QIRQBO’G’IMLILAR
Bu sinfga 1ta oila,25 turdan iborat.Qirqbo’g’imlilar ko’p yillik o’t o’simlik hisoblanadi.Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan.Shulardan 11 turi MDHning har xil joylarida,3turi O’z.Rda uchraydi.Janubiy Amerikaning tropic qismida uchraydigan qirqbi;g;imning poyasining yo’g’onligi 2sm,uzunligi esa 12mga yetadi.Ubutalarga osilib o’sadi.
Dala qirqbo’g’imi ko’p yillik o’t bo’lib, uning ildizpoyasi yerga chuqur o’rnashgan.Ildizpoyada kattaligi danakdek keladigan tugunagi bor.Bu tugunakda zapas oziq moddalar to’planadi.Ildiz poyadan yer betiga poyalar o’sib chiqadi.Bu poyalarning uzunligi 1m gacha bo’lishi mumkin.Qirqbo’g’imning poyasi 2 xil bo’ladi.
1.Vegetativ yoki assimillatsion poya-yozgi.
2.Spora beruvchi poya-bahorgi.
Vegetativ poya yashil rangda bo`lib, kech bahorda o`sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. Bu poyani “yozgi poya’’ deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang-pushti bo`lib, erta bahorda o`sib chiqadi. Sporalari yetilib to`kilgandan so`ng qurub qoladi. Poyasida bir qancha bo`g`in oraliqlari bo`lgani uchun bu o`simlikni halq orasida qiriq bo`g`im deyiladi. Poyasidagi epidermis hujayralari kremniziom (qumga o`hshash) bilan sug`orilgan. Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo`lib, poyaga tagi bilan doira shaklida o`rnashgan. Poyasining ko`ndalang kesimida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So`ngra mehanik to`qima po`stloq hujayralari, peresikil bilan o`raglan o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari uchridi. O`tkazuvchi to`qima bo`g`lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o`rtasida kambiy bo`lmaydiy bo`lmaydi. Dala qiriq bo`g`mi vegetative, jinssiz va jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Vegetativ ko`payishi ildiz poya yoki tuganaklari yordamida bo`ladi. Jinsiz ko`payish sporalar yordamida, jinsli ko`payish o`simtada, ya’ni gametofitda taraqiy etgan jinsiy o`rganlar yordamida bo`ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga joylashgan boshoqchalarda vujudga keladi. Spora beruvchi boshoq sporachi barglardan tashkil topgan. Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tagacha sparangiyalar doira shaklida joylashgan. Sparangiyalarning shakli ko`zachaga o`hshash bo`ladi. Sparangiyalar ichida ko`p miqdorda sporalar taraqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir –yashil hujayralardan iborat bo`lib, ikki qavat po`st bilan o`raglan. Tashqi po`sti “ ekzina” ichki po`sti “ intina “ deb ataladi.Sporaning 4 ta spiral simon elaterasi bo`ladi. Elateralar havo nam bo`lgan vaqtda to`g`rilanib, yozilib ketadi. Bu elateralar sporalarning bir biriga ilashib tarqalishiga yordam beradi. Sporalar morfologik jihatdan bir hil bo`lsa ham, Fiziologik jihatdan har hil bo`ladi. Bir hil sporadan otalik o`simta o`sib chiqsa, ikkinchi sporadan onalik o`simta o`sib chiqadi. O`simtalarning otalik yoki onalik bo`lishiga tashqi muhit ham bog`liq. O`simta ikki uylik, bir jinsli, agar spora organic moddasi ko`p bo`lgan unumdor yerga tushib qolsa, undan onalik o`simtasi, qumli yerga tushib qolsa, otalik o`simtaga aylanadi. Jinsi ko`payish suv yordamida sodir bo`ladi.
Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoyidlar suvda suzib borib, arhegoniyani bo`yni orqali kirib tuhum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion hosil bo`ladi. Embriondan yangi o`simlik-jinsiz nasil- sporofit o`sib chiqadi. Qiriq bo`g`imning yozgi poyasi tibbiyotda siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Qiriq bo`g`imning epidermis hujayrasi kremnezem bilan sug`orilgani uchun misgarlikda ishlatiladi. Bahorgi poya ba’zan ovqat uchun istemol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |