12-mavzu: yuksak usimliklar. (4 soat) Reja



Download 5,28 Mb.
bet1/22
Sana01.02.2022
Hajmi5,28 Mb.
#421602
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
12-mavzu YUKSAK USIMLIKLAR


12-mavzu: YUKSAK USIMLIKLAR. (4 soat)


Reja:
1. Yuksak sporali o’simliklarga qisqacha tasnif.
2. Moxsimonlar bo’limi.
3. Qirqquloqsimonlar bo’limi.
4. Qirqbo’g’imlilar bo’limi.
5. Ochiq urug`lilar tipi
6. Yopiq urug’li o’simliklаrning kеlib chiqishi. Yopiq urug’li o’simliklаrning хаrаktеrli bеlgilаri.
7. Reproduktiv organlarning paydo bo’lishi:
8. Gulli o’simliklаrning klаssifikаsiyasi.


Tayanch iboralar: Yuksak sporali o’simliklar, Moxsimonlar, . qirqquloqsimonlar, tuban sporali o’simliklar, nasl gallanishi, jigarsimon va poya bargli moxlar, kakku zig’iri, ochiq urug’li o’simliklar. urug’li o’simliklar. urug’kurtak, chang, changlanish, otalanish, sagovniklar, bеnnеtitlar, ginkolar, ignabarglilar.


1. Yuksak sporali o’simliklarga qisqacha tasnif

Tuban sporali o’simliklarning jinsiy organlari bir hujayrali, sodda tuzilgan. Tuban sporali o’simliklar organlarga bo’linmaydi. Yuqori sporali o’simliklarning ko’pchilik vakillari organlarga bo’linadi. Ba’zi bir vakillari organlarga bo’linmaydi. Jinsiy organlari ko’p hujayrali, murakkab tuzilgan. Yuqori sporali o’simliklarga 2 ta tip kiradi.


1.Moxsimonlar
2.Qirqquloqsimonlar

2. Moxsimonlar bo’limi


Bu tipga yuqori sporali o’simliklarning eng soda tuzilganlari kiradi. Shunday bo’lsa ham ular tuban sporali o’simliklarga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi.Moxlar quruqlikda yashashga moslashgan bo’lsa ham ular asosan nam yerni yaxshi ko’radi.Moxlarni ariq bo’ylarida,botqoqliklarda,zax yerlarda uchratish mumkin.Moxlarning ba’zi bir vakillari organlarga bo’linmaydi.Mas:jigarsimon moxlar.Ko’pchilik vakillari organlarga bo’linadi.Bularda haqiqiy tuzilgan barg, poya mavjud. Lekin ildiz bo’lmaydi.Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi.Rizoid-epidermisdan o’sib chiqqan mayda tukka o’xshaydi.Moxlarda yuqori o’simliklarga nisbatan to’qimalari yaxshi taraqqiy etmagan.Moxlarning otaligi- anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi.
Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraqqiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi.
Moxlar 3 xil yo`lda ko`payadi.
1.Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz
Jinsli va jinssiz ko`payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so`ngra jinssiz ko`payish bo`ladi. Jinsli ko`payish natijasida spora hosil bo`ladi. Jinssiz ko`payganda yangi o`simlik hosil bo`ladi. Moxlar 2 sinfga bo`linadi:
1.Jigarsimon moxlar
Bularning ba`zi vakillarining tashqi ko`rinishi jigarga o`xshash bo`ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo`linmagan.
2. Poya va bargli moxlar
Ularda haqiqiy poya va barg bo`ladi.

JIGARSIMON MOXLAR.


Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marshansiyani olamiz. Marshansiyani birinchi marta fransuz vrachi Marshanse topgan va o`z nomiga qo`ygan. Morshansiya zax yeralarda , ariq bo`ylarida o`sadi. Uning tanasining tashqi ko`rinishi bargga o`xshash bo`ladi. Tanasining pastki tomonidan, ya`ni epidermisdan o`sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o`sadi. Marshansiyaning ko`ndalang kesimida tashqi tomoni epidemis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan . Ustitsaning ichkari tomonida havo kamerasi bor. Assimilyatsion hamda zapas oziq moddalarni to`playdigan to`qimalar uchraydi.



Assimilyatsion to`qima hujayralarida xlorofill donachalari bor. Bu hujayralarda fotosintez protsessi bo`lib turadi. Marshansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o`sib chiqqan bo`ladi. Marshansiya 3 xil yo`lda ko`payadi:


1. Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz
Vegetativ ko`payish kurtaklar yordamida bo`ladi. Kurtaklar marshansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib, bu uzilgan kurtaklardan marshansiya o`sib chiqadi. Ya`ni kurtaklar marshansiya tanasiga aylanadi. Marshansiya bir jinsli ikki uyli o`simlik hisoblanadi . Bitta marshansiya onalik ekzemplyar hisoblanadi. Otalik va onalik marshansiyalar bir-birlaridan quyidagicha farq qildi: Otalik marshansiyaning tanasining ustidan o`sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ko`proq qirqilgan. Otalik ekzemplyaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik ekzemplyaridagi plastinkaning dastasi tukli bo`ladi. Otalik va onalik ekzemplyaridagi plastinkalar ichida jinsiy organlar taraqqiy etadi. Otalik ekzemplyaridagi plastinka ichida bir nechta yumaloq shaklda anteridiya uchraydi. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ichida arxeginiyalar taraqqiy etadi.
Arxegoniya ikki qismdan ibborat :
1. Arxegoniyaning bo`yni
2. Arxegoniyaning qorni
Arxegoniyaning qornida tuxum hujayra taraqqiy etadi. Marshansiyaning jinsli ko`payishi yog`ingarchilik vaqtida suv yordamida sodir bo`ladi.
Anteridiyalar ishlab chiqargan spermatozoidlar (otalik ekzemplyaridagi) suvda suzib yuradi. Spermotazoidlar onalik ekzemplyaridagi arxegoniyaning uchiga kirib yopishadi. Natijada arxegoniyaning uchi yoriladi. Spermatozoidlaning kirishiga yo’l ochiladi.Spermotozoidlar arxegoniyaning bo’yni orqali kirib tuxum hujayrani otalantiradi.Otalanish bo’lib o’tgandan so’ng embrion hosil bo’ladi.Shu bilan jinsiy ko’payish tugaydi va jinssiz ko’payish boshlanadi.
Sporogon avval arxegoniyaning qornida joylashgan bo’ladi.Sporogon yorilgandan so’ng uning bandi,arxegoniyani yorib chiqadi.Sporalar yorilgandan so’ng sporogon ham yoriladi.Natijadajuda ko’p sporalar va ellateralar chiqadi.
Ellateralar –bu jinssiz hujayra.Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa,o’sa boshlaydi.Sporalar marshansiyaga aylanadi.Sporalar tashqi ko’rinishi jihatidan bir xil bo’lsa ham,fiziologik jihatdan har xildir.Bitta sporadan otalik marshansiya o’sib chiqsa,2-sporada onalik marshansiya o’sib chiqadi.Marshansiya oldin jigar kasalligiga ishlatilgan.Hozir esa meditsinada ishlatiladi.



Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish