiralarini uyg‘otadi?
6. «O‘rik gullaganda» she’ri bilan ijro etilgan qo‘shiqni topib, tinglang va «Qo‘shiqni tinglagach...» nomli ijodiy matn yarating hamda uni taqdimot qiling.
VI.Uyga vazifa: Shoir she’rlaridan birini yod oling va undagi shoirning badiiy mahoratiga baho bering
Ko`rildi: Mominova D.Q-. O`TIBDO`
O`qituvchi - Usmonova D.M. ADABIYOT 9-“B” sinf Sana: 13.02.2020
DARSNING MAVZUSI: ODIL YOQUBOV “ULUG`BEK XAZINASI” ROMANI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. Odil Yoqubov ning ”Ulug`bek xazinasi” romani matni ustida ishlash,nazariy ma’lumot berish
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish,o`quvchilarni sabrli, bardoshli, qiyinchiliklardan cho`chimaydigan qilib tarbiyalash, milliy o`zlikni anglashda romanning ahamiyati
d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
|
I.Tayanch kompetensiyalar:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– darslik va media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish, badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish
II. FK-fanga oid kompetensiyalar:
FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish, nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;),
FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi (xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan berilgan asarlarni farqlay oladi, o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlarini o‘qituvchi yordamida izohlab bera oladi, asar qahramonlariga xos bo‘lgan fazilatlarni tushuntira oladi, asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga munosabat bildira oladi.)
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Dars turi:
|
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, Bilim va ko`nikmalarni korreksiya va nazorat etuvchi dars
|
Dars metodi:
|
“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”
|
Dars jihozi:
|
darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT, nazorat ishi daftarlari
|
DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G`olib guruhni aniqlash, rag`batlantirish. Darsning so’nggi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism.
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilishlari kerakligi ta’kidlanadi.
FAZILAT(Donolar bisotidan)
Donishmandlar tubanda aytilgan axloqiy fazilatlami inson uchun eng kerakli fazilatlar deb topganlar:
Sukut — O‘zingga ham, boshqaiarga ham hech bir foydasi tegmaydigan oidi-qochdi so'zlarni so‘zlashdan chekin, jim bo‘l.
Intizom — ishlaring tartibli, intizomli bo`lsin, ishingni o ‘z vaqtida bajar, kechiktirma.
Maqsad — bir ishga kirishmoqchi bo`lsang, eng awal yaxshilab o ‘yla, shu ishdan kutgan maqsading nima ekanini yaxshi tushun, bir qarorga kel. Keyin bu ishingni hech bir kamchiliksiz ado qil.
Tejash — iqtisod, ya’ni tejashga rioya qil, o ‘zingga va xalqqa foydasi tegmaydigan yerlarga pul va mol sarf qilma, isrofdan saqlan.
Sa’y va shug‘ullanish- vaqt va fursatingni bekordan bekorga o ‘tkazma. Doimo foydali ish bilan mashg'ul bo‘l, kerak bo`lmagan narsadan chekin.
Matonat — ishingda chidamli, matonatli bo‘l. Hiyla-nayrang ishlatishdan hazar qil, tushunchang pok, sof va haqqoniy bo`lsin, tushunganing kabi so‘zla va ishla.
II.UY VAZIFASINI SO`RASH: 1..Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi ”asari haqida nimalar ayta olasiz?(suhbat) 2.Test
1.Adibning ilk asari:A.”Muqaddas” B.”Tengdoshlar”C.”Diyonat” D.”Larza”
2.Adibning ilk asari qaysi jurnalda bosilgan?
A.”Sharq yulduzi” B.”Gulxan”C.”Til va adabiyot ” D.”Literatura “
3.Adibning nasriy asarlar to’plami qanday nomlanadi?
A.”Tilla uzuk “ B.”Yurak yonmog’i kerak” C.”Ikki muhabbat” D.”Matluba”
4.Adib 1970-82 –yillarda qayerda xizmat qilgan?A.Yozuvchilar uyushmasida B.”Literaturnaya gazeta”sidaC.”O’zbekfilm”da D.”Sharq yulduzi”da
5.”Chin muhabbat”,”Yurak yonmog’I kerak”,”Olma gullaganda”qanday asarlar sirasiga kiradi?
A.Nasriy asarlar B.RomanlarC.Qissalar D.Dramatik asarlar
Javoblar:1. B 2. A3.C4. C 5.D
III.YANGI MAVZU MAZMUNI:
I.Mirzo Ulug’bek haqidagi qanday asarlarni bilasiz?
II.Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”asari 1974-yilda yozilgan bo’lib,tarixiy romanlar sirasiga kiradi.Asarda Mirzo Ulug’bek buyuk olim ,adolatli va xalqparvar hukmdor,shogirdlarga haqiqiy ustoz… sifatida talqin etiladi.Asar voqealari ziddiyatlarga va qarama-qarshikliklarga boy.Mana shu ziddiyatlar asosan,Mirzo Ulug’bek va Abdulatif Mirzo ,ya’ni ota va bola orasida taxt muzmmolari asosida vujufga keladi.Mirzo Ulug’bek xalq g’amida ,osoyishtaligi va farovonligi yo’lida qayg’uradi.Ammo Abdulatif atrofidagi Amir Jondor ,Abbos singari g’alamislar singari Abdulatifning taxtga bo’lgan ishtiyoqi yanada ortadi.Ota va o’g’il o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayadi.Bundan esa ,albatta,oddiy xalq ozor chekadi.oddiy xalq bilan birga ilm ahli ham ancha ziyon ko’radi.MIrzo Ulug’bek esa mana shundan,ilm ahlidan,shogirdlari taqdiridan,abservatoriyasi ,kitoblari…dan xavotir oladi.Asarda kabi hayotda ham Mirzo Ulug’bekka o’gillaridan ham ko’p uning eng yaqin shogirdi Ali Qushchining himmati va ko’magi ko’p tegadi.U Ali Qushchini “farzandiarjumandim”deb atagan edi…
IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
I.Darslikda berilgan asardan berilgan parchani o’qish va matn ustida ishlash,asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;“…Mirzo Ulug’bek ko’zini nomadan uzib,o’g’li bilan shayxulislomga qaradi.iU endigina koshona yonida turgan bir guruh saroy mahramlariga ko’zi tushdi…. ”
Asarda Odil Yoqubov Mirzo Ulug’bek siymosi yaqqol va aniq tasvirlashi bilan birga,Abdulatif bilan birga ziddiyatlarga duch kelgan,xalq g’amida yongan Ulug’bek hayotidagi tasvirlar ham badiiy aks ettirilgan…
II.Test sinovi:
1.”Ulug’bek xazinasi”asari qachon yaratilgan?A.1978 yil B.1974 yil C.1976 yil D.1975 yil
2.”Ulug’bek xazinasi”asari qanday asar hisoblanadi?A. Ilmiy B.SarguzashtC.Tarixiy D.Memuar
3.Nomada nima yozilgan edi?A.Abdulatif Mirzoning Ulug’bek Mirzoning qalb qo’shinlariga hamla qilganiB.Samarqand darvozalari yopilganiC.Mirzo Ulug’bek amirlarining xiyonati
D.Lahskarlarining Samarqandga yaqinlashgani
4.Nomani kim yuborgan edi?A.Amir Jondor B.Abdulatif C.Bobo Husayn D.Iskandar barlos
5.Qaysi voqea Ulug’bek g’azabini yanada qo’zg’atadi?
A.Amir Jondorninqochishi B.Amir Jondorning xiyonati
C.Darvozalarning ulaar uchun yopilgani D.Abdulatifning shartlari
Javoblar:1. B 2. C 3.A 4. C 5.D
V.O`QUVCHILARANI BAHOLASH VA RAG`BATLANTIRISH
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar bilimi izohlab baholanadi.
VI.UYGA VAZIFA: Ulug’bek xazinasi”romanidan berilgan parchani o`qib kelish. Asardan olingan parchaning ayrim joylarini o`qib so`zlab berish…Asar asosida bahs-munozara uyushtirish…
Ko`rildi: Mominova D.Q-. O`TIBDO`
DARSNING MAVZUSI: OYBEK “QUTLUG` QON” ROMANI MATNI USTIDA ISHLASH. NAZARIY MA’LUMOT.”ROMAN JANRI HAQIDA”
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. Oybek hayoti va ijodi haqida,”Qutlug` qon” romani matni ustida ishlash,nazariy ma’lumot berish
b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish,o`quvchilarni sabrli, bardoshli, qiyinchiliklardan cho`chimaydigan qilib tarbiyalash, milliy o`zlikni anglashda romanning ahamiyati
d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
|
I.Tayanch kompetensiyalar:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– darslik va media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, ulardan foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– adabiy til me’yorlariga amal qilish, muomala madaniyatiga ega bo‘lish, vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lish, badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash, ulardan ta’sirlanish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish
II. FK-fanga oid kompetensiyalar:
FK1- Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish, nasriy va she’riy asarlarni ifodali o‘qiy oladi;),
FK2- Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi (xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotidan berilgan asarlarni farqlay oladi, o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlarini o‘qituvchi yordamida izohlab bera oladi, asar qahramonlariga xos bo‘lgan fazilatlarni tushuntira oladi, asarda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlarning fazilat va nuqsonlariga munosabat bildira oladi.)
|
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI
Dars turi:
|
aralash yoki kombinatsiyalashgan: shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, Bilim va ko`nikmalarni korreksiya va nazorat etuvchi dars
|
Dars metodi:
|
“Aralash”,“Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”, “Ushbu matnda qanday so’z yetishmayapti?”, “Aqliy hujum”
|
Dars jihozi:
|
darslik, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT, nazorat ishi daftarlari
|
DARSNING BLOK CHIZMASI:
№
|
DARS BOSQICHLARI:
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni va baholash
|
G`olib guruhni aniqlash, rag`batlantirish. Darsning so’nggi xulosasini chiqarish
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
2 daqiqa
|
Do'stlaringiz bilan baham: |