14-mavzu:Sintetik yelimlar
O’quv modul birliklari:
Yelimlar haqida umumiy mahlumot
Smolalar asosidagi yelimlar.
Kauchuk asosidagi yelimlar.
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam kengayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega, chunonchi, ular bilan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda buyum konstruktsiyaning massasi kamayadi, atmosfera ta’sirlariga chidamli. Bundan tashqari yelimlar biriktirish texnologiyasiga juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha keramika, plastmassa, yog’och va boshqa ko’pgina materiallarni biriktirish mumkin. Yelimli birikmalardan foydalanilganda mablag’ va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruktsiyani korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zuriqish kamayadi.
Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolyatsiyalovchi va salonni bezash materiallarini yopishtirishdagina foydalanilgan. Bunda asosan tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60-yillarida esa tormoz kalodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila boshlandi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi natijasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi. Avotomobil sanoati uchun maxsus 15 nomlanishdagi yelimlar va 10 nomlanishdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunga kelib yelim va germetiklarning assortimenti yanada kengaydi. Sunggi yangiliklardan biri avtomobillarni saloniga o’rnatiladigan orqani kurish kuzgusini avtomobilning old oynasiga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
- xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligidan har xil bo’lgan turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin; juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganda yuklanish kontsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
- boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo’lmagan murakkab shaklli buyumlar tayyorlash mumkin;
- konstruktsiyani kam xarajat qilgan opzida va tezlik bilan yig’ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda konstruktsiyaning bir necha elementlarini biriktirish mumkinligi;
- yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir qator opzilarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mustahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo’ladi;
- yuklanish yelimli birkmalarda yuza buyicha teng taqsimlanadi, yuklanish kontsentratsiyasi minimal bo’ladi;
- boltli va parchin mixli birikmalar urniga yelimli birikmalardan foydalanish konstruktsiya massasini kamaytiradi.
Elimlar qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni tezlatgichlar, plastifikatorlar, to’ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish oson bo’lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotirgichlar ta’sirida qattiq opziatga optadi.
Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas kamdan-kam opzida 3500C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Lekin 5000C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-tsementlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida bug’lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mustahkamligi pasayadi. SHuning uchun bug’lanmaydigan, balki parda bilan reaktsiyaga kirishadigan erituvchi qo’shilgan yelimning xossalari ancha yaxshi bo’ladi. To’ldirgichlar (kvarts changi, chinni changi, metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va ayni vaqtda pardaning mustahkamligini, issiqlik o’tkazuvchanligini oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganda yelimli birikmalarga xos kamchiliklar boplmaydi hamda ular ishlatiladigan sohalar ko’payadi.
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga kura barcha yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga boplinadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va usimlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, gopttapercha asosida tayyorlangan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi.
Smolalar asosidagi yelimlar. Sanoat miqiyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalarda ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenolformalüdegid, karbomid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq o’zida va sovuqlayin qotadigan xillarga bo’linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldidan qopshiladi. qaynoq opzida yelimlaganda, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo’ladi, yopishish jarayoni tezlashadi. Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordamida hosil qilinadigan birikmalarning xossalari 14.1-jadvalda keltirilgan.
Fenolformalüdegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformalüdegid smolalar asosida olinadigan BF tipidagi yelimlar ancha keng tarqalgan. Yelimlab biriktirish ishlari 140-2000C haroratda bajariladi. Bunda biriktiriladigan yuzalar 0,1-2 Mpa (1-200 kgkg’sm2) bosim ostida 0,5-1,0 soat toptib turiladi. Ularni metallarni uzaro va plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. BF-6 yelimida plastifikatorlar ko’p bo’lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini uzaro, shuningdek metallarga yopishtirishda foydalaniladi. BF tipidagi yelimlarning qovushoqligi 30-60 s oralig’ida bo’ladi. yelimning qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga nisbatan 10-20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60 dan 600C gacha. Hosil qilingan birikmaning siljishga bo’lgan mustahkamligi 12-15 Mpa ga yetadi. Bu smolalar asosida yanada issiqqa chidamliroq (ish harorati minus 60 dan 3000C gacha) VS yelimlari ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning friktsion kolodkalari va tishlashish disklarining ustquymalarini yelimlab biriktirishda foydalaniladi (140-1800C gacha qizdirilganda qotadi). VS yelimlarining qovushoqligi 50-120 s, quruq qoldiq ulushi 20-30 foiz va siljishga bo’lgan mustahkamligi 17 Mpa ni tashkil etadi. BF va VS yelimlari tayyor opzida yetkazib beriladi. Yopiq idishda keltirilgan bunday yelimlarni xona haroratida 6-8 oy saqlash mumkin.
Keyingi yillarda tormoz ustquymalarini pulat kalodkalarga yopishtirish uchun GIpK 11-10 (ish harorati minus 40 dan 3300C), antifriktsion gazlamalarni metallarga yopishtirish uchun GIPK 11-12 (ish harorati minu 70 dan 2800C gacha) tipidagi fenolformal degid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda.
Sunggi yillarda fenolformal degid smolalar asosidagi yelimlarni epoksidli va poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |