16 seminar mashg’uloti. Odamning paydo bo’lishi. Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Reja


Odam bilan hayvonlar qonqardoshligining isbotlari



Download 194,5 Kb.
bet2/5
Sana29.11.2022
Hajmi194,5 Kb.
#874682
1   2   3   4   5
Bog'liq
16-seminar mashguloti (1)

2. Odam bilan hayvonlar qonqardoshligining isbotlari. Hamma umurtqali hayvonlardai odam o’z tuzilishi jihatidan primatlar turkumiiimg vakillariga hammadan ko’ra ko’proq o’xshaydi. Hozir faqat maymunlar bilan odam shu turkumga kiritiladi.
Primatlar sut emizuvchilarning hammadan yuksak darajada tuzilgan turkumidir. Ular, avvalo, bosh miyasining yaxshi rizojlanganligi bilan ajralib turadi. Bosh miyasida bir talay burmalar bo’ladigan oldingn mnya yarim sharlari, ayiiqsa rivojlangan. Ko’z kosalari oldinga yo’nalgan bo’lib, chakka chuqurchalaridan ajralib turadi. Panjalari changallovchi tipda: qo’loyog’idagi oldingi barmog’i boshqa barmoklarga nisbatan karamaqarshi joylashgan. Hamma barmoqlarida tirnoqlarn bor; o’ynoqi maymunlar bunga kirmaydi, bularda faqat oldingi barmog’ida tirnoq bo’ladi. Emchagi hamisha bir juft. Bachadonp oddiy. Odatda bitta bola tug’adi. Mana shunday ta’rif, bosh barmoqning boshqa barmoklarga qaramaqarshi turishini aytmaganda, odamga ham to’lato’kis to’g’ri keladi: oyoq panjasi bi­lan yurishga o’tilganligi munosabatn bilan. oyoklardagi bu belgi (bosh barmoqning qolganlariga qaramaqarshi turishi) odamda yo’qolib ketgan. Odam jami asosiy belgilariga qarab pri­matlar turkumiga kiritiladi. Bu turkum ikki kenja turkumga: 1) keng burunli maymunlar va 2) tor burunli maymunlarga bo’linadi.
Keng burunli maymunlar Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Ular burun teshiklarining o’rtasidagi to’siqning serbar bulishi bilan ajralib turadi, shuning uchun burun shiklari yen tomonga qaragan bo’ladi. Ularning dumi ko’pincha changallash organi vazifasini bajaradi "Xar bir jag’ida 18 tadan tishi bor. Masalan, o’rgimchaksimon qora baqiroq va o’ynoqi maymun shunga kiradi. Tor burunli maymunlar Afrika bilan Janubiy Osiyoda yashaydi; qazilma holda Yevropada topilgan. Ularning burnidagi to’sig’i kambar. Dumi uzun bo’lishi mumkin, lekin hech qachon changallash vazifasini bajarmaydi; ba’zi formalarida dum reduktsiyalanib ketgan. Har bir jag’ida 16 tadan tishi bo’ladi. Tor burunli maymunlar kenja turkumi to’rtta oilani: martishkalar, gibbonlar; odamsimon maymunlar va odamlarni o’z ichiga oladi.
Martishkalar oilasi - kenja turkumda soni hammadan ko’p oiladir. Uning vakillari dumining uzun bo’lishi, lunj xaltalari va quymich qadoqlari borligi bilan ajralib turadi. Bu oilaga, masalan, asl martishkalar, pavianlar va makakalar kiradi.
Gibbonlar - HindiXitoyda va Malayya arxipelagi orollarida tarqalgandir. Oldingi oyoqlarining uzun bo’lishi ular uchun xosdir dumi va lunj xaltalari yo’q. Quymuch qadoqlari suet rivojlangan. Umurtqa pog’onasining S-simon bukilmasi yo’q. Daraxtda hayot kechiradigan bir necha turi ma’lum. Gibbonlar oldingi oyoqlarida osilib turib, daraxtdandaraxtga sakrab o’tib oladi. Ular yerga tushganida yarim vertikal holda yuradi, bunda oldingi panjalari yerga tayanib yuradi. Bular mevalar bilan ovqatlanadigan o’simlikxo’r hayvonlardir.
Odamsimon maymunlarga dumi, lunj xaltasi va quymuch qadoqlari bo’lmasligi bilan ajralib turadigan eng katta maymun turlari kiradi. Ularning oldingi oyoqlari uzun bo’lib, qaddini rostlaganida tizzasidan pastga tushib turadi. Hayvonlar yerda yurganida oldingi oyoqlari bukilgan barmoqlarining orqa tomoni bilan tayanadi. Hoznr odamsimon maymunlarning uchta avlodi: orangutang, shimpanze za gorilla saqlanib qolgan.
Orangutan - qizg’ishmalla rangli qalin jun bilan qoplangan yirik (1,5 m gacha) maymun bo’lib, Kalimantan (Bor­neo) va Sumatra orollarida yashaydi. Baland peshanasida kuchli taraqqiy etgan suyak toji bor, jag’lari cho’ziq, quloq supralari kichkina va qo’llari juda uzun. Botqoqlik o’rmonlarda yashaydi va ko’p vaqtni daraxtlarda o’tkazib, shu daraxtlarnipg mevasi, barglari va novdalari bilan ovqatlanadi. Bolalariii daraxtga qurgan uyasida tug’adi.
Shimpanze - Afrikaning tropik o’rmonlarida yashaydi. Jussasiniig kichikroq (1,5 m dan kamroq) va rangining qora bo’lishi bilan orangutangdan ajralib turadi. Shimpanzening yuzi yalang’och, quloqlari birmuncha katta bo’lib, shakli jihatidan odam quloqlariga o’xshab ketadi. Oldingi oyoqlari oran­gutan oyoqlaridan ko’ra qisqaroq, orqa oyoqlari esa uzunroq bo’ladi. Yosh maymunlar to’dato’da bo’lib yuradi. Ular o’yinlarni yaxshi ko’radi, o’ynashgan vaqtida chapak chalib, tayoqlar bilan taqillatadi. Voyaga yetgan shimpanze kichikroq poda tuzadi, poda yo’lboshchi, bir necha urg’ochi may­mun va bolalardan iborat bo’ladi. Uyasini yer ustidan 8-12 m balandga yangi shoxlardan quradi. Usimlik oziqlari, shuningdek, sichqonlar bilan ovqatlanadi. Shimpanze avlodiga kiradigan uchta maymun turi bor.
Gorilla-odamsimon maymunlarning eng yirigidir (2 m gacha). Ekvatorial Afrikada - Gvineya ko’rfazidan ichkari tomondagi o’rmonlarda yashaydi. Rangi qora, oldingi oyoqlari bilan orqa oyoqlarining o’rtasidagi nisbat xuddi shimpanzedagider shu munosabat bilan bu maymunlarning yurishi ham shimpanzega o’xshaydi. Bular yerda bukilib va to’rtala oyog’iga tayanib yuradi. Gorillalar kichikroq oila bo’lib yashaydi. Erkagi, urg’ochisi va bolalari uchun yer yuzidan 5-6 m balandga bir, kechalik uya quradi. Uzi daraxtga orqasi bilan suyalib, kechasini mudrab o’tkazadi. Gorillalar ko’pincha yerda yuradi. Mevalar va ildizmevalar bilan ovqatlanadi. Bitta turi bor, bu tur ikki ken­ja turga: sohil gorillasi bilan tog’ gorillasi kenja turiga bo’linadi.
Tor burunli primatlar jumlasiga kiradigan so’nggi oila odamlar oilasidir, bu oila xozir yashab turgan atigi bitta turni - odamni o’z ichiga oladi. Odam o’zining tuzilishi, embrional rivojlanishining xarakteri va fiziologiyasi jixatidan odamsimon maymunlarga hammadan ko’ra yaqinroq turadi, odamda shu maymunlar bilan bir xil belgilar ko’p. Ayni vaqtda jami belgilari jihatdan odamga hammadan yaqin turadi­gan forma shimpanzedir.
Avvalo odam skeletidagi hamma suyaklarning har qanday odamsimon maymun skeletida o’z gomologi borligi ko’zga tashlanadi. Muskullar, shuningdek, ichki organlarning har bir sistemasiga kelganda ham xuddi shunday manzara ko’riladi. Hattoki nerv sistemasi, jumladan miyaning tuzilishida ham o’xshashlik ko’p. Shu narsa diqqatga sazovorki, bosh miyasining tuzilishi jihatidan tuban maymunlardan ko’ra yuksak maymunlar odamga yaqinroq turadi. Chunonchi, odamsimon maymunlarda peshana sohasi bo’laklarining bir qadar yuksak darajada rivojlanganligi, shuningdek odamdagi nutq faoliyati protsessi bilan aloqador miya qismlariga gomo­log bo’lgan bosh miya po’stlog’i qismlarining murakkab tuzilganligi ko’riladi. Mana shularning hammasi odamsimon maymunlarni bir qadar tuban darajada tuzilgan primatlardan keskin ajratib turadi.
Quloq supralarining xarakterli shaklini, yassi tirnoqlar borligini, shuningdek lunj xaltachalari, quymich qadoqlari va tashqi dum yo’qligini odam bilan antropomorf (odamsimon) maymunlar uchun umumiy bo’lgan anatomik belgilar qatoriga kiritish kerak.
Shunday qilib, odamda tashki va ichki tuzilish jihatidan odamsimon maymunlarga o’xshashlik ko’p. Shu bilan bir vaqtda odam bir qancha spetsifik anatomik xususiyatlarga egaki, bular odamning antropomorf primatlarga qaraganda yuksakroq da­rajada tuzilganligini belgilab beradi. Avvalo odam tanasnning normal holati vertikal tik holatdir; ayni vaqtda umurtqa pog’onasi ro’yirost bilinib turadigan S-simon bukilma xosil qyladi. Maymunlar yerda yurganida ham tanasi hech qachon tamom rostlanmaydi; umurtqa pog’onasining S-simon bukilmasi juda suet ifodalangan bo’ladi.
Odamda kalla suyagining miya qismi yuz qismidan ancha ustup turadi (bu qismlar orasidagi nisbat 100:40 ga tengdir); odamning peshanasi keng, suyak toj bo’lmaydi. Ko’z kosasining ustida do’mboqchalari yo’q, burun qanshari baland; pastki jag’i ro’yirost bilinib turadigan engak do’mbog’ini hosil qyladi. Odamsimon maymunlarda kalla suyagining miya qismn rivojlanishda yuz qismidan ustun turmaydi. Peshanasi hamisha juda nishab, shu bilan birga orangutang bilan gorillaping peshanasida suyak toji bo’ladi; ko’z kosasi ustidagi do’mboqchalar rostmana bilinib turadi; qanshari past bo’ladi; jag’ining o’rta qismi orqaga ancha qayrilgan, shunint uchun engak do’mbog’i bo’lmaydi.
Odam kalla suyagi miya qismnning kuchli rivojlanganligi bosh miyasining rivojlanganligiga mahkam bog’liqdir, odam bosh miyasining hajmi 1200-1450 sm3 ga baravar, holbuki odamsimon maymunlar miyasining hajmi ko’pi bilan 600 sm3 keladi. Bosh miya po’stlog’ining juda rivojlanganligi odam miyasi uchun xarakterlidir, antropomorf maymunlarda bosh miya po’stlog’i ancha suet rivojlangan bo’ladi.
Maymunlarning yuzi burundan labga boradigan egatchasi va lablarining o’rta qismi bo’lmasligi bilan ajralib turadi, odamda lablarning o’rta qismi qizil yo’l ko’rinishida ifodalangan bo’ladi. Odamning tishlari birbiriga zich taqalgandir, holbuki maymunlarning ikkala jag’ida ikkitadan diastema, ya’ni tishlar orasida ikkitadan oraliq bor, tinch holatda shularga qarama-qarshi jag’ning qoziq tishlari kirib turadi. Yuqori jagda diastema ikkinchi kurak tish bilan qoziq tish orasida, pastki iyagida esa qoziq tish bilan birinchi kichik jag tish orasida bo’ladi.
Odam chanog’i odamsimon maymunlardagiga qaraganda ancha serbardir. Odam qo’loyoqlari bilan xam antropomorf maymunlardap keskin farq qiladi. Odamning qo’llari osqlaridan kalta bo’ladi; odamning qo’llari xilmaxil mehnat faoliyatlariga moslashgan organlardir; bosh barmog’i qolgan hamma barmoqlariga qaramaqarshi joylashgai. Antropomorf maymun­larning qo’llari oyoqlaridan uzunroq bo’ladi; ularning qo’llari daraxtga chiqish uchun xizmat kiladi va birinchi barmogi juda sust rivojlangan bo’ladi. Odam oyoq panjasining hamma barmoqlari birbi­riga zich taqalib turadi, bu barmoqlarning birinchisi boshqalaridan ko’ra ko’prok, rivojlangan bo’ladi. Oyoq panjasining pastki yuzasida bo’ylama tayapch gumbazi bor, u odam yurgan paytida ichki organlarning silkinishini yumshatadi. Odamsimon maymunlarning oyoq panjasi daraxtlarga chiqishga moslashgandir; oyoq pan­jasining birinchi barmog’i boshqalarga qarama-qarshi turadi, eng katta barmog’i uchinchi barmoqdir; oyoq panjasining pastki yuzasida bo’ylama tayanch gumbazi yo’q.
Markaziy nerv sistemasining yuksak darajada tuzilganligi bilan bog’langan belgilar, xilma-xil mehnat faoliyatiga moslangan organ bo’lmish qo’llarning tuzilishi va nihoyat, umurtqa pog’onasi, chanoq hamda oyoq panjasining o’ziga xos tarzda tuzilganligi munosabati bilan oyoqlarda yurishga moslanish odamni yuksak darajada tuzilgan boshqa primatlardan ajratib turuvchi asosiy struktura belgilari ekanligini yuqorida keltirilgan chog’ishtirma anatomik analiz ko’rsatib turibdi.
Odamning embrional rivojlanishini o’rganish bu taraqqiyot asosiy belgilari jihatidan umurtqali hayvonlarning embrional rivojlanishiga o’xshash tarzda o’tishini ko’rsatadi.
Odamning embrional rivojlanishi avvalo urug’langan tuxum hujayrasining bo’linishidan boshlanadi. Embrion varaqlarining vujudga kelishi, shuningdek, xorda hamda boshqa hamma organlar sistemasi embrional strukturasining shulardan rivojlanishi ham bir tipda o’tadi. Shunisi xarakterliki, jabra yoriqlari va dum, ya’ni organizm voyaga yetganida faqat baliqlarda bo’ladigan belgilar 18-20 kunlik odam embrionida aniqravshan ifodalangan bo’ladi. Odam em­brional rivojlanishining shu bosqichida arteriyalarning jab­ra yoriqlari tomon yoysimon tarmoqlanib borishi juda xarak­terlidi'r.
Odam embrioni rivojlanish protsessida odamsimon may­munlarning embrionlariga ko’p o’xshashligini saqlab qolgan, keyingi bosqichlardagina odam embrioni odamsimon maymunlar embrionidan farq qila boshlaydi. Chunonchi, odam embrioiidagi miya burmalari yettinchi oyiing oxirida xuddi maymunlar miyasi bilan bir xil darajada rivojlangan bo’ladi. Shunisi xarakterliki, odam embrioni oyogining bosh barmogi muayyan davrda boshqalaridan kalta bo’ladi va xuddi maymunlardagidek boshqalarga nisbatan burchak ostida joy oladi.
Mana shu faktlarning hammasi odam va boshqa umurtqali hayvonlar, xususan, antropomorf maymunlarning individual rivojlanish qonuniyatlari bir xil ekanligidan dalolat beradi. Biogenetik konunga muvofiq, odam ontogenezi uning filogenetik taraqqiyotidagi eng muhim bosqichlarini, asosan takrorlab o’tadi. Odam ontogenezida ajdod formalari: bir hujayrali, oddiy xordali, baliqsimon va, nihoyat maymunsimon ajdodlarning «xiralashib qolgan portretlari» ko’rinadi.
Odam embrionlarini o’rganish embrionlarda keyinchalik yo mutlakr yo’qolib ketadigan yoki masalan, dum yoxud jabra yoriqlari paydo bo’lganida rudiment holida qolib, yetarli rivojlanmaydigan bir qancha organlar vujudga kelishini ko’rsatadi. Odamda hammasi bo’lib 90 tadan ortiqroq rudiment ma’­lum. Shularning ba’zilarini ko’zdan kechirib chiqayliq
Chunonchi, odamsimon maymunlarning tanasi jun bilan qoplangan bo’lsa, odam tanasining ko’p qismida jun bo’lmaydi. Biroq besh oylik embrionda tananing boshidan oyog’i, jumladan, peshana bilan quloqlar ham ingichka jun bilan qalin qoplangan bo’ladi. Bunda shunnsi xarakterliki, qo’l va oyoq kaftlari, xuddi maymunlar to’rtala oyog’ining pastki yuzasi singari, yalang’och qolaveradi. Bunday o’xshashlik tasodifiy emas: embrionning jun qoplamasi maymunsimon ajdodi formasining rivojlanishdan to’xtab qolgan jun qoplamasidir. Volga yetgan odamda u keyinchalik tananing faqat ba’zi qismida, asosan, boshda rivojlanadi. Tananing ko’pchilik qismida esa jun qoplamasi mayin rudimental jun ko’rinishida saqlanib qoladi va odamsimon maymunlar tanasida normal ri­vojlangan jun qanday joylashib, qaysi tomonga qarab o’sadigan bo’lsa, xuddi shunday joylashgan va o’sha tomonga qarab o’sadigan bo’ladi.
Mana shunday rudiment junlarga rudiment muskullar kelib birikadi, bular odamda ishlamaydigan bo’ladi; biroq, badan juda qattiq soviganida bular zo’r berib qisqarib, badanning «tuk» bo’lib ketishiga olib keladi. Shunisi xa­rakterliki, boshqa sut emizuvchi hayvonlarda bularga gomolog bo’lgan muskullar normal ishlab turadi, bularning qisqarishi hayvon junining ancha baroq bo’lib qolishiga olib keladi.
Umuman, muskul rudimentlari odam tanasining ko’pgina qismlarida bo’ladi, bunda ular maymunlar va boshqa sut emizuvchi hayvonlarning ishlab turadigan tegishli muskullariga hamisha gomolog bo’ladi.
Chunonchi, talaygina hayvonlar, xususan otlar butun terini harakatlantirishi va pirpiratishi mumkin; bu harakat teri ostidagn maxsus muskulning qisqarishidan kelib chiqadi. Shu muskulning ishlab turadigan qoldiqlari tanamizning turli qismlarida uchraydi, masalan, qoshni chimiradigan mus­kul ana shunday rudimentdir.
Ba’zi hollarda o’z funktsiyasini bajarish layoqatini saqlab qoladigan rudiment muskullar jumlasiga quloq muskullari va oyoq bosh barmoqlarining muskullarini kiritsa bo’ladi. Odatda, rudiment holida bo’ladigan shu muskullari juda rivojlangan odam quloqlarini qimirlatishi yoki oyog’iniig' bosh barmog’ini yon tomonga kerishi va jiplashtirishi mumkin.
Odam tanasida ro’yirost bilinib turadigan va qanday kelib chiqqanini oson tushuntirib bersa bo’ladigan rudimentlar jumlasiga: quloq suprasida bo’ladigan darvin do’mbog’i, ko’z ichki chetidagi yarim oysimon burma, aql tishlari, ortiqcha ko’krak bezlari, dum umurtqalari va boshqalar kiradi.
Odamning quloq suprasi reduktsiyalangan organdir. Avvalo, muskullarning reduktsiyalanib, quloq suprasini, odatda, qo’zg’almas tsilib qo’yganligi shundan dalolat beradi. Quloqning ichkariga qayrilgan chetida to’mtoq do’mboq shaklida bo’ladigan darvin do’mbog’i quloq suprasidagi ro’yirost rudimentdir. Bu do’mboq ba’zan tashqariga bir oz chiqib turishi va quloq uchiga birmuncha qirrali ko’rinish berishi mumkin. Ba’zi maymunlar (shimpanze va boshqalar)ning quloq suprasida ham xuddi shunday do’mboqcha bo’ladi.
Darvin ko’rsatib berganidek, bu do’mboqcha hamma hollarda birmuncha tubap tuzilgan hayvonlar quloq suprasi qirrali uchining rudimentidan iborat bo’ladi.
Ko’zning ichki burchagida bo’ladigan yarim oysimon burma qush va reptiliyalarda, shuningdek, ba’zi baliqlar, amfibiyalar va hatto sut emizuvchilar (kloakalilar, xaltalilar, morjlar)da yaxshi ifodalangan uchinchi qovoq rudimentidir. Uchinchi qovoq rivojlangan hamma hol­larda funktsional jihatdan katta axamiyatga ega bo’ladi, chunki uni tez yumib ko’z olmasining oldingi qismiga tushirish mumkin.
Odamning uchinchi jag tishi boshqa tishlardan keyinroq chiqadigan bo’lgani uchun aql tishi deb nom olgan. Bu tish ko’pincha rivojlaimagan, deformatsnyalangan bo’lishi mumkin, goho butunlay bo’lmaydi ham, bu - uning rudimentga aylanib qolganligidan dalolat beradn.
Ko’krak bezlari embrionda 8 juft bulib vujudga keladi, keyinchalik bulardan faqat bir jufti rivojlanadi, qolganlari esa reduktsiyalanib ketadi. Erkaklarning rivojlanmay qolgan ko’krak bezlari rudimental tuzilmalardir. Odam va odamsimon maymunlarda reduktsiyalanib ketadigan dum rudimenta dum umurtkalaridir.
Rudiment organlarning xarakteren xususiyatlardan biri ularning ko’p darajada o’zgaruvchan bo’lishidir. Bir qancha hollarda rudiment odatdan tashqari ko’p rivojlangan bo’lishi mumkin. Ana shunday anomal hodisalar qadimgi strukturaga qaytishdir; atavizmlar deb shularni aytiladi. Chu­nonchi, yuz, qo’l, ko’krakda va, odatda, jun bo’lmaydigan boshqa joylarda kalin jun paydo bo’lishi tipik atavizmlar jum­lasiga kiradi. Ba’zi hollarda tashqi dumning rivojlanishi ko’riladi, uning uzunligi 20-25 sm ga yetishp mumkin. Ko’krakda emchaklarning ko’p bo’lishi (polimastiya) ham atavizmdir. Bo’yindagi fistulalar bitmay qolgan hollar ma’lum; bunday bo’yin fistulalari rudiment jabra yoriqlaridir. Darvin teri osti kalla muskullarining (odatda rudiment holida bo’ladigap muskullarning) bitta oilada sakkiz bugim davomida kuch­li rivojlanib borganligi to’g’risidagi qiziq misolni keltiradi. Mana shu oila a’zolari boshiga qo’yilgan bir nechta og’ir kitobni faqat terisini qimirlatish yo’li bilan tushirib yubora olar ekan.
Qanday bo’lmasin biror rudimentar organning biror odamda anomal rivojlanishi kishilarni xurofiy daxshatga solgan zamonlar o’tib ketganiga xam uncha ko’p bo’lgani yo’q. Biror kishida ana shunday atavistik belgilar paydo bo’lsa, u iblis nusxasi urgan maxluq deb ta’qib qilinar edi. Odam va antropomorf maymunlarning hammasi bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan, deb e’tirof kilinadigan bo’lsa, gomologik organlarnning tuzilishidagi o’xshashlik, rudimen­tar organlar bo’lishi, shuningdek, bu organlarning ayrim hollarda anomal rivojlanishi Darvin nazariyasi nuqtai nazaridan qaraganda ravshan bo’lib qoladi.
Solishtirma fiziologiya ma’lumotlari ham shundan dalolat beradi. Odam bilan maymunlarning qon-qardoshligini avvalo quyidagi faktlar tasdiqlaydi. Qonning to’rtta gruppasidan uchtasi - II, III va IV gruppa gibbonlar, orangutanglar va gorillalarda, I va II gruppa shimpanzeda topilgan. Odam koni (II gruppa qoni) shimpanzega (bu ham xuddi shu gruppa) quyilganida va aksincha qilinganida ijobiy natijalar olindi. Bir qancha bioximiyaviy protsesslar, ma­salan, purinlar va boshqa moddalariing parchalanishi odam bilan antropomorf maymunlarda bir xil tarzda o’tadi. Shimpanzedan odam tanasnga ko’chirib olib o’tkazilgan ba’zi ichki sekretsiya bezlari normal ishlaydi.
Odam bilan odamsimon maymunlarda homiladorlik muddatlari bir xil. Xozir solishtirilayotgan formalarning kasallik va parazitlari bir xil ekailngi ham ulardagi bioximiyaviy protsesslarning bir-biriga yaqinligini ko’rsatadi. Agar shimpanzega tif mikrobi bo’lgan ovqat berilsa, u tif bilan og’rishini Mechnikov ko’rsatib bergan edi. Gripp, zahm, chechak, vabo va boshqalar singari kasalliklar odamda ham, antropomorf maymunlarda ham uchraydi. Odam parazitlarining sodda hayvonlar jumlasiga kiradigan ko’pchiligi maymunlarda ham parazitlik qilib yashaydi. Soch biti odamda, odamsimon maymunlarda va gibbonda uchraydi, lekin boshqa hamma maymunlarda bo’lmaydi.
Odam bilan antropomorf maymunlarning qon-qardoshligi nuqtai nazaridan qaraladigan bo’lsa, maymunlar nerv faoliyatini o’rganish alohida diqqatga sazovordir. Ranglarni idrok etishi jihatidan shimpanzening odamga yaqin turishi aniqlangan; shimpanze narsalarning kattakichikligi va shaklini yaxshi ajratadi. Maymunlar yuz (mimika) muskullari tuzilishidan o’xshashligi borligi uchun odamning hislariga o’xshash hislarni: g’azab, qo’rquv, shodlikni hamda qayg’u, yig’i, kulgi va boshqalarni o’z yuzida aks ettirishi mumkin. Yuzda bu hislar ma’­lum muskullarning qisqarishi tufayli aks etadi. Bundan tashqari, emotsiyalar (hayajonlar) maymunlarda baqirish, ko’zga yosh olish, yuz terisi rangining aynashi ko’rinishida, shuning­dek, muayyan harakatlar ko’rinishida ifodalanishi mumkin.
Maymunlarning fe’l-atvorini psixologlar ham, fiziologlar ham tekshirishgan.
Maymunlar uchun juda boy shartsiz reflektor faoliyat xosligi aniqlangan.
Avvalo, ularda daraxtga chiqish, narsalarni ushlash va sakrash bilan aloqador harakat reflekslari juda rivojlangan. Bu reflekslarning hammasi ovqat topish instinktiga bir qadar bog’liqdir. Mo’ljal olish, chamalash refleksi (yangilikka javoban yuzaga keladigan refleks) maymunlarning fe’l-atvorida katta ahamiyatga ega, shu refleks tufayli maymunning diqqat e’tibori bir narsadan ikkinchi narsaga tez jalb bo’ladi. Yangi ta’sirot paydo bo’lishi maymunni mashg’ulotidan hamisha chalg’itadi.
Maxsus tekshirishlar maymunlarda shartli reflektor fao­liyat ham juda yuksak darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Suxumi maymun pitomnigida sovet tadqiqotchilari tomoni­dan o’tkazilgan tajribalar tuban darajadagi maymunlar (gamadrilalar, makakalar) ham bir nechta mashqdan keyin tosh otish va nishonga ancha yaxshi tekkazishni o’rganib olishini ko’rsatdi. Maymunlar kerakli buyumni olish uchun tayoqdan foydalana biladi, quduqdan suv oladi va hatto suv sepib, olovni o’chiradi.
Odamsimon maymunlar ustida tajriba va kuzatuvlar o’tkazish hammadan qiziq. Orangutanglarga kelganda shu narsa ma’lumki, bir qancha hollarda ular himoyalanish yoki hujum qilish qurollari o’rnida tosh va tayoqlardan foydalanadi. Yosh orangutangning kovakka yog’och tiqib, ikkinchi uchiga qo’lini qo’yganini va shu yog’ochdan richag o’rnida foydalanganini Darvin kuzatgan. Uning yana bir kuzatuviga qara­ganda, shu turdagi bir maymun o’zini zarbdan saqlash uchun hamisha ko’rpa yoki chipta bilan pana qilgan.
Shimpanzeda murakkab atvor reaktsiyalari ko’riladi. Tabiiy holatda bu hayvon mevalarni maydalash uchun toshlardan foydalanadi. V. Kelerning Tenerifdagi kuzatuvlariga qaraganda, shimpanze o’simliklarning ildizlarini kovlab olish uchun tayoqlardan foydalanadi; bunda maymun tayoqni oyog’i bilan bosib yerga chuqurroq kiritadi. Katakda o’tirgan shimpanze qo’li yetmaydigan apelsinni oldiga surish uchun katak simlari orasiga yog’och soladi. Birining ichiga ikkinchisini kiritib qo’ysa bo’ladigan tayoqlar bilan qilinadigan tajribalar qiziq. Uzoqroqda turgan apelsinni olish uchun alohida tayoqlar kaltalik qiladigan bo’lsa, maymun poymapoy harakat qilib, ancha uringanidan keyin tayoqning bir uchini birmuncha yo’g’on, ikkinchi kovak tayoq ichiga kirita odadi. Shu tariqa uzaytirilgan tayoq yordami bilan shimpanze endi apelsinni yoniga osongina suradi va qo’li bilan oladi. Maymun shu ishni o’rganib olganidan keyin kelasi safar uni juda tez, deyarli xatosiz bajaradi.
Akademik I. P. Pavlov tajribalarida Rafael degan maymun oldin hech o’rgatilmagan bo’lsa ham bakdan krujkaga suv quyib olib pechkadagi olmani olishga xalaqit berayotgan olovni o’chirdi. Boshqa bir tajribada Rafael bir soldan boshqasiga xoda tashlab shu xodadan ko’prik o’rnida foydalandi. Shunisi xarakterliki, har bir amal-harakatning natijasida erishgan yutug’i Rafaelni shod qilar edi. Aksincha, ishi o’ngidan kelmaganida u asabiylashib, jahli chiqar va jazavasi tutib, yerga ag’anar va ayanch tovush chiqarar edi.
Odam garchi antropomorf maymunlar bilan bitta ajdodlardan kelib chiqqan bo’lsada, uning shakllanishi protsessida sifat jihatdan yangi, jamoa bo’lib yashaydigan odam uchungina xos qonuniyatlar rivojlandi. Akademik I. P. Pavlovning ikkinchi signal sistemasi haqidagi kontseptsiyasida odam aqliy faoliyatining printsipial tafovutlari fiziologik jihatdan asoslab berilgan. Ana shu koptseptsiyaga muvofiq, hayvonlar o’zlarining sezgi organlariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi ta’sirotlar orqali atrofdagi dunyoni idrok etadi. Shunday qilib, tashqi dunyodan keladigan signallar ko’z, quloq, tuyg’u va boshqa sezgilar orqali hayvonning nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Birinchi signal sistemasi ana shu. Bu sistema odamda ham bor, odam uni o’zining hayvon ajdodlarndan meros qilib olgan. Biroq odamlar yana ikkinchi signal siste­masiga ham ega, bunda aytilgan, yozilgan yoki faqat xayol qilingan so’zlar signallar o’rnini bosadi. Bu signal sistemasi fikrlarimizni ifodalash vositasidir. Odam oliy nerv faoliyatining hayvonlar oliy nerv faoliyatidan tubdan farqi ana shunda.

Download 194,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish