Mavzu: Suvsiz eriтmalar тayyorlash.
Reja:
Suvsiz eritmalar va ularni tayyorlash.
Uchuvchan suvsiz eritmalar (etanol, xloroform, benzin) haqida tushuncha.
Uchuvchan bo‘lmagan erituvchilar (yog’lar va moylar, glitserin) haqida tushuncha.
Suvsiz eritmalar va ularni tayyorlash.
Kimyo texnologiyasida suvsiz eritmalar suvli eritmalardan tashqari spirtli, glitserinli, moyli, silikonli va hokazo eritmalar uchraydi. Ko‘pincha ular sirtga qo‘llash uchun ishlatiladi.
Suvsiz eritmalar 2 guruhga bo‘linadi: 1. Uchuvchan (etanol, xloroform, efir, benzin, skipidar) eritmalar. 2. Uchuvchan bo‘lmagan eritmalar: o‘simlik moylari, vazelin moyi (suyuq parafin), glitserin.Uchuvchan erituvchilar bilan eritma tayyorlaganda qizdirish, filtrlash, suzish kabi texnologik bosqichlardan voz kechish lozim, chunki bunda erituvchining uchib ketish ehtimoli bo‘ladi. Efir, benzin, etanol yong‘indan xavflidir. Bu eritmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan, og‘zi zich yopiladigan shisha idishlarda tayyorlanadi. Suvli eritmalardan farqli o‘laroq suvsiz eritma tayyorlashda avvalidishga eritiladigan modda, so‘ngra erituvchi solinadi. Idish quruq bo‘lishi shart. Bu eritmalarni filtrlash zarur bo‘lgan taqdirda voronka ustiga shisha plastinka yopib turib filtrlash kerak. Agar etanolning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 90% li etanol ishlatiladi (hajm foizda).Bundan quyidagilar mustasno:5—10% li yod eritmasi (X DF), 1—2% li yod eritmasi, 1,5% li vodorod peroksid eritmasi, 1% li sitral eritmasi — 96% li etanolda; 1—2% salisil kislotasi va 0,5%; 1—3%; 5% li borat kislotasi eritmalari —70% li etanolda; 1—2% li brilliant yashili va 1% li metilen ko‘ki eritmalari —60% li etanolda tayyorlanadi (O‘z RSSV ning 2002-yil 29-dekabrdagi 582-sonli buyrug‘i). Etanol eritmalari og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Rr: Acidi borici 0,3Sp. aethylici 70% — 10 mlM.D.S. Sirtga ishlatish uchun.Quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etanol solib eritiladi (og‘zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40—50°C) solib isitish mumkin.Ba’zan 70% li etanol olish uchun 95% li etanolni suyultirish lozim bo‘ladi. Bunda quyidagiformuladan foydalanish mumkin:X = VЅBAMasalan, 50 ml 70 %li etanol eritmasini tayyorlash kerak.X =50Ѕ70= 36,8 ml.95Silindrga 36,8 ml 95% li etanol solib hajmi 50 ml ga yetguncha tozalangan suv qo‘shiladi. O‘lchov silindri bo‘lmagan hollarda XI DF ning 3—4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish mumkin.Moyli, glitserinli eritmalar og‘irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida tayyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.Rr: Mentholi 0,2Ol. Vaselini 20,0M.D.S. Sirtga ishlatish uchun. Quruq flakonga 0,2 gmentol solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga20 gvazelin moyi solinadi. Og‘zi berkitilgan idishdagi aralashmanisuv hammomida 70—80°C gacha qizdiriladi. Bunda mentol to‘liq eriydi.Rr: Natrii tetraboratis 20,0Glycerini 80,0M.D.S. Og‘izning shilliq pardalarini artish uchun. Quruq flakonga20 g natriy tetraborat solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 80 g glitserin solinadi. Idishning og‘zi berkitilib,natriy tetraborat erib ketguncha suv hammomida qizdiriladi.Тegishli yorliq yopishtiriladi. Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning hujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo‘qligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |