MEXANIKA VA MOLEKULYAR FIZIKA TEST
1.Sovutkichning absolyut harorati isitkichining absolyut haroratiga nisbati 0,6 ga teng bo’lggan ideal issiqlik mashinasi isitkichining absolyut harorati 20% ga oshdi. Bunda issiqlik mashinasining FIK i qanday o’zgaradi? Sovutkich harorati o’zgarmaydi.
A) 45 % ga ortdi B) 25 % ga ortdi
C) 120 % ga ortdi D) 10 % ga ortdi
2.Hajmi 1 m3 bo’lgan gazning 200 kPa ga teng bo’lgan bosimi gaz 2 m3 gacha yetgunicha 100 kPa gacha chiziqli kamaydi. Bunda gaz qancha ish (kJ) bajargan?
A) 150 B) 75 C) 50
D) berilgan ma’lumotlar
yetarli emas
3. Adiabatik jarayonda gazning ichki energiyasi 350 J ga ortdi. Bunda …
A) gaz 700 J ish bajargan
B) gaz 350 J ish bajargan
C) gaz ustida 700
J ish bajarilgan
D) gaz ustida 350 J ish bajarilgan
4. Muzlatkichda 20
0C haroratli 7,2 kg suv bor. Agar shu suv 2 soatda -10
0C haroratli muzga aylangan bo’lsa, muzlatkichning sovutish quvvatini (W) toping.
, ,
A) 210 B) 600 C) 725 D) 435
5. Ballondagi gazga 20 J issiqlik berilsa, u qancha ish bajaradi?
A) 20 J B) 16 J C) 12 J D) 0
6. Qaysi jarayonda bir atomli gazga berilgan energiyaning 2/5 qismi ish bajarishga sarflanadi?
A) adiabatik B)
izoxorik
C) izotermik D) izobarik
7. Gaz V
1 hajmdan V
2 hajmga: 1)
izobarik, 2) izotermik, 3) adiabatik kengayadi. Qaysi holda eng katta ish bajariladi?
A) 3 B) bir xil C) 1 D) 1 va 2
8. Germetik berk idishdagi gazga 2 kJ issiqlik energiyasi berildi. Bunda gaz qancha ish (J) bajaradi?
A) 2000 B) 800 C) 1200 D) 0
9. G az 1-holatdan 2-holatga o’tganida, uning ichki energiyasi qanday o’zgaradi?
A) o’zgarmaydi
B) kamayadi
C)
ortadi
D) avval kamayadi, so’ngra ortadi
1 0. Ideal gaz siklining qaysi qismida ish bajarilmaydi?
A) 1-2 B) 2-3
C) 3-4 D) 4-1
11.Germetik berk idishdagi 16 g geliyning haroratini 20
OC dan 100
OC gacha ko’tarish uchun qancha issiqlik miqdori sarflash (kJ) kerak? (idishning issiqlik uzatish FIKi 80%).
A) 4 B) 5 C) 3,2 D) 3,6
12.Sirt
energiyasi W0 ga teng bo’lgan 8 ta bir xil tomchi qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan katta tomchining sirt energiyasini aniqlang.
A) 8W
0 B) 2W
0 C) 4W
0 D) W
0
13. Oralaridagi masofa 4 mm bo’lgan ikkita parallel plastinka suyuqlikka botirilganida u 4 sm balandlikka ko’tarilishi uchun suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti qanday (mN/m) bo’lishi kerak? Suyuqlikning zichligi 800 kg/m
3.
A) 300 B) 73 C) 640 D) 96
14. Sublimatsiya nima?
A)gaz holatidagi jismning qattiq holatga o’tishi
B) suyuqlikning gazga aylanishi
C) suyuqlikning qattiq holatga aylanishi
D)qattiq holatidagi
jismning gazga aylanishi
15. Issiqlik sig’imi 80 J/K bo’lgan kalorimetrga 10oC haroratli 400 g suyuqlik bor. Kalorimetrga 31oC gacha isitilgan o’sha suyuqlikdan 400 g quyildi va natijaviy harorat 20oC bo’lib qoldi. Suyuqlikning solishtirma issiqlik sig’imini {J/(kg*K)} toping.
A) 980 B) 2000 C) 3400 D) 5000
1 6. Vazni 45 N bo’lgan bir jinsli balkaga rasmdaa ko’rsatilgani kabi yuk osilgan. Ipning taranglik kuchi 100 N bo’lsa, yukning massasini (kg) toping.
A) 60 B) 6 C) 4,5 D) 12
1 7. Jismga F kuch ko’chish yo’nalishiga nisbatan turli burchaklarda ta’sir qiladi. Barcha holda jism gorizontal yo’nalishda bir xil masofaga siljiydi. Qaysi holda bajarilgan ish nolga teng bo’ladi?
A) 3 B) 1
C) 2 D) 4
1 8. Yuklar orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga, m
2 yuk va tekislik orasidagi ishqlanish koeffitsiyenti 0,05 ga teng. m
2 yukni 2 m/s
2 tezlanish bilan sug’urib olish uchun unga gorizontal yo’nalgan qanday F kuch qo’yish kerak (N)? , .
A) 8 B) 20 C) 28 D) 35
19. Veosipedchi yo’lning egrilik radiusi 40 m bo’lgan qismidan o’tayotganida vertikaldan 45
o burchakka og’di. Uning tezligi qanday (m/s) bo’lgan?
A) 20 B) 40 C) 24 D) 14
20. Konkichi yo’lning egrilik radiusi 40 m bo’lgan qismidan 20 m/s tezlik bilan o’tmoqda. Konkichi vertikaldan qanday burchakka og’ishi kerak?
A) 45
o B) 30
o C) 60
o D) 0
o
21. Agar prujinaning uzunligini 3 marta orttirilsa, uning bikrligi qanday o’zgaradi?
A) o’zgarmaydi B) 3
marta kamayadi
C) 3 marta ortadi D) 9 marta kamayadi
22. Bikrliklari k bo’lgan prujinalardan murakkab sistema tuzildi. Sistema m ta tarmoqdan iborat bo’lib, har bir tarmoq ketma – ket ulangan n ta prujinadan tashkil topgan. Sistema umumiy bikrligini toping.
A) B) C) D)
23. Parrak uchining burchak tezligi vaqtga quyidagicha bog’langan: bo’lsa, parrak 5 s da nesha marta aylanadi?
A) 25 B) 12,5 C) 20 D) 30
24. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning otilish burchagini o’zgartirmasdan, uchish uzoqligini 4 marta orttirish uchun boshlang’ich tezligini necha marta orttirish kerak?
A) 16 B) 4 C) 8 D) 2
25. Anvar avval shimoliy g’arb tomonga 28 m, keyin sharq tomonga 15 m va janub tomonga 32 m yurgan bo’lsa, uning ko’chishini (m) toping.
A) 75 B) 45 C) 11 D) 13
26. Qanday harakatda jism tezligi va tezlanishi orasidagi burchak o’tmas (90
0<α<180
0) bo’ladi?
A) to’g’ri chiziqli sekinlanuvchan harakat
B) aylana bo’ylab sekinlanuvchan harakat
C) gorizontal
otilgan jism harakati
D) aylana bo’ylab tekis harakat
27. Oqim tezligi 1 m/s bo’lgan daryoda oqim yo’nalishida harakatlanayotgan birinchi katerning turg’un suvdagi tezligi 4 m/s. Oqimga perpendikulyar harakatlanayotgan ikkinchi katerning birinchi katerga nisbatan tezligi 5 m/s bo’lsa, turg’un suvdagi tezligini (m/s) aniqlang.
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2,65
28. Turg’un suvdagi tezligi 5 m/s bo’lgan kater oqim tezligi 3 m/s bo’lgan daryoni eng qisqa yo’l bilan kesib o’tishi uchun ketgan vaqtni (s) toping. Daryo kengligi 60 m.
A) 7,5 B) 20 C) 12 D) 15
29. 50 kg massali jismga gorizontga 300 burchak ostida yo’nalgan 200 N kuch ta’sirida qilmoqda. Sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng. Jismga ta’sir qiluvchi ishqalanish kuchini (N) toping.
A) 80 B) 173 C) 86,7 D) 100
3 0. Ideal gaz a holatdan c holatga o’tganida qancha ish (kJ) bajaradi?
A) 10 B) 20
C) 30 D) 0