Andijon mashinasozlik inistituti



Download 71,66 Kb.
bet1/5
Sana13.05.2020
Hajmi71,66 Kb.
#51331
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sotsial guruhlar va sotsial institutlard



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INISTITUTI

YeUTT” YO’NALISHITALABASI:



MAHAMMADJONOV NURMAHAMMADNING


MAVZU: SOTSIAL GURUXLAR VA ULARNING JAMIYAT XAYOTIDA O‘RNI
Sotsial guruxlar va ularning jamiyat xayotida o‘rni
Reja :


  1. Sotsial gurux tushunchasi,uning asosiy belgilari.

  2. Qon-qarindoshlikka asoslangan guruxlar.

  3. Sotsialogiyada sotsial institut tushunchasi.

  4. Din sotsiomadaniy institut sifatida.

Kishilar o‘z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruxlar masalasi nafaqat « sotsial psixologiya» fanining, balki Sotsiologiyaning ham muhim masalasi hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruxlar o‘rtasidagi munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko‘p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, gaho majburiylikdan, ba’zan o‘zi xohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruxlarga a’zo bo‘ladi va ularning vakili bo‘lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi,xususiyat) bilan nisbatan ma’lum guruxlarga ajratish - sotsiologiktahlilning g‘oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o‘tish lozimki, garchi « sotsial gurux» atamasi sotsial tadqiqotlarda keng ko‘lamda qo‘llanilsa ham, lekin sotsiologiktushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategoriyali xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ektni aniqlash uchun ishlatiladi. «Gurux» tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma’noga ega. Bir tomondan, u biror umumiy belgiga qarab kishilarni ma’lum toifalarga ajratilganda qo‘llaniladi (ko‘pincha statistikada, demografiyada). Ba’zan bu ma’noda «gurux» atamasi «Psixologiya» fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruxlarga ajratish mumkin.

Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida gurux deganda, real mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma’lum ma’noda o‘zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba o‘zini talabalar guruxining a’zosi sifatida his qiladi.

Ilmiy adabiyot bilan tanishish « sotsial gurux» atamasini, birinchidan, juda keng qo‘llanilayotganligini, ikkinchidan turli hodisalarga nisbatan ishlatilayotganligini ko‘rsatayapti, qaysi nuqtai nazar qarashlaridan qat’iy nazar, konkret ijtimoiy fan vakillari guruxlarni sotsial-iqtisodiy, sotsial-demografik, sotsial-psixologik va boshqa guruxlarga ajratadilar.

Gurux – bu, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘z xususiyatlari bilan farqqiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir.

Guruxga xos xarakterli xususiyatlar quyidagilar: gurux soni, ichki tashkilot, ya’ni institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.

Gurux soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan a’zolar yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada a’zolar soni qancha bo‘lishi kerakligi haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Bu to‘g‘risida gurux turlari haqida so‘z ketganda gapirib o‘tiladi.

Gurux o‘z soni va a’zolari sonini chegaralashi yoki chegaramasligi mumkin. Mana shu asosga ko‘ra, guruxlarni «berk» guruxlar, yani yangi a’zolarni qabul qilishda aniq mezon qo‘yadigan guruxlar; chegaralangan guruxlar, ya’ni gurux a’zoligiga qabul qilish mezoni kam talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruxlar. SHuningdek, nihoyat xohlagan kishi kirishi mumkin bo‘lgan ochiqguruxlar va bu guruxlarda a’zolarga nisbatan aniq talablar ko‘yilmaydi, ko‘pincha guruxlar a’zo qabul qilish va a’zolarning guruxdan chiqishi uchun aniq talab qo‘yadi. Buning natijasida guruxning bir xilligi va uning ta’sir doirasi taminlanadi.

Guruxning paydo bo‘lishi uchun ichki tashkilot, ya’ni institutlar, nazorat shakllari, faoliyat namunalari bo‘lishi kerak. SHuning uchun ham o‘z shaxsiy tashkilotiga ega bo‘lmagan, faqatgina kontaktlar (aloqalarga) asoslangan erkin sotsial birliklar gurux deb atalmaydi.

Gurux o‘zining shaxsiy norma va qadriyatlariga, ya’ni birlashish markaziga ega bo‘lishi kerak. Bularga g‘oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar, moddiy predmetlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruxda kishilarni guruxga mansublik va birlashish hissini uyg‘otish va rivojlantirish uchun zarur.

Bu qadriyatlar asosida guruxda «biz» so‘zi bilan ifodalanadigan birlik hissi paydo bo‘ladi. Bu his kishilarni birlashtiradigan psixik (ruhiy) aloqa hisoblanadi.

Nihoyat, gurux o‘zining shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Bular yordamida gurux boshqa sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar avvalo, bir hududda yashash, alohida ritual harakatlar, til, mafkura va boshqalar hisoblanadi.

Bu 4 shart juda ko‘p guruxlarni ta’riflash uchun qo‘l keladi. Bu haqda guruxlarni tasniflash (klassifikatsiya qilish) jarayonida to‘xtalib o‘tamiz. CHunki bu shartlar nisbiy xarakterga ega. Bular ko‘pgina guruxlarni qanoatlantirsa ham, ba’zi guruxlarni tahlil qilish vaqtida to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Guruxlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruxlarga bo‘linadi. Sotsiologiya va « sotsial psixologiya» fanlari katta sotsial guruxlar o‘zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman, katta sotsial gurux deganda, a’zolar soni ko‘p bo‘lgan kishilar guruxlari tushuniladi. Katta sotsial guruxlarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:



  1. a’zolar sonining ko‘pligi;

  2. yagona hududning mavjud emasligi;

  3. a’zolar o‘rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi;

  4. gurux tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruxlar ko‘p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruxlarni o‘z ichiga oladi.

Katta guruxlar ikki turga bo‘linadi.

1. Tasodifiy, stixiyali paydo bo‘ladigan va qisqa vaqt mavjud bo‘ladigan guruxlar. Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.

2. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlari tizimida ma’lum o‘ringa ega bo‘lgan birliklar. Bu turdagi guruxlarga sotsial sinflar, turli etnik guruxlar (ellat, xalq, millat), kasbiy guruxlar, jinsiy va yoshga oid guruxlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruxlarni kiritish mumkin.

Katta sotsial guruxlarda kichik guruxlarda yo‘q bo‘lgan xatti-harakatni boshqarib turadigan o‘ziga xos kuch mavjud. Bu huquqlar, urf-odatlar va an’analardir.

Katta gurux bilan kichik guruxo‘rtasida o‘rta gurux ham bor. Ammo gurux muammosi bilan shug‘ullanayotgan sotsiologlar fikricha, o‘rta guruxlar, ularning strukturasi, aloqasi, unda bo‘ladigan hodisa va jarayonlar mohiyat jihatdan kattaroq guruxlarga xosdir. Kichik va katta guruxlar o‘rtasidagi farqni kichik guruxning yiriklashuvi va uning katta guruxga aylanishi jarayonida ko‘rish mumkin. Masalan, bir yoki bir nechta taniqli kishilar atrofida birlashgan 40-45 kishidan iborat partiya kichik guruxdir, chunki bu gurux vakillarining shaxsan bir-birlarini tanishlari (bilishlari) kichik guruxga xos bo‘lgan xususiyatni beradi.

Kichik guruxlar deganda, ko‘pi bilan bir necha o‘nlab a’zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruxlar tushuniladi. Bu guruxlar ko‘pincha samimiy do‘stona munosabatlarda bo‘ladi, gurux a’zolari o‘rtasidagi bevosita o‘zaro aloqalar ustun turadi, gurux a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi. Bundan tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallagan, yuqori darajada shakllagan kichik maqsadli guruxlar ham mavjud. Bu guruxlarda a’zolar o‘rtasidagi munosabatlar maxsus xizmat ko‘rsatmalari bilan tartibga solinadi. YAshirin ishlayotgan partiya yacheykasi bunga misol bo‘la oladi. Kichik guruxlarga oilani, do‘stlarni, qo‘shnilarni, ishlab chiqarish brigadasini va boshqa guruxlarni kiritish mumkin.

Kichik sotsial guruxlarning turlari juda ko‘p. Ular turli mezonlarga qarab turlarga ajratiladi. Gurux munosabatlari tuzilmasiga qarab kichik sotsial guruxlar rasmiy va norasmiy guruxlarga, a’zolar o‘rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab esa birlamchi va ikkilamchi guruxlarga, guruxga a’zo bo‘lish va bo‘lmasligiga qarab a’zoli va referent guruxlarga bo‘linadi. Sanab o‘tilgan guruxlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.


Download 71,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish