A. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim fakulteti Aripova Mahliyoning



Download 13.42 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi13.42 Kb.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika instituti

Boshlang’ich ta’lim fakulteti Aripova Mahliyoning

11 haftalik pedagogik amaliyot davomida olib

borgan ishlari bo’yicha tuzgan umumiy

Hisoboti

Men Aripova Mahliyo 10.02.2020-yildan 25.04.2020-yilgacha Jizzax viloyati Do’stlik tumani 18-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyotim 11 hafta davom etdi.Amaliyotimning 1- haftaligida fakultetda bo’lib o’tgan malakaviy pedagogic amaliyotga bag’ishlangan anjumanda qatnashib amaliyot davomida olib borilishi kerak bo’lgan vazifalarim haqida ma’lumotga ega bo’ldim.Metodist rahbari etib tayinlangan ustozim bilan amaliyot jarayonini qanday olib borishim haqida suhbatlashib oldik.So’ngra amaliyot davomida olib boradigan ishlar uchun shaxsiy ish reja tuzib oldim.Maktabga kelgach maktab jamoasi bilan tanishib chiqim.Maktab direktori M.Irgashev meni amaliyotni olib boorish uchun 1-sinfga biriktirdi.Sinf rahbari Hamraqulova Nasiba menga amaliyot rahbari etib tayinlandi.Nasiba opa meni sinf jamoasi bilan tanishtirdi va biz amaliyot davomida olib boradigan ishlar yuzasidan suhbatlashib oldik.Hafta oxiriga qadar boshqa boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilan ham tanishib oldim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. 2-3 hafta davomida O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim.4-7-haftalikda 1-sinf o’qituvchisi Hamraqulova Nasiba opaning yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim. 8-haftalikda o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.

Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.

Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.



Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi
Download 13.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti