5 – sinf
Mavzu: O‘zbek musiqasida opera janri.
Maqsad: a) Opera haqida tushunchaga ega bo‘lish
b) O‘quvchilarni estetik ruxda tarbiyalash
v) Musiqa janrdari, musiqa tarixini bilish
hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish.
Dars tipi: Aralash
Dars usuli: Aqliy xujum, kartochkalar bilan ishlash.
Dars uchun zarur jihozlar:
Tarqatma materialla, musiqa savodiga oid tarqatma materiallar, magnitofon, video tasma. Multimedia.
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
O‘quvchilar bilan tanishuv
Guruxlarga ajratish
|
2 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan darslarni mustahkamlash
Ekrandagi savollarga javob
Aqliy hujum. Kartochkalar bilan ishlash.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu
O‘zbek musiqasida opera janri
|
10 daqiqa
|
4
|
Qo‘shiq kuylash
Gul terdi gullar
|
10 daqiqa
|
5
|
Musiqa savodi: kartochkalar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
6
|
Dars yakuni. Mustaxkamlash rag‘batlantirish.
|
2 daqiqa
|
7
|
Uyga topshiriq berish.
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O‘quvchilar bilan tanishuv, guruxlarga ajratish
O‘quvchilarni 4 guruxga ajratiladi.
1 – gurux dutorchilar
2 – gurux rubobchilar
3 – gurux doirachilar
4 – gurux changchilar
Musiqa ostida kirib keladilar.
O‘quvchilar pedjiklarni taqib unda tasvirlangan rasmga qarab guruxlarga ajratib oladilar. (Pedjikka o‘quvchilarning ismi ham yozilgan, o‘quvchilarni dars qoidalari bilan tanishtiriladi. Darsda rag‘bat kartochkalaridan foydalanishi aytiladi. Aylananing 4 qismga bo‘lingan har bir to‘g‘ri javob uchun bir aylananing bir bo‘lagi beriladi.
Eng ko‘p bo‘lakcha yig‘ib aylanalar hosil qilgan o‘quvchilar dars yakunida rag‘batlantiriladi.
Aziz o‘quvchilar bugun darsimizda mo‘jizalar maydonchasi o‘yinini ham o‘ynaymiz. Maydonchamizda musiqaga oid hikmatli so‘z berkitilgan. Kim berilgan savollarga to‘g‘ri javob bersa hoxlagan harfini ochishi mumkin. Agar siz darsda faol ishtirok etsangiz dars yakunida berilgan hikmatli so‘z maydonchada o‘z aksini topadi. Agar darsda faol ishtirok etmasangiz hikmatli so‘zni ocha olmaymiz. Kelinglar aziz o‘quvchilar musiqaning sexrli olamiga sayoxat qilib, musiqiy bilimlarimizni sinab ko‘ramiz. Ekrandagi savollarga javob beramiz.
Tasvirdagi inson kim? U haqda ma’lumot bering.
Bactakor kim?
O‘quvchilar javobi, undan keyin bastakorning javobi.
Berilgan tasvirdagi cholg‘u asboblarini nomlarini sanab bering.
Doskada klaster usulidan foydalanib, musiqa janrlarini sanab o‘tiladi. Aziz o‘quvchilar siz qanday musiqa janrlarini bilasiz?
Raqs san’ati
O pera Musiqa janri Drama va komediya
Balet
Berilgan lavxa musiqaning qaysi janr turiga mansub u haqda nimalarni bilasiz? (To‘maris baleti haqida) Balet janriga mansub, Ulug‘bek Musaevning “To‘maris”
Hayvonlar ijrosilagi lavxa musiqaning qaysi janriga mansub?
(“Xayvonlar sultoni” operasi haqida)
Guruxlarda ishlash uchun vazifa beriladi. Vazifa shunday, har bir guruxga vatman beriladi. Vatmanda tablitsa mavjud. Tablitsada raqs san’ati, musiqali drama va komediya, balet, opera 5 ta ustun mavjud. Konvertda musiqa janrlarga oid asarlar berilgan. Sizlarga vazifa har bir asarni o‘z ustuniga joylab bering. Vazifa uchun 2 daqiqa vaqt beriladi. Yangi mavzu tablitsa yordamida tushuntirib beriladi. Ekranda “Kim bo‘lsam ekan?” savoli chiqadi. Avaz Mansurov “Xayvonlar operasi”ni yozganligi ko‘rsatiladi. Ekranda Nadim Norxo‘jaev ko‘rsatiladi. Bu inson kim deb savol beriladi. Nadim Norxo‘jaev o‘zbek bastakorimiz. Ular 1947 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilganlar. Nadim Norxo‘jaev bolalar uchun juda ko‘plab qo‘shiqlar yaratganlar. “Yaxshi bola”, “Chamandagi gullarmiz”, “O‘zbegimlan aylanay”, “Gul terdi gullar” kabi juda ko‘p qo‘shiqlar yozganlar. Bugun biz sizlar bilan Nadim Norxo‘jaevning “Gul terdi gullar” qo‘shig‘ini o‘rganamiz. Qo‘shiqni kuylab beraman va bo‘laklarga bo‘lib o‘rganamiz.
Aziz o‘quvchilar hozir siz o‘zingizni musiqiy savodingizni test savollari orqali tekshirib ko‘rasiz.
Ekranda test savollari beriladi. Savollardan so‘ng javoblar beriladi. Siz o‘z daftaringizga javoblarni belgilang. Vazifa bajarilgandan so‘ng ekranda javoblar chiqadi. O‘quvchilar o‘z javoblarini tekshiradilar.
Aziz o‘quvchilar hozir biz siz bilan 5 chisi ortiqcha o‘yinini o‘naymiz. Kartochkalar tarqatiladi. Kartochkada berilgan qaysi so‘z ortiqchaligini topib bering va izoxlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |