MAVZU. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish.
Reja:
1. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish
2. Ta`lim muassasalarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishning tashkiliy-pedagogik asoslari
Tayanch so’z va iboralar:Ommaviy sport,sport tadbiri,birinchiliklar,pedagogik asoslar, sport maktablar,jismoniy fazilatlarni tarbiyalash. - Tayanch so’z va iboralar:Ommaviy sport,sport tadbiri,birinchiliklar,pedagogik asoslar, sport maktablar,jismoniy fazilatlarni tarbiyalash.
- O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlariniuyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar. Xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish. Sport markazlari va ularning faoliyati haqida nazariy ma’lumotlarga ega qilish.
- O’quv faoliyati natijalari:
- Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish haqidabilimlarni o`zlashtirish;
- Ta`lim muassasalarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishning tashkiliy-pedagogik asoslarini anglab olishi lozim;
Sport maktablarida ommaviy
sport tadbirlarini uyushtirish
Barcha toifalardagi bolalar va o’smirlar sport maktablarida, asosan, sport mashg’ulotlarini o’tkazish va sport turlari bo’yicha maxsus musobaqalar tashkil qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish ham alohida o’ringa ega. Ayniqsa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir.
Shu sababdan bu turlar bo’yicha , boshqa sport maktablari va umumta’lim maktab o’quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Ommaviy sport tadbirlarining asosiy shakllari tuman-shahar, viloyat va respublika birinchiliklari, spartakiadalari, o’rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday musobaqalarning zamirida sportchilarning tayyorgarligi, egallangan mahoratlar sinov hamda yirik sport musobaqalari, Xalqaro uchrashuvlar,
Markaziy Osiyo, Osiyo va jahon chempionatlariga terma jamoa tayyorlash ko’rigi bo’lib xizmat qiladi.Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki, qaysi sport turi bilan shug’ullanishlaridan qatiy nazar,o’z jamoalarida tashkil etilgan kross, futbol musobaqalari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir. Bundan asosiy maqsad shuki, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini muntazam oshirib borishdir. Shu sababdan sport maktablarining kalendar rejalariga ommaviy sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o’tkazish mahsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |