1. bob. Madaniy tadbirlarning ahamiyati va ularda protehnik vositalar bilan ishlash Madaniy tadbirlar va ularning ahamiyati



Download 250,5 Kb.
bet1/10
Sana26.06.2022
Hajmi250,5 Kb.
#705466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hilola kurs ishi


MUNDARIJA

Kirish………………………………………………..………………2

1.BOB. Madaniy tadbirlarning ahamiyati va ularda protehnik vositalar bilan ishlash



    1. Madaniy tadbirlar va ularning ahamiyati………………….5

    2. Madaniy tadbirlarda protehnik vositalardan foydalanish……10

2.BOB. Ommaviy madaniy tadbirlar va madaniyat markazlarida mustaqillik yillaridan keyingi o`zgarishlar


2.1. Madaniyat markazlari va ularda uyushtiriladigan madaniy tadbirlar………………………………………………………………17


2.2. O`zbekiston miqyosida uyushtiriladigan madaniy tadbirlarda protexnik vositalarning ishlatilishi............................................................22

Xulosa……………………………………………………..30


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………..31



Kirish

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “ Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ” deb nomlangan asrlarida shunday fikrlar bilan boshlaydilar – “ Islom aka bizni har qanday og`ir vaziyatda ham tushkunlikka tushmasdan, ertangi kunga katta ishonch bilan qarashga va faqat oldinga intilib yashashga o`rgatgan edilar. U kishining “ Xayot hech qachon bir joyda to`xtab turmaydi ” degan chuqur ma`noli so`zlari ”1 bilan boshlaydilar. Bundan ko`rinib turibdiki har bir inson doimo harakatda bo`lmog`i va o`z hayotini yaxshi o`tkazmog`i lozim. Ana shunday mazmunli hayotimizning bardavom bo`lishida madaniy tadbirlarning o`rni beqiyosdir.


Madaniy tadbirlar bu ham odamlar hayotiga qandaydir bir emotsiya berishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati ham yuksak sanaladi. Dastlab madaniyat so`zining o`ziga to`xtaladigan bo`lsak madaniyat arabcha “ madinalik ” degan ma`noni beradi, ya`ni shaharliklar degan so`zdan kelib chiqadi.
Madaniy tadbirlar kishilarning ishdan bo`sh vaqtida ularga kerakli axborotlar berish, badiiy-estetik zavqlantirish, madaniy-ijodiy ishga jalb qilish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yordam beradi. Bu tadbirlar, asosan, og`zaki jurnal, klub kechalari, badiiy kompozitsiyalar, badiiy agitbrigada va diskoklub programmalari, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, xalq an`analari, ommaviy bayramlar va sayllar kabi shakllardan tashkil topadi. Badiiy-ommaviy tadbirlar o`z ichiga madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy va ko`p shakllarini qamrab oladi.
Madaniy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular o`zida madaniy-ma`rifiy muassasalar faoliyatini ko`proq mujassamlashtiradi. Jumladan, ularda agitatsiya va propaganda ishi, havaskorlik ijodi, bo`sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar birlashib ketadi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning har bir shakli (ommaviy bayramlar, an`anaviy marosimlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil kechalar, namoyishlar)ga murojaat etsak, ularda agitatsiya-propaganda xarakteridagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. Shu sababli, badiiy-ommaviy tadbir madaniy-ma`rifiy muassasalardagi barcha faoliyatning umumlashtirilgan ko`zgusidir
Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z tadbirlarini, asosan, buyuk sanalarga, xalqaro va ittifoq miqyosidagi masalalarga bag`ishlab o`tkazadi-ku! Demak, tadbirlarning mazmunida, asosan, muhim voqealar aks etishi kerak emasmi? degan savol tug`ilishi mumkin. Albatta, bunday bo`lishi qonuniy, lekin madaniy-ma`rifiy muassasalar tadbirlarida muhim sanalarga bag`ishlangan materiallar mahalliy hayot sharoiti prizmasi orqali beriladi. Masalan, 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan bayram. Madaniy-ma`rifiy muassasalarning bu bayram tadbirida sovet xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabasini yoritish bilan konkret kolxoz, sovxoz, korxona bu buyuk tarixiy voqeada qanday ro`l o`ynaganligi, mahalliy joyda yashaydigan urush qatnashchilarining ko`rsatgan jasoratlariga asosiy urg`u berilishi kerak. Urush qahramonlarining hayoti haqida ularning o`z so`zlarini eshitish, tadbirni jonlantiradi va ta`sirchanligini oshiradi. Faqat shunday yo`llar bilangina badiiy-ommaviy tadbirlarning muhim xususiyati vujudga keladi. Bu xususiyatning eng afzallik tomoni shundaki, u umumiy tadbir mavzusini mahalliy aholi hayotiga yaqinlashtiradi.



Download 250,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish