9-MA’RUZA:
Erituvchilar ularga qо‘yiladigan talablar.
Reja:
9.1. Erituvchilar haqida tushuncha
9.2. Polimer eritmalari
9.3. Polimerlarning bo’kishi va erishi
Tayanch iboralar:
aromatik, termodinamik, stabilizator, kompozitsion
Adabiyotlar:
1, 2, 3, 4, 5.
9.1. Erituvchilar haqida tushuncha
Yuqori molekulyar birikmalar asosida polimer materiallar olish, ularni
buyumlarga
aylantirish
jarayonlarida
erituvchilar
quyidagi
maqsadlarda
qo’llaniladi:
-
polimerlarni sintez
qilishda muhit sifatida;
-
polimerlarni tozalab, ajratib olishda;
-
yuqori molekulyar birikmalar tuzilishi, strukturasi va xossalarini tadqiq qilishda;
-
polimerlar asosida kompozitsiyalar tayyorlashda;
-
polimer materiallar tayyorlashda;
-
polimer
materiallar, buyumlar sirtiga pardoz berishda, lok-boyoq materiallarni
texnologik xossalarini rostlashda.
Erituvchilarga bir qator talablar qoyiladi:
1. Yuqori molekulyar birikmani suyuq oquvchan holatga o’tkazib, ma’lum
konsentratsiyali va qovushqoqli eritma hosil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Bu holatda yuqori molekulyar birikmani kompozitsiyaning boshqa tashkil
qiluvchilari bilan aralashishini yaxshilaydi, buyum sirtiga surish imkonini beradi;
2. Polimer kompozitsion
material tayyorlash, qoplama hosil qilish
jarayonida oson chiqib ketish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari,
erituvchi qoplama hosil qiluvchini optimal xossalarini ta’minlab beruvchi
struktural shakllanishiga olib kelishi kerak;
3. Zaharsiz,
kam alangalanuvchan, kimyoviy inert, arzon bo’lishi, tanqis
bo’lmasligi kerak.
Erituvchi qo’llab polimer materiallar ishlab chiqarish, qayta ishlash va
iste’mol qilish jarayonlarining iqtisodiy ko’rsatkichlari va sanitar-gigiyenik holati
qo’llanilayotgan erituvchi va suyultiruvchilarni
miqdoriga hamda sifatiga
bog’liqdir. Masalan, lok-boyoq materiallari ishlab chiqarish xom ashyosining
%
30
i
atmosferani
ifloslantirib, zaharlab qaytmas yo’qoladigan erituvchi va
suyultiruvchilarga to’g’ri keladi.
Yuqori molekulyar birikmalar asosida materiallar olish
8
С
va undan yuqori
bo’lgan neft uglevodorodlari, masalan, uayt-spirt, solvat kabilar ko’p qo’llaniladi.
Bundan tashqari,
spirtlar, ketonlar, murakkab efirlar, galogenuglevodorodlar,
ularni aralashmalari ham erituvchi sifatida keng qo’llaniladi.
Muhim polimerlar uchun quyidagi erituvchilar qo’llaniladi:
Polietilen
– qizdirilganda, yuqori temperaturada
qaynovchi aromatic
uglevodorodlar;
Polivinilxlorid – siklogeksanon, xlorlangan uglevodorodlar, tetragidrofuran,
nitrobenzol;
Polistirol – xloroform, toluol, tetragidrofuran, dioksan, butilatsetat,
murakkab
efirlar aralashmasi, aromatik uglevodorodlar.
Erituvchilarni qo’llashda, ayniqsa lok-boyoq texnologiyasida ularni turli
xossalarini e’tiborga olish lozim. Ayrim erituvchilarni xarakteristikasi: