16 seminar mashg’uloti. Odamning paydo bo’lishi. Odam evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Reja


Maymunning odamga aylanish protsessida mehnatning roli



Download 194,5 Kb.
bet3/5
Sana29.11.2022
Hajmi194,5 Kb.
#874682
1   2   3   4   5
Bog'liq
16-seminar mashguloti (1)

3. Maymunning odamga aylanish protsessida mehnatning roli. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, odamni antropomorf hayvonlar bilan solishtirilsa kelib chiqishining birligi bilan boglantan shu formalar orasida shakshubhasiz qon-qardoshlik borligi ma’lum bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda odam har qanday odamsimon maimundan sifat jihatidan tubdan farq qiladi. Anatomik nuqtai nazardan tananing vertikal xolatda bo’lishi, oyoqlarda yurishga moslanish, boshmiya va kalla suyagi­ning o’ziga xos tarzda rivojlanganligi, qo’l tuzilishining xususiyati va boshqa bir qancha belgilar odamni ajratib tu­radi. Fiziologik jihatdan odam unda voqelikdan xabar beradigan ikkinchi signal sistemasi mavjudligi aloqador bo’lgai oliy nerv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan ta’riflanadi.
Biroq birgina anatomik va fiziologik belgilarni analiz qilish hayvonot dunyosining har qanday vakilidan mohiyat e’tibori bilan ajralib turadigan ijtimoiy forma bo’lmish odamning bunyodga kelish protsessini hali tushuntirib bermaydi. Odamning paydo bo’lishiga olib kelgan ana shu protsessii Engels ochib berdi, u faqat odamga xos bo’lgan mehnat faoliyati odamning tarixiy taraqqiyotida asosiy faktor bo’lganlngini ko’rsatib berdi.
Mehnatning odam bilan tabiat o’rtasida yuzaga chiqadigan protsess ekanliginy K.Marks «Kapital»ning birinchi tomidayoq ko’rsatib bergan edi. Mana shu protsessda odam o’z faoliyati bilan o’zi va tabiat o’rtasida moddalar almashinuvini idora etib boradi. Odam mehnatining o’ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, odam mehnat qurolini o’zi yaratadi, bironta hayvon, hattoki eng murakkab tuzilgan hayvon ham bunga qodir emas.
Engels nazariyasipa muvofiq, mehnat butun inson hayotining asosiy shartidir. Sharti bo’lganda ham shunday shartidirki, ma’lum ma’noda odamning o’zini mehnat yaratgan deb aytishimiz mumkin. Darvin kontseptsiyasiga amal qilib, odamning ajdodlari poda-poda bo’lib daraxtlarda yashagan, yuksak darajada tuzilgan maymun vakillari edi, deb e’tirof kilishimiz lozim.
Ana shu ajdodlar yerda yurish uchun qo’llar yordamidan voz kechib, tik holatda yurishga tobora ko’p o’rgana boshlagan paytda maymunning odamga aylanishi uchun hal qiluvchi qadam qo’yildi. Tik holda yurish avval qoida, keyin esa zarurat bo’lib qolgan sayin qo’l erkin qolib, funktsiyalari murakkablasha boshladi.
Maymunlarda ham qo’l va oyoq funktsiyalari bir qadar taqsnmlapa boshladi. Maymunlar daraxtga chiqayotganida oyoqlariga qaraganda qo’llaridan birmuncha boshqacharoq foydalanadi. Bundan tashqari, ular uya qurish, narsalarni ushlash uchun qo’llaripi ishlatadi. Biroq antropomorf maymunlarning takomillashmagan qo’li bilan necha yuz mipg yilgi mehnat tufayli mukammallashib borgan odam qo’li o’rtasida haddan tashqari katta farq bor. Bironta ham maymunning qo’li eng sodda toshqurol ham yaratgan emas.
Mehnat faoliyatining vujudga kelish protsessi juda uzoq bo’lgan. Dastlabki tosh inson qo’lida pichoqqa aylanishidan oldin, aftidan, shu qadar uzok vaqt o’tishi kerak ediki, bizga ma’lum tarixiy davr buning oldida arzimas bo’lib qoladi, deb ko’rsatib o’tgan edi Engels.
Qo’l erkin bo’lib, mehnat faoliyati ta’siri bilan zo’r berib rivojlanayotgan paytda odamning bunyodga kelishi uchun eng qo’lga o’rgatishga olib keldi. Shularning birinchisi hazm pro­tsessini yanada ko’proq qisqartirib qo’ydi, ikkinchisi esa go’shtli, shuningdek, sutli ovqatlar zapasini ancha kengaytirib berdi.
Inson xilmaxil ovqatlarni yeyishga o’rganib qolganidek, turlituman iqlim sharoitlarida yashashga ham o’rganib oldi, shu tufayli, turar joy, kiyimkechak va boshqalarga yangidanyangi ehtiyojlar vujudga keldi. Odamni hayvondan tobora ko’proq uzoqlashtirib qo’ygan mehnat sohalari paydo bo’ldi. Ov­chilik bilan chorvachilikka dehqonchilik, gazlama to’qish, metallarni ishlash, kulolchilik va boshqa ko’pgina ishlab chiqarish sohalari qo’shildi. Kasb-hunarlar bilan bir qatorda nihoyat san’at bilan fan vujudga keldi. Qabilalardan millatlar va davlatlar tashkil topdi, ularning o’zaro munosabatlaridan huquq va siyosat bunyodga keldi. Lekin shu bilan bir qatorda odam miyasida inson turmushining fantastik imtiqosi ham rivojlanib bordi, bu - diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan ifodalandi, shu qarashlarga muvofiq odam o’zini alohida yo’l bilan, ilohiy qudrat tufayli kelib chiqqan, qolgan organik dunyo bilan bog’lanmagan deb xayol qila boshladi. Sivilizatsiya tez rivojlanishining hamma sababi miya faoliyatiga bog’liq deb hisoblanadigan bo’lib qoldi. Shunga ko’ra vaqt o’tishi bilan idealistik dunyoqarash vujudga keldi, bu dunyoqarash antik dunyo halokatga uchragan paytdan boshlab zo’r berib rivojlandi. Odamning mehnat faoliyati munosabati bilan rivojlanib borgan ilmfan mana shu diniy idealistik dunyoqarashlarga hamisha qarshi chiqdi. Pirovard natijada odamning tarixiy rivojlanish protsessini aniqlab ochib bera olgan fan g’olib keldi.
Odamsimon ajdodning odamga aylanishidagi ana shu protsessning asosiy faktorlari quyidagilar edi: 1) qo’lning mehnat quroli ishlab chiqaradigan organga aylanishi, 2) ma’noli nutqning rivojlanishi, 3) markaziy nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining yuksak darajada rivojlanishi va 4) jamiyatning vujudga kelishi. Ana shu tarixiy rivojlanish natijasida odam tabiat sharoitlariga passiv moslashib bormaydigan bo’lib qoldi. U tabiat qonunlarini bylib olishni o’rganib, ularni o’ziga bo’ysundirish hamda o’z talablariga moslashtirishni o’rgandi. Odamning hayvonlardan yana bir muhim farqi ana shunda va odam yana boyagi mehnat tufayli shunga erishdi.

Download 194,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish