7-ma’ruza: ivb, vb,VI b



Download 29,46 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2022
Hajmi29,46 Kb.
#573324
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma'ruza


7-ma’ruza: IVB, VB ,VI B ,VII B guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
Reja:
1.IVB guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
2. VB guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
3. VI B guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
4. VII B guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
1.IVB guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
IVB guruh elementlariga titan,sirkoniy va gafniy elementlari kiradi.
Ti z=22 KL=3s23p63d24s2
Zr z=40 KLM=4s24p64d25s2
Hg z=70 KLMN=5s25p65d26s2
Titan guruhchasi elementlarining tabiiy izotoplari

Ti-titan

Zr-sirkoniy

Hf-gafniy

Massa soni

Tabiatdagi TI-ni necha % ini tashkil etadi

Massa soni

Tabiatdagi Zr-ni necha % ini tashkil etadi

Massa soni

Tabiatdagi Hf-ni necha % ini tashkil etadi

46

7,99

90

51,46

174

0,163

47

7,32

91

11,23

176

5,21

48

73,67

92

17,11

177

18,56

49

5,46

96

17,40

178

27,10

50

5,25

96

2,80

180

35,32

Bu uchchala elementning bir qancha radioaktiv izotoplari ham bor.
Olinishi. Hozirgi vaqtda titan metali titan(IV)-xloridini 9000Cda kalsiy,natriy va magniy metallari bilan qaytarib olinadi;TiCI4+2Mg=2MgCI2+Ti+504,6kJ
TiO2+2Ca=2CaO+Ti+357,3kJ
Fizik xossalari. Fizik xossalari jihatidan po’latga o’xshash yaltiroq,yuqori haroratda suyuqlanadigan metallardir.Bu metallarning atomlari zich joylashgan geksagonal sistemada kristallanadi.Lekin harorat ko’tarilganida polimorf o’zgarishlar yuz beradi.Bu hodisa titan uchun 8800C da ,sirkoniyda 8650C,gafniy uchun esa 17000C
Titan ,sirkoniy va gafniyning fizik xossalari

Fizik xossalari

Ti

Zr

Hf

Solishtirma massasi

4,51

6,50

13,10

Suyuqlanish harorati

1735

1855

2222

Α-holatdan β-holatga o’tish harorati

880

865

1700

Ionlanish potensiali Ii

6,82

6,84

7,3

Elektrod potensiali(E1/E2+)

-1,75

-1,43

-1,57

E4+ion radiusi

0,64

0,87

0,86

Atom radiusi

1,46

1,59

1,58

Kristall panjara parametrlari a-
b-

2,950A0
4,683 A0

3,231A0
5,147A0

3,187A0
5,041A0

Issiqlik sig’imi

2,18

1,17

0,54

Titan,sirkoniy va gafniy turli tuman oddiy va kompleks birikmalar hosil qiladi.Odatdagi haroratda juda kuchsiz qaytaruvchilardir.Bu metallar har qanday sharoitda ham korroziyaga chidamli.Ularning qaytaruvchi sifatidagi aktivligi harorat ko’tarilganida ortib ketadi.Masalan,Ti o’zining suyuqlanish haroratida eng aktiv metallar qatoriga o’tib oladi.Bu elementlar o’z birikmalarida asosan to’rt valentli bo’lib,lekin ularning ikki va uch valentli birikmalari ham mavjud.Ular inert gazlar,ishqoriy va ishqoriy-yer metallaridan tashqari deyarli barcha oddiy moddalar bilan reaksiyaga kirishadi.Bu elementlar;xlor,brom,yod,kislorod va oltingugurt bilan birikmalar hosil qiladi.


Azot,uglerod,bor va D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi qo’shimcha guruh elementlari bilan birikib,intermetall birikmalarni hosil qiladi.
D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi o’ziga yaqin turgan elementlar bilan uzluksiz qattiq eritmalarni hosil qiladi.Bu metallar ftor va xlor bilan 3000C dan yuqori haroratda shiddatli reaksiyaga kirishadi; Ti+2CI2=TiCI4
Ti,Zr,Hf odatdagi sharoitda havoda barqaror bo’lsa ham Ti 1200-13000C da,Zr esa 600-7000C da havo kislorodi ta’sirida oksidlanadi. Ti+O2=TiO2+946kJ
Zr+O2=ZrO2+1100kJ
Qaynoq suv kukun holidagi Ti,Zr,Hf lar bilan reaksiyaga kirishib gidroksidlarni hosil qiladi;Ti+2H2O=Ti(OH)4+2H2
Bu reaksiyada metal kukunining o’rniga yaxlit metal olinsa, metallning sirtida himoyalovchi oksid parda hosil bo’lishi sababli, bu reaksiya darrov to’xtab qoladi.Ular 600-8000C da suvni parchalaydi; Ti+2H2O=TiO2+2H2
Ti, Zr, Hf lar 300 0C dan yuqori haroratda vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishadi;Ti+HCI=TiCI4+2H2
Ti, Zr, Hf larning nitrat kislotaga ta’sir etishi bu metallarning sirtiga bog’liq,agar metallning sirti silliq bo’lsa, unga hatto qizdirilganida ham nitrat kislota ta’sir etmaydi..Chunki qizdirilganda metal sirtida himoya parda hosil bo’ladi.Agar titanning sirti g’adir-budir bo’lsa yoki uning himoya pardasi mexanik ta’sir bilan ko’chirilsa,bunday metallni kitrat kislota sovuqda ham qizdirganda ham eritadi;3Ti+4HNO3+H2O=3H2TiO3+4NO
“Zar suvi”-(3HCI+HNO3 aralashmasi)Ti,Zr,Hf larni eritib metall tetraxloridlariga aylantiradi:3Zr+4HNO3+12HCI=3ZrCI4+4NO+8H2O.
Konsentrlangan sulfat kislota titan bilan qizdirilganida titan sulfat kislotani oltingugurt(IV)-oksidigacha qaytaradi;Ti+H2SO4=Ti(SO4)2+2SO2+4H2O

Download 29,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish