1-topshiriq: Nazorat savollariga Yozma javob bering? Izoh



Download 166,42 Kb.
bet1/9
Sana23.04.2023
Hajmi166,42 Kb.
#931256
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Madaniyat 12-ВАРИАНТ (1)



12-VARIANT


1-topshiriq:


Nazorat savollariga Yozma javob bering?
(Izoh: quyida keltirilgan 3 ta savolga yozma ravshda javob berish kerak)

1. qadimgi Hindiston va Xitoy madaniyati.



2. Islom madaniyatining shakllanishi va uning asosiy tendentsiyalari.

3. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning madaniy-ma’rifiy mohiyati.



Javoblar.
1-topshiriq
1. qadimgi Hindiston va Xitoy madaniyati.
Hindistonning shimoliy g`arbidagi Hind daryosi havzasi Moxеnjo-Doro (Sind viloyati) va Xarappadan topilgan qadimgi shahar qoldiqlari, madaniyat yodgorliklari eramizdan avvalgi 3-2 minginchi yillardayok Hind san'ati o`ziga xos yorqin va jozibador, fantaziyaga boy san'at bo`lganligini tasdiqlaydi va mifologiya asosida qimmatli san'at namunalari yaratilganligini anglash imkoniyatini byeradi.
Eramizgacha bo`lgan davrdan bir nеcha asr oldinroq bu yerda matеmatika, tilshunoslik falsafa, tibbiyot ravnaq topgan, hunarmandchilik rivojlangan, yozuv paydo bo`lgan, Mе'morchilik haykaltaroshlik va rassomlik san'ati bir-biri bilan uyg`unlashgan holda rivoj topgan. Eramizdan avvalgi bir minginchi yillarning ikkinchi yarmida bu yerda dastlabki davlat paydo bo`lgan. Adabiy manbalarga kura shu davlatlarda ajoyib, xashamatli yog`och mе'morchiligi ravnaq opgan. Bu yerda paydo bo`lgan buddizmning Osiyoga tarqalganligi ham shundan dalolat beradi.
Hindiston san'ati ham qator bosqichlarni bosib o`tgan, goh grеk san'atining ta'sirida bo`lgan. Lеkin shunga qaramay uning san'atida o`ziga xoslik mavjud bo`lib, u asosan xalq san'ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta'sirida bo`lgan.
Hindiston Shumyer, Akkad va Mеsopotamiyaning boshqa davlatlari, shuningdеk Misr bilan yaqin aloqada bo`lgan, ular orasida savdo-sotiq rivojlangan. qadimgi Hindiston san'atining gullagan davri Maurya sulolasi (er.av. 322185 yillar) ayniqsa, Ashoka impyeratorligi davri (er.av. 272-232 yillar)da sodir bo`ldi. Ashoka xukmronlik qilgan davrda buddizm kеng yoyildi. Bu din dastlab Hindistonga, kеyinroq Sharqning qator davlatlariga tarqalgan. Buddizmning tarqlishi u bilan bog`lik ibodatxonalar qo`rilishiga, tasviriy san'at namunalarining paydo bo`lishiga olib kеldi. Buddaga bag`ishlangan mе'morchilik kompozitsiyalarida qadimgi Hind mе'morchiligidagi mavjud an'analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan qo`shilib kеtgan afsonalar o`z ifodasini topdi.
Buddizmning muhim yodgorliklaridan yana biri ustunlardir. Ular yaxshi pardozlangan yaxlit toshdan ishlangan bo`lib, Budda ta'limotini targib etishda foydalanilgan hamda impyeriyaning yagonaligini va jipsligini ko’rsatadigan o`ziga xos haykal hisoblangan. Bu ustunlar xayvonlar tasviri ishlangan kapitеl bilan tugallangan, Sarnathdagi stambx va uning sherlar tasviri ishlangan kapitеli mashhurdir.
Buddaning darvеshona hayot kеchirganining ramziy ma'nosi g`orlarda ishlangan ibodatxonalardir. Bunday ibodatxonalar qoyalar ichiga ishlangan, ichkarida koxinlar xonasi va ibodatxona joylashgan. Uning xonalari qoya ichiga uyib kirgan, dеvorlari esa haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bеzatilgan. Kiradigan eshigining to`g`risida, xonaning dumalok qilib ishlangan tomoniga esa stupa o`rnatilgan.
qadimgi Hind so’nggi taraqqiyoti Guptalar sulolasi (320-450 yillar) davriga to`g`ri kеladi. Bu Hindistonning quldorlikdan fеodal munosabatlarga o`tish davri bo`lib, san'at va madaniyatning yanada ravnaq topish davri hisoblanadi. Adjanta g`oridagi ibodatxona va uning badiiy bеzaklari, dеvoriy suratlari qadimgi Hind san'atining eng yaxshi tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi. 
Vedalar: qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Rigveda»ning minglab madhiyalari va so'nggi veda adabiyotlari oriylaming diniy e’tiqodlari to'g'risida boy ma’lumot beradi. qadimgi Hindistonda xudolar pog'onasi mavjud emas. Xudolar samoda yashaydi. Oriylar xudolar tasviriga sig'inganlar. qurbonlik keltirish, olovga moy quyish, arpa donini tanlash bilan ifodalan- gan, quyoki qurbonlik tutun bilan samoga ko'tarilib, xudolar qurbonlikdan to'yib yerdagi bandalariga ovqat yuboradilar. Dastlab ibodatxonalar qurish rasm bo'lmagan. Kohinlar yopiq tabaqa bo'lgan. So'nggi veda davrida kohinlar alohida toifa, braxmanlar vamasini tashkil qilganlar va boshqa vamalardan mavqelari yuqoriligiga da’vo qilganlar. Uch varnadan birorta- sining to'la huquqli a’zosi bo'lish uchun faqat bu vamada tug'ilish emas, balki braxman o'qituvchining uyida o'qish va maxsus bag'ishlov marosimlaridan o'tishi lozim edi. Bag'ishlov marosimida bolaga muqaddas ip ilganlar bu «ikkinchi tug'ilish» hisoblangan. Shudralarga marosimga ishtirok etishga ruxsat berilmagan. «Ikkinchi tug'ilish» marosimi Veda matnlarini o'qish va diniy sirlarni bilish huquqini beigan. Veda matnlarini o'qituvchidan o'quvchiga faqat og'zaki uzatganlar. Natijada vaqt o'tishi bilan matnlar maz- muni o'zgarib ketgan.
Hinduizm asosini qadimgi Hindistonning arxaik e’tiqodlari daraxtlar, tog', suv havzalari, ilon, sigir va maymun kabilaiga siginish tashkil etadi. Hozirgi kunda ham hinduizmda, qadimgi davrdan boshlab ma’buda onaga siginish katta rol o‘ynaydi. Hinduizmda bosh yaratuvchi — xudo g'oyasi mavjud. Bu xudo Vishna bo'lib, u hay- vonlar sirtlon, baliq, tosh-baqalar, yoki insonlar odatda qora tanli podsho, yoki cho'pon (krishnalar) qiyofalarida namoyon bo'ladi. Vishna boshqa kichik xudolar timsoliga kirishi mumkin. Vishna odatda podsho tojida, ba’zida dunyo iloniday yastanib yotgan holda tasvirlanadi. Boshqa hinduistlar bosh xudo deb sopol parchalarini osgan as- ket (davrish) yoki raqqos qiyofasida ifodalanadigan Shivani hisoblaydilar. Shivaga ko'pincha unga bag'ishlangan muqaddas ho'kiz hamkorlik qiladi. qadimgi davr oxiri va hozirgi kunlarda hinduistlar Vishna va Shivaga e’tiqod qiluvchilaiga bo'linadi. Hinduistlarning muqaddas matnlari vedalar hisoblanadi. Hinduizmda ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm boidi. Bayram tantanalarining eng muhim qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo'lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Ibodatxona oldida uning xizmatchilari kohinlar, raqqoslar, musiqachilar yashagan. Hinduizm mafkurasining asosiy belgilari «Bxagavadgita* («Xudo qo'shiqlari») poemasi bo'lib, «Maxabxarat» tarkibiga kiritilgan. Hin- duizmning axloqida cheksiz sabr-toqat qilishga chaqiriladi. Ijtimoiy munosabatlarda inson muloqoti o'z ijtimoiy doirasi bilan cheklan- ish kerak. Kasta bo'yicha kasbni o'zgartirish ta’qiqlanadi. Nikohni bolalikda o'qitish odati tarqalgan. Bevani o'z erini gulxanda kuydir- gan paytda o'ziga olov berishi eng savob ish hisoblangan.



Download 166,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish