Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti



Download 17,42 Kb.
Sana22.11.2022
Hajmi17,42 Kb.
#870618
Bog'liq
Ergashev Dovron


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI
Mintaqaviy turizm” fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Mintaqaviy turistik resurslardan foydalanish yo‘llari

Bajardi: TL-81 guruh talabasi
Ergashev Dovron
Tekshirdi: Rahimova Dilfuza


Toshkent -2022


Kirish:
Mintaqaviy turistik resurslardan foydalanishni prognozlash usullari. Mintaqalar iqtisodiy rivojlanishida turistik resurslardan foydalanishni prognozlash. Mintaqaviy turistik resurslardan foydalanishni prognozlash usullari.
Prognozlash asosida bozordagi tendensiyalarni, xo‘jalik yurituvchi subʼektlar orasidagi aloqadorliklarning yaqinlik darajasini aniqlash mumkin. Aniqlangan qonuniyat va tamoyillar asosida esa yangi bilimlar yaratiladi.
Prognoz bu obʼektning kelajakdagi ehtimoliy holati, alternativ yo‘llar va ularni bajarish muddatlari to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan mulohaza yuritishdir. Iqtisodiy prognozlashni iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga va bu rivojlanishning maqsadlariga erishishning oqilona yechimlarini izlashga yo‘naltirilgan miqdoriy va sifatiy tavsifdagi ilmiy tadqiqotlar tizimi sifatida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Iqtisodiy prognoz rivojlanishning tashqi sharoitlari va qonuniyatlarini talqin qilishdagina qo‘llanilib qolmay, shuningdek kerakli yechimlarni topish uchun ham foydalaniladi. Shu sababli, iqtisodiy prognozga rejalashtirishning belgilangan maqsadga erishish yo‘llarining tanlab beruvchi dastlabki bosqichi sifatida ham qarash mumkin bo‘ladi. Boshqacha qilib bayon etganda, iqtisodiy prognoz - bo‘lajak hatti-harakat(tadbir)lardan kelib chiqqan holda u yoki bu maqsadga erishishning ehtimoliy darajasini qayd qiluvchi hujjatdir. Iqtisodiy prognoz yechilishini kutayotgan shart va muammolarni aniqlashga yordam beradi.
Prognozlashda foydalaniladigan uslublarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) Evristik guruh. Prognozlashda avvalo ichki intuitsiya, ilgarigi tajriba, ijodkorlik va mulohazalardan foydalaniladi. Bu guruhga ijtimoiy tadqiqotlar va eskpertlar uslubi kiradi. Prognozlash amalga oshirilayotganda sabab-oqibat aloqadorliklariga, statistik materiallar asosidagi hisob-kitoblarga hamda intuitsiyaga eʼtibor beriladi.
Ekspert baholari uslubi axborot yetishmasligi yoki obʼektni matematik aks ettirishning iloji bo‘lmagan taqdirda ekspertiza natijalaridan manfaatdor bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassislarning tahlillar natijasida keltirgan dalillariga asoslanadi. Bunda ekspert (lar) tanlab olinadi, ekspertiza jarayoni (so‘rov tartibi, baholar shkalasi, natijalarni tahlil qilish).
Mantiqiy uslublar o‘z ichiga: o‘xshashlik va farqlarni topish aniqlash uslubi, birgalikda kechadigan o‘zgarishlar uslubi, analogli uslublarni oladi.
2) Iqtisodiy-matematik uslublar. Bularda matematik-amaliy statistika uslublaridan foydalaniladi.
Tizimli tahlil butun xalq xo‘jaligini, tarmoqni, korxonani, bo‘limlarni barcha elementlari o‘zaro bog‘langan va o‘zaro bo‘ysungan bir butun tizim deb hisoblaydi. Tizimli tahlilga binoan, umumiy tizimning o‘zi uning har bir alohida elementlarining yig‘indisidan kattaroq bo‘ladi (sinergiya samarasi). Tizimli tahlil bosqichlari: vazifani qo‘yilishi, maqsadlarni va baholash mezonlarini belgilash, omillar-aloqadorliklar- tendensiyalarni tahlil qilish, tizimning rivojlanish konsepsiyalari va variantlarini ishlab chiqish. Tizim ichidagi omillarni uch guruhga ajratish mumkin: mamlakatdagi umumiqtisodiy vaziyatga va davlat nazoratiga bog‘liq, bevosita ishlab chiqaruvchilarga bog‘liq, umumbozor munosabatlariga (global iqtisodiyot) bog‘liq. Har bir omil yoki salbiy, yoki ijobiy, yoki mo‘ʼtadillashtiruvchi tavsifga ega bo‘ladi. Tizimli tahlil o‘z ichiga morfologik, analogli, regression, korrelyasion, guruhlash, indekslarni hisoblash tadqiqotlarini oladi. “Morfologik tahlil” obʼekt xususidagi to‘liq maʼlumotni qamrab oladi hamda muammoni hal qilish bo‘yicha tizimlashgan maʼlumot olish imkonini beradi; uning asosida yangi maʼlumotlar, parametrlarning yangi kombinatsiyalari (yangi kombinatsiya variantlari) kabilarni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. “Analogli prognozlash” mantiq asosida amalga oshiriladi.
“Regression tahlil” ko‘p omilli tizimlarni o‘rta va uzoq muddatli prognozlashda qo‘llanilib, bir parametrning ko‘rsatkichlari boshqa parametrlarning ko‘rsatkichlariga qanchalik darajadagi bog‘liqligini ko‘rsatib beradi. “Korrelyasion tahlil” parametrlar orasidagi o‘zaro aloqalarning yaqinligini ko‘rsatib beradi (juftli va ko‘pli).
Ekstrapolyasiya uslubi barqaror tizimlar va jarayonlar uchun qo‘llanilib, ko‘rsatkichlar dinamikasi ularning oldingi davrdagi o‘zgarish tendensiyalariga bog‘liq ravishda rivojlanadi deb hisoblanadi, lekin bunda prognozlanayotgan davrda taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar inobatga olinmaydi. Bunda vaqtli qator tanlab olinadi, qatordagi chetlashuvlarni minimallashtiruvchi koeffitsentlar izlab topiladi. Buning uchun esa, sirg‘aluvchi o‘rtacha va eksponensial tekislash uslublaridan foydalanadi.
Meʼyoriy uslub qonunchilik asosida ishlab chiqiladi. Har bir obʼekt uchun belgilanayotgan meʼyoriy prognozlashda rejaga nisbatan kengroq parametrlar belgilanadi. Bunda belgilangan meʼyoriy prognozga erishish uchun ajratiluvchi resurslarning yetarlicha bo‘lishiga eʼtibor berilishi lozim bo‘ladi.
Modellashtirish uslubi masalalarni elektron hisoblash mashinalarida yechishda iqtisodiy-matematik modellardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, prognozlarni boshqa nuqtai nazarlardan kelib chiqib ham tasniflash mumkin bo‘ladi:
A) Sifatiy prognozlar fikr-muloohazalarga asoslanadi, miqdoriy prognozlar statistik hisob-kitoblarga asoslanadi.
B) Fanlararo uslublar o‘z ichiga: ekspert baholari uslubi, ekstrapolyasiya va interpolyasiya uslublari, modellashtirish uslubi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika uslublarini oladi. Alohida fanlarga oid uslublar o‘z ichiga: balans uslubi, tarmoqli uslub, maqsadli-dasturiy uslub, adaptiv(moslashuvchan) uslub, kuzatuvchi egrichiziqlar uslubi kabilar oladi.
Har bir prognozlash usuli o‘zining kamchiligiga egaligi inobatga olingan holda “Ssenariy” usuli yaratilgan. Ssenariy uslubidan oldin harbiy sohada foydalanilgan, keyinchalik undan iqtisodiy siyosatni belgilashda ham qo‘llanila boshlangan. Ssenariy - o‘zida ham sifat, ham miqdor yondashuvlarini birlashtirgan prognozlash usulidir. Yaʼni, ssenariy – kelajakda yuz beradigan hodisalarning amalga oshirilishi ehtimoli ko‘rsatilgan modelidir, unda inobatga olinishi lozim bo‘lgan omillar belgilab olinadi hamda uning asosida qarorlar qabul qilinadi.
Ssenariyni tayyorlashda alohida olingan prognozlash jarayonida inobatga olinishi mumkin bo‘lmagan faktlar va jarayonlar ham inobatga olinadi. Shu sababli ssenariy uslubi vaziyat va uning rivojlanishini yaxshiroq tushunish, ehtimollagi tahdidlarni baholash, qulay imkoniyatlarni aniqlash, faoliyat yuritishning maqsadga muvofiq yo‘nalishlarini aniqlash, tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga moslashishga imkoniyat yaratib beradi. Ssenariy uslubidagi prognozlash ham korxona, ham mamlakat miqyosidagi rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qila oladi. Ssenariy asosida barcha asosiy omillarning inobatga olinishini taʼminlaydigan prognozlash usulini tanlash mumkin bo‘ladi60.
Shunday qilib, O‘zbekiston turizm bozorini prognozlash uchun korrelyasion tahlil, regression tahlil hamda ssenariy usullari tanlab olindi. O‘zbekiston madaniy turizm bozorini prognozlash uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga hisobot topshiruvchi korxonalar tomonidan erishilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar inobatga olindi. 2-ilovada ushbu viloyatlar bo‘yicha 1996-2007 yillarda erishilgan natijalar ko‘rsatib berilgan. Avvalo korrelyasion tahlil amalga oshirildi. Yaʼni, dastlab O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baʼzi bir ekonometrik hisob-kitoblar amalga oshirildi.
Aniqlangan eng kuchli bog‘lanishlar asosida 15.1- sxemada keltirilgan chizma hosil bo‘ldi. Chizmaga olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlar va foydaning korrelyasion ko‘rsatkichlari kirilmadi. Chunki bu ko‘rsatkichlarning orasida kuchli korrelsion bog‘lanishning mavjudligi so‘zsiz ayondir.
O‘zbek so‘mlarida olingan daromad ko‘rsatkichiga xorijiy turistlarni mehmonxonalarda qabul qilish ko‘rsatkichi o‘rtachadan yuqori taʼsir etadi (korrelyasiya ko‘rsatkichi 0,52). Demak, sohada olinadigan daromadlarni (shu bilan foydani ham) ko‘paytirish uchun asosiy eʼtiborni turistlarni jo‘natish emas, ko‘proq turistlarni qabul qilishga qaratish lozim bo‘ladi.
Mehmonxonalarda to‘xtashning uzunroq davomiyligini ham xorijdan kelgan turistlar taʼminlab berishadi (korreyalsiya ko‘rsatkichi 0,52). Demak, xizmat ko‘rsatishning davomiyliini uzaytirish uchun asosan xorijiy turistlarga eʼtibor berish lozim bo‘ladi.
Sohada xizmat ko‘rsatilgan insonlar soniga eng kuchli taʼsirni xorijiy turistlarni qabul qilish (korrelyasiya ko‘rsatkichi 0,56), O‘zbekiston rezidentlarini qabul qilish (korrelyasiya ko‘rsatkichi 0,6) taʼsir etar ekan. Rezidentlarimizni sayohatlarga jo‘natish ko‘rsatkichlarining salmog‘i kichikligi tufayli, sohada xizmat ko‘rsatilgan insonlarning umumiy soniga taʼsir kuchi past bo‘lib qolgan. Shu sababli, hozircha sohada xizmat ko‘rsatilgan kishilar sonini oshirishga intiladigan bo‘lsak, mehmonxonalarimizni takomillashtirib, xonalarning jihozlanishini va xizmatlar darajasini ham xorijiy turistlarning, ham O‘zbekistonlik turistlarning talablariga moslashtirib borish kerak bo‘ladi. Xonalarni faqatgina xorijiy turistlar yoki faqatgina mahalliy turistlar talablariga moslashtirish bilan chegaralanib qolish maqsadga muvofiq emas. O‘zbekistonlik rezidentlarni qabul qilib, ular bilan ishlashni o‘rganib olgan milliy turistik korxonalarimiz bemalol xorijiy turistlarni ham qabul qilish salohiyatini qo‘lga kiritadilar.
Download 17,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish