«SOLIQ INSPEKTORINING AVTOMATLASHTIRILGAN
ISH JOYI -JISMONIY SHAXSLAR» DASTURIY
MAJMUASI
1.1. «Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy majmuasiini joriy qilish maqsadlari
Davlat soliq qo„mitasining 2011 yil 1 martdagi “Davlat soliq qo„mitasida amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsullarni WEB texnologiyasi asosida takomillashtirish, ma‟lumotlar bazasini Oracle platformasiga o„tkazish va umumlashtirish chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq, Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan jismoniy shaxslarning faoliyatiga oid joriy etilgan dasturiy mahsullarning ma‟lumotlar bazasi ajratilib, «Soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi -jismoniy shaxslar» dasturiy majmuasiga birlashtirildi. Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, dasturiy majmuada quyidagi dasturiy mahsullar bo„lishi rejalashtirilgan edi:
«Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy majmuasi;
«Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli;
«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli;
Jismoniy shaxslarning soliq solish obyektlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli.
«Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» va «Jismoniy shaxslarning soliq solish obyektlarini hisobga olish» dasturiy mahsullarining mazmun-mohiyati bir ekanligi, farqi esa faqat Тoshkent shahrida ob‟ektlarga tayanganligi, qolgan barcha DSIlarda fuqarolar SТIRlariga boғlanganligini inobatga olib, ularni bir nom bilan, ya‟ni «Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlari” dasturiy mahsuli deb yuritish maqsadga muvofiq deb topildi.
DSQning 2011 yil 24 sentabrdagi “WEB texnologiyasi asosida qayta ishlab chiqilgan «Jismoniy shaxslarning soliq solish ob‟ektlarini hisobga olish» hamda «Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy majmualarini davlat soliq xizmati organlarida amaliyotga joriy etish to‟g‟risidagi 270-sonli buyruq„iga asosan dasturiy majmua joriy etildi.
«Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy majmuasiini yaratishdan maqsad:
mol-mulk, yer va yakka tartibdagi soliq to„lovchi jismoniy shaxslar to„g„risida (yashash manzili, soliq to„lov obyekti, davlat ro„yxatidan o„tkazilganligi va hokazo) to„liq ma‟lumotlar bazasini yaratish; mol-mulk va yer solig„i to„lovchi jismoniy shaxslarni to„liq hisobga olishni, soliqlarni hisoblanishi va budjetga o„z vaqtida to„liq undirilishini nazorat qilish;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig„idan, pensiya badallaridan hisoblangan va to„langan to„lovlar haqidagi ma‟lumotlarga ega bo„lish va nazoratini olib borish;
uchastka soliq inspektorlarining ish samaradorligini oshirish, ro„yxatga olish bilan bog„liq bo„lgan va o„z hududidagi mahalla fuqarolar yig„inlari bo„yicha dasturiy mahsulda soliq to„lovchilarning ro„yxatini olib, nazorat ishlarini amalga oshirish;
DSI larda shakllantirilgan ma‟lumotlar bazasini mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo„limlari, yer resurslari va davlat kadastri bo„limlari, harbiy komissariyatlar, hokimiyatlar huzuridagi ro„yxatga olish organlari, fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish bo„limlari (FHDYo), notarial idoralaridagi mavjud ma‟lumotlar bilan doimiy bir xil bo„lishiga erishishdan iborat.
Dasturiy majmuada ma‟lumotlar bazasidan jismoniy shaxslarga taalluqli bo„lgan barcha axborotlarni olish mumkin. Ya‟ni:
davlat soliq inspeksiyalarida hisobga olingan soliq to„lovchilar, ularga tegishli bo„lgan soliq obyektlari, hisoblangan soliqlar, to„langan to„lovlar, boqimanda va ortiqcha to„lovlar to„g„risidagi ma‟lumotlar; viloyat hududidagi soliq inspeksiyalari miqyosida hisobga olingan soliq to„lovchi jismoniy shaxslar soni, hisoblangan soliq summalari, undirilgan soliq summalari, boqimanda va ortiqcha to„lovlar to„g„risidagi tahliliy ma‟lumotlar;
soliq to„lovchi jismoniy shaxslarga berilgan soliq imtiyozlari, berilgan imtiyoz turlari, imtiyoz berilgan soliq summasi to„g„risidagi ma‟lumotlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari, ularga hisoblangan soliq summalari, pensiya badallari, mavjud boqimandalari hamda ortiqcha to„lovlari to„g„risida umumiy ma‟lumot;
import tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, ular to„g„risida batafsil ma‟lumotlar;
jismoniy shaxslarga egalik huquqi berilgan va tijorat maqsadida foydalanilayotgan xususiy obyektlar hamda ularni soliqqa tortilishi to„g„risidagi ma‟lumotlar;
soliq to„lovchi jismoniy shaxsning varaqasi (alohida har bir jismoniy shaxsning pasport ma‟lumotlari, yashash manzili, egalik huquqi berilgan mol-mulk obyektining inventar bahosi, yer maydoni, tadbirkorlik faoliyatiga tegishliligi hamda soliq majburiyatlari to„g„risidagi ma‟lumotlar) kabi ma‟lumotlarni olish mumkin.
Dasturiy majmua natijaviy ma‟lumotlari asosida mol-mulk, yer solig„i to„lovchilar hamda yakka tadbirkorlar sonini o„tgan davrlarga nisbatan o„zgarish dinamikasini, sabablarini hamda ularning budjetga to„lagan to„lovlari hajmidan kelib chiqib, o„zgarishlarni tuman, (shahar) DSI lar miqyosida nazorat qilish, imtiyozga ega bo„lgan jismoniy shaxslar ro„yxatini doimiy ravishda tegishli idoralar bilan solishtirish hamda berilgan imtiyozlarning turlari, imtiyoz berilgan obyektlarning qiymati bo„yicha tegishli tartibda ko„rsatmalar berish imkoni tug„iladi.
Dasturiy majmua ma‟lumotlari asosida jismoniy shaxslarga egalik huquqi berilgan va tijorat maqsadida foydalanilayotgan xususiy obyektlar soni dinamikasi hamda ulardan undirilgan soliqlar hajmidan kelib chiqib, o„zgarishlarni tahlil qilish, tadbirkorlik subyektlarini ro„yxatdan o„tkazish inspeksiyalarida va DSI larda ro„yxatga olingan tadbirkorlarning faoliyat turlari bo„yicha o„zgarish dinamikasini doimiy tahlil qilib borishga imkon yaratiladi. Shuningdek, vakolatli idoralar bilan o„tkazilgan solishtirishlar natijasida qo„shimcha soliq obyektiga egalik huquqini qo„lga kiritgan jismoniy shaxslarni hisobga olinishi va soliqqa tortilish dinamikasini tahlil qilish, o„tkazilgan tahlillar natijasida aniqlangan holatlar bo„yicha soliq qonunchiligiga o„zgartirishlar kiritish va budjet parametrlarini belgilash bo„yicha takliflar kiritish imkoni tug„iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |