8.1. Tuman (shahar) partiya tashkilotining oliy organi uning konferensiyasidir. Tashkilot konferensiyasi tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi tomonidan kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
8.2. Tuman (shahar) partiya tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi tuman (shahar) partiya tashkilotining Kengashi qaroriga ko'ra yoki tuman (shahar) partiya tashkiloti a’zolarining uchdan bir qismining talabiga binoan chaqiriladi.
8.3. Tuman (shahar) partiya tashkilotining konferensiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- Partiyaning dasturiy maqsadlari, Partiya S’yezdi, Markaziy Kengashi, Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya Qo'mitasining, tegishli hududiy partiya tashkilotining qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalarni aniqlash hamda ularni bajarish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashini va Kengashining Ijroiya qo'mitasi a’zolarini saylash;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining hisobotlarini eshitish va ular bo'yicha qarorlar qabul qilish;
- tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashi deputatligiga belgilangan tartibda nomzodlar ko'rsatish;
- tegishli yuqori hududiy partiya tashkiloti konferensiyasiga delegatlarni saylash;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti to'g'risidagi Ustavda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
8.4. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi tegishli tuman (shahar) partiya tashkilotining konferensiyalari orasidagi davrda rahbar organ hisoblanadi, uning manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan ish ko'radi.
8.4.1. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining majlislari zarur bo'lgan hollarda, lekin kamida bir yilda ikki marta o'tkaziladi. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining qarorlari hisobdor partiya organlari uchun majburiydir. Alohida hollarda, mazkur Ustavda belgilangan holatlarda Kengashning qarorlari ularning hududiy partiya tashkiloti tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
8.4.2. Tuman (shahar) partiya tashkilotining joriy faoliyatiga rahbarlik qilish uchun tuman (shahar) partiya tashkilotining Kengashi majlisida uning tarkibidan tegishli Kengash Ijroiya Qo'mitasining Raisi va uning o'rinbosarlari saylanadi. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining Ijroiya qo'mitasi Raisini va uning o'rinbosarlarini saylash to'g'risidagi qarori tegishli hududiy partiya tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
8.4.3. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining majlisi navbatdagi konferensiyada tasdiqlash sharti bilan konferensiyalar orasidagi davrda tegishli Kengashning yangi a’zolarini uning tarkibidan chiqib ketganlar o'rniga saylashga haqlidir.
8.4.4. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining a’zolari tuman (shahar) partiya tashkiloti konferensiyasining to'g'ridan-to'g'ri delegatlari hisoblanadi.
8.5. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi:
- Tuman (shahar) partiya tashkiloti konferensiyasini chaqirilish va o'tkazishni tashkil etadi;
- Partiya rahbar organlarining qarorlarini bajarishni tashkil etadi;
- mahalliy davlat hokimiyati vakillik idoralarining deputatligiga nomzodlarni ko'rsatadi;
- Partiyaning rahbar kadrlari va boshqa faollarini o'qitish hamda malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
- boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish doirasida mahsus dasturlar va rejalarning qabul qilinishi va bajarilishini ta’minlaydi;
- tegishli tuman (shahar) bo'yicha Partiya a’zolarining hisobga olinishini tashkil etadi;
- boshlang'ich partiya tashkilotining tuzilishi to'g'risida qaror qabul qiladi;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti smetasining loyihasini ishlab chiqadi va yuqori turuvchi partiya idorasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
- Partiya a’zolik badallarining kelib tushishining hisobini tashkil etadi;
- Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashidagi partiya guruhining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti to'g'risidagi Nizomda ko'rsatilgan boshqa vakolatlarga ega bo'lishi mumkin.
8.6. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi o'z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining Ijroiya Qo'mitasi Raisi yoki uning o'rinbosarlari tomonidan imzolanadigan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.
8.7. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining Ijroiya Qo'mitasi raisi:
- Partiya rahbar organlarining qarorlari bajarilishini tashkil etadi va shu maqsadlarda boshlang'ich partiya tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti, tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo'mitasining joriy faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi va uning Ijroiya qo'mitasining majlislarini olib boradi, ushbu majlislarning qarorlarini imzolaydi;
- tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining Ijroiya qo'mitasining raisini va uning o'rinbosarini saylash to'g'risidagi qarorni tasdiqlaydi;
- boshlang'ich partiya tashkilotining Partiya a’zoligiga qabul qilish to'g'risidagi qarorni tasdiqlaydi;
- Partiya a’zolarining hisobi, a’zolikka qabul qilish, a’zolikning to’xtatib turilishi va a’zolikdan chiqarish yuzasidan choralarni bevosita amalga oshiradi;
- hududiy partiya tashkilotining Kengashi, tuman (shahar) partiya tashkilotining Kengashi va konferensiyasi tomonidan berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8.8. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashining Ijroiya Qo'mitasi tegishli tuman (shahar) partiya tashkilotining doimiy ishlovchi organidir.
Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi majlislarining orasidagi davrda Ijroiya Qo'mita o'ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli tuman (shahar) partiya tashkilotining manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan ish ko'radi. Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo'mitasining ish tartibi tuman (shahar) partiya tashkiloti to'g'risidagi va hududiy partiya tashkiloti to'g'risidagi Nizomlar bilan belgilanadi.
Tuman (shahar) partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari boshlang'ich partiya tashkilotlari uchun majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |