Pirotexnika vositalari va rang barang feyerverklar ishlatish va sotish ko`p joylarda taqqiqlanganini bilamiz bu degani bu vositalarni ishlatmaslik kerak degani emas balkim bu vositalarni maxsus dukonlardan maxsusu sotib olib, maxsus ajratilgan joylarda ishlatish va albatta ko`rsatmasida ko`rsatilgan qoidalarga rioya etgan holda yaxshisi ana shu pirotexnik vositalarni o`tkazish uchun maxsus ruxsatga ega bo`lgan bayram o`tkzash guruhlarining yordamida tartib qoidalar o`zgarmagan holda ishlatish mumkin bo`ladi.
Ayniqsa Yangi yilga zavq bag’ishlovchi texnik vositalarning turlari, rangli fontanlar, rangli projektorlar, chiroqlar, lazerlar ayniqsa bayramga o`ziga yarasha zavq bag’ishlovchi feyerverklarning, osmonu falakda rangbarang joziba bilan kishilarni rom etayotgan salyutlar va turli xil pirotexnik vositalar bayramning eng esda qolarli avji bo`lib xizmat qiladi.
Yangi yil bayramida biz shahar aylanar ekanmiz ko`chalarning, ayniqsa sayilgohlar, dam olish joylarning,hatto dukonlar, ishxonalar, o`quv dargohlari, bog’cha va maktablar hatto xonadaonlarimizning yangi yil kiymini kiyishi o`zgacha inson kayfiyatini ko`taradi, go`zal chiroyli ded bilan bizatilganligini ko`rib xursand bo`lasan kishi.
Ko`ngil ochar xordiqiy bayramlarda salyutlar.
Ko`ngil ochar tadbirlarda, bayramlarda hammamizga tanish bo`lgan pirotexnik vositalarning ishlatilishi, tadbirga bo`lgan qiziqishni oshiradi, bayram qatnashchilarda, tamoshabinlarda katta esda qolarli va zavq bag’ishlovchi daqiqalarni hadya etadi.
Madaniy-xordiqiy tadbirlarda texnik vositalarning pirotexnik vositalaridan foydalanish uchun maxsus tashkilotlar shug’ullanishlarini aytib o`tish joyiz.
Chunki o`ta ishlatilishi jixatidan murakkab texnik moslama bo`lgani uchun maxsus mutaxassislar orqali ishlatish ishlari amalga oshiriladi.
Ayniqsa yosh bolalardan ehtiyot bo`lish talab etiladi.
Bunday texnik moslamalar tarkibida yonuvchi moddalar borligi sabablik ko`ngilsiz holatlarning oldini olish uchun ehtiyotlikni talab etadi.
Madaniy-xordiqiy tadbirlarda texnik vositalarning pirotexnik vositalaridan foydalanish tartibi birinchi navbatda ochiq maydonlarda va albatta maxsus ajratilgan joylarda ishlatilishi ko`zda tutiladi.
Madaniy-xordiqiy tadbirlarda texnik vositalarning bunday turlaridan foydalanishda mutaxassislar tadbirning bo`ladigan joyini, tadbirda qatnashuvchilarning yoshini va albatta vaqtini aniqlashlari asosiy mezonlarning biri bo`lib xizmat qiladi.
Madaniy-xordiqiy tadbirlarda ishlatiladigan pirotexnik vositalarning turlari haqida gaplashsak. “O`rtacha tezlik bilan ishlaydigan bayram feyerverklari-bu feyerverklar, o`zining ishlash jarayonida balandligi 50-60 metrga yetadi. Bu toifali feyerverklarga rim shamlari ham kiradi , bu toifali feyerverklar ko`proq uylarda kichkina madaniy ma’rifiy xordiqiy tadbirlarda ishlatiladi (kata kichikligi 25mm dan 50 mm gacha ishlatiladi)”6.Rim shamlari – bu turdagi pirotexnik vositalarning tarixi ancha o`zoq bo`lib ular zadogonlarning bayramlarida ilgaridan ishlatilgan, tepaga qarab bir necha bor otish yo`li bilan amalga oshiriladi va otish jarayonida o`z izida chiroyli rangli yo`llar qoldirishi bilan ajralib turadi. Feyerverklar- ichida turli xil pirotexnik yonuvchi moslamlardan iborat bo`lib ular tarkibiga yonuvchi massa va paxta bo`lakchalari
Do'stlaringiz bilan baham: |