16 seminar mashg’uloti. Odamning paydo bo’lishi. Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Reja



Download 194,5 Kb.
bet1/5
Sana29.11.2022
Hajmi194,5 Kb.
#874682
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16-seminar mashguloti (1)


16 - seminar mashg’uloti.
Odamning paydo bo’lishi. Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari.


Reja:

  1. Odamning kelib chiqishi to’g’risidagi fikrlarning kelib chiqishi.

  2. Odam bilan xayvonlar qonqardoshligining isbotlari.

  3. Maymunning odamga aylanish jarayonida mexnatning roli.

  4. Odamning kelib chiqishiga oid paleolontologik dalillar.



1. Odamning kelib chiqishi to’g’risidagi fikrlarning kelib chiqishi. Odamning kelib chiqishi to’g’risidagi masala - materialis­tik dunyoqarashning eng tub masalalaridan biridir Mana shu katta va murakkab problema juda qadim zamonlardan beri diqqatni o’ziga jalb etib keladi.
Ko’p asrlar mobaynida bu problema sirli bo’lib kelgan edi. Odam o’zining kelib chiqishi to’g’risidagi masalani hal qilishga qodir bo’lmay, hamma narsaga qudrati yetadigan xudo o’z vujudi va qiyofasidan andaza olib, insonni yaratgan degan afsonani to’qidi.
Mana shu afsona har xil variatsiyalarda bizning davrimizgacha yashab keldi. Qadimgi Misrda ham dastlabki odamni Xnum degan xudo kulol charxida yasagan deb ishonishardi, Bunday afsona qayaimgi Yunonistonda ham tarqalgan edi. Yunonistonda odamlarni Zevs loydan yasagan, donolik ilohasi Afi­na esa ularga hayot baxsh etgan deb hisoblanardi. Dastlabki inson OdamAtoning «qizil tuproq» ya’ni loydan yasalganligi to’g’risida tavrotda aytilgan rivoyat mana shu afsonaning keyingi variantidir. Usha rivoyatda yana dastlabki odamning qovurg’asidan birinchi ayol - MomoHavo ham yaratilgan deyiladi. Tavrot aqidasiga ko’ra, butun odamzod OdamAto bilan MomoHavodan paydo bo’lgan.
Xristian cherkovi ana shu aqidani jonjahdi bilan himoya qilnb, kimki bunga shubha bildirsa, hammasini ayamasdan jazolab keldi. Mana shu afsonaga ishonmaganligi uchun necha o’n va necha yuz minglab kishilar inkiviziaiya tomonidan qamoqqa, qiynoqqa va gulxanda yoqishga hukm qilindi.
Biroq odam tanasining anatomiyasi bilan birinchi bor tanishuvning o’zi ham tabiat tadqiqotchilarini odam bilan yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlar, xususan maymunlarning tuzilishi birbiriga o’xshashligiga ishontirdi. Organik dunyoning dastlabki ilmiy klassifikatsiyasini yaratgan K. Lin­ney odamning «xudo tomonidan» yaratilganini garchi tan olsada, mana bunday deb yozishga majbur bo’lgan edi: «Oh, maymundek jirkanch bir maxluq nechog’lik bizga o’xshaydiya». Obyektiv analiz Linneyni odamni primatlar gruppasiga - «birinchi o’rinda turadigan» hayvonlar gruppasiga qo’yishga majbur qildi, Linney maymunlar, chala maymunlar va ko’rshapalaqlarni ham shu hayvonlar qatoriga kiritgan edi. Bu bilan u odam - maymunlarga hammadan yaqinroq turadigan sut emizuvchi hayvonndir deb ta’kidlab o’tdi.
Odamning tarixiy rivojlanishi to’grisidagi yangi tushunchani tasdiqlagan birinchi tabiat tadqiqotchisi J. B. Lamark bo’ldi, u odam daraxtlarda o’rmalab yurishdan yerda yurishga o’tgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan degan gipotezani taklif etdi. Lamark fikriga qaraganda, tik holda yurish taianing to’g’rilanishiga va oyoq panjasining o’zgarishiga olib kelgan. To’da-to’da bo’lib hayot kechirish esa, nutq rivojlanib, til paydo bo’lishiga yo’l ochgan.
«Turlarning kelib chiqishi»nish1 birinchi nashri e’lon qilinganda Ch. Darvin bu asar «odamning kelib chiqishi va tarixini yoritib beradi» deb ko’rsatib o’tish bilangina cheklangan edi. 12 yildan keyin, 1871 yildagina u ataylab mana shu problemani hal qilishga bag’ishlangan kitobni nashr etdi. «Odamning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» kitobnnnng aso­siy g’oyasi odam, yaratishdek alohida bir hodisa mevasi bo’lmasdan, balki hayvonlar dunyosi tarixiy taraqqiyotining natijasi degan fikrdir. Bu kitob odamning kelib chiqishi problemasini hal qilish uchun goyatda katta ahamiyatga ega bo’ldi. U fikrlarining boylpgi va shu fikrlarni tasdiqlab beradigan fak­tik materiallarnning mo’lko’lligi bilan kishipi hayratda koldirar edi. Darvin chog’ishtirma anatomiya va embriologiya, shuningdek, juda kamob bo’lsada, paleontologik topil malarning natijalariga asoslanib, odamning hozir yashab turgan odamsimon maymunlarga yaqin qonqardosh ekanligini ishonarli qilib isbotlab berdi. Shu bilan bir vaqtda u, zamonaviy maymunning birontasi ham odamning ajdodi deb hisoblanishi mumkin emas, degan va mohnyat e’tibori bilan muhnm bo’lgan qoidani oldinga surdi.
Darvin odam bilan odamsimon maymunlarning qonqardoshligini isbot etib, odamning tarixiy taraqqiyoti io’nalishini aniqlab olgani bilan antropogenezning yetakchi faktorini, demak, odamning qaror topish spetsifikasini ochib berolmadi. Odamning mehnat faoliyatidan iborat bo’lmish shu spetsifikani F. Engels o’zining «Maymunning odamga aylanish protsessida mehnatning roli» asarida (1896 yil) ko’rsatib berdi.

Download 194,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish