POYA VA BARGLI MOXLAR. Poya va bargli moxlarda haqiqiy poyasi va bargi bor. Ildizi bo’lmaydi.Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Bu sinfga vakil qilib “Kakku zig’iri”ni olamiz. Kakku zig’iri MDHning o’rmon zonasida,ba’zan botqoqliklarda o’sadi. Bo’yining uzunligi 40 sm gacha boradi. Bargi ko’ndalang kesimida tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan.Bargida mehanik va assimilyatsion to’qimalarni uchratish mumkin.
Barg poyali moxlar sinfi 3ta tartibni o`z ichiga oladi :
1.Yashil moxlar. (Bryales)
2.Sfagnum moxlar. (Sphagnales)
3. Andrea moxlari (Andreales)
Yashil moxlar tartibiga kakku zig`iri va Respublikamizda uchraydigan Funariya moxi kiradi. Kakku zig`iri ikki uyli, ko`p yillik o`simlik bo`lib poyasi tik o`suvchi qizg`ish rangda bo`ladi. Funariya ham boshqa moxlar kabi o`rmon zonalarida o`sadi. Uning bargi poyasiga zich o`rnashgan bo`lib bo`yi 3 sm ga teng. Poyasi och-yashil rangli bo`lib yashil gilamlar tashkil qiladi poyaning yer osti qismida rizoidlar ko`p bo`ladi.
Kakku zig’irida haqiqiy poya va barg bor, ildiz bo’lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Kakku zig’iri uch xil yo’lda ko’payadi.
1.Vegetativ
2.Jinsli
3.Jinssiz
Vegetativ ko’payish rizoidlar yordamida bo’ladi. Oldin jinsli, so’ngra jinssiz ko’payish bo’ladi. Kakku zig’iri marshansiyaga o’xshash bir jinsli, ikki uylik o’simlik hisoblanadi. Bitta ekzemplyarda arxegoniyalar taraqqiy etadi. Bitta ekzemplyarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik kakku zig’irining bo’yi uzun, otalik kakku zig’irining bo’yi bir oz kaltaroq bo’ladi. Otalik ekzemplyarda anteridiyalarni o’rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo’ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o’xshash bo’ladi. Anteridiyalar ikki xivchinli , harakatchan spermatazoidlarni vujudga keltiradi. Arxegoniyaning shakli kolbaga o’xshash bo’lib ular ham parafizalar bilan o’ralgan. Otalanish protsesi suvning yordamida bo’ladi. Suvda suzib yurgan spermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopishadi. Bo’yni orqali kirib,tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion paydo bo’ladi. Embrion ko’p hujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band tashkil etadi. Shu holicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogon bandi cho’zilib ketib ,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida qalpoqchasi bo’ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlaydi.Bu qalpoqchalar bahorda tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning ichki tomonini yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya hujayralari taraqqiy etadi. Sporongiya hujayralarining reduksion bo’linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so’ng sporongiya devoriy yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib, sporolar tarqalib ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo’ladi. Sporalar qulay joyga tushib qolsa, kakku zig’iriga aylanadi. Sporalar fiziologik jihatidan har xil. Bitta sporadan otalik kakku zig’iri, ikkinchi sporadan onalik kakku zig’iri vujudga keladi.