3-ma’ruza mashg`uloti Mavzu: Moddiy nuqta dinamikasi. Reja: Moddiy nuqta dinamikasi



Download 0,72 Mb.
bet1/10
Sana25.01.2023
Hajmi0,72 Mb.
#902393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
61a1f7e08f48b5.27930590
6-sinf, Ekonomika.i.vneshneekonomicheskaya.deyatelnost.stran.i.regionov, reserch tianjin university 1, 2022 magistr, AI, 4-mavzu, Muydinov Ma\'murjon mikro, ergashev ilyosbek, 902 QNOcD, this is done by mavlon, B level DJB 1st years Final Sample (2), B level DJB 1st years Final Sample, bank huquqi, hjacki 573 Qattiq jism fizikasi (1), hjacki 573 Qattiq jism fizikasi (2)

3-ma’ruza mashg`uloti
Mavzu: Moddiy nuqta dinamikasi.
Reja:

  1. Moddiy nuqta dinamikasi.

  2. N’yutonning birinchi qonuni va inersial sanoq sistemalari.

  3. N’yutonning ikkinchi qonuni–harakat tenglamasi. Kuch. Маssа. Impul’s.

  4. N’yutonning uchinchi qonuni.

  5. Tabiatda kuchlar.

  6. Inersiya markazi. Inersiya markazi harakati haqidagi teorema.

  1. Moddiy nuqta dinamikasi

Kinematika jismlar harakatini uning kelib chiqish sabablarini e’tiborga olmay o‘rganadi.
Dinamika esa jismlar harakatini uning kelib chiqish sabablarini bilgan holda o‘rganadi. Dinamika asosida Nyuton qonunlari yotadi.



  1. N’yutonning birinchi qonuni va inersial sanoq sistemalari.

Jism o’zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini tashqaridan boshqa jismlar ta’sir etmagunicha saqlab qoladi .
Jismlarning o‘zini tinch holati yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlab qolish xususiyati, jismlarning inertsiya xususiyati deb ataladi.
Shuning uchun, Nyutonning birinchi qonuni, inertsiya qonuni deb ham ataladi.
Mexanik harakat nisbiydir va uning xususiyatlari sanoq tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Nyutonning birinchi qonuni istalgan sanoq tizimida bajarilavermaydi, shuning uchun bu qonun bajariladigan sanoq tizimlari inertsial sanoq tizimlari deb ataladi.
Boshqa sanoq tizimlariga nisbatan o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlayoladigan sanoq tizimlari inertsial sanoq tizimlari bo‘la oladi.
Koordinata boshi Quyosh markaziga joylashgan geliotsentrik sanoq tizimini juda katta aniqlik bilan inertsial sanoq tizimi deb hisoblash mumkin. Uning koordinata o‘qlari o‘rganiladigan planeta yoki yulduzlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Xuddi shuholat uchun, Yer bilan bog‘langan sanoq tizimi inertsial sanoq tizimi bo‘la olmaydi, chunki Yer nafaqat Quyosh atrofida, hattoki o‘zining o‘qi atrofida ham aylanishini hisobga olish zarur. AmmoYerdagi mexanikaviy harakatlar uchun Yer bilan bog‘liq bo‘lgan sanoq tizimini inertsial sanoq tizim deb hisoblash mumkin.
Tajribalardan ma’lumki, bir xil ta’sir ostida turli jismlar o‘zining harakat tezligini bir xil o‘zgartirmaydi, boshqacha qilib aytganda, har xil tezlanish qiymatlariga ega bo‘ladilar.
Tezlanish faqat ta’sir kuchiga bog‘liq bo‘lmay, jismning o‘zini xususiyatiga, ya’ni massasiga ham bog‘liqdir.
Jismning massasi – materiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning inertsial vagravitatsiyaviy xususiyatlarini belgilaydi.
Inertsial massa jismi nertligining o‘lchov birligi bo‘lib, inertlikni o‘zi esa, jismning o‘z holatini saqlab qolish xususiyatidir.
Nyutonning birinchi qonunidagi ta’sirni ta’riflash uchun kuch
Tushunchasini kiritish zarurdir. Tashqi kuch ta’sirida jism o‘zining harakat tezligini o‘zgartiradi, tezlanishga ega bo‘ladi yoki o‘zining shakli va o‘lchamlarini o‘zgartirishi mumkin – deformatsiyalanadi. Demak kuch ikki xil ta’sirga egadir: dinamik va statik.
Vaqtning har bir belgilangan momentida, kuch o‘zining qiymati, fazodagi yo‘nalishi va qaysi nuqtaga qo‘yilgani bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib , kuch vektor kattalik bo‘lib, berilgan jismga boshqa jism yoki maydonlarning mexanikaviy ta’siri o‘lchovi bo‘la oladi.


  1. Download 0,72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti