Reja:
Kirish. Giyohvandlik nima?
Giyohvandlik asr vabosi.
Giyohvandlikning kelib chiqishi.
Jahonda giyohvandlikka qarshi kurash.
Giyohvandlikni da’volash.
Giyohvandlikning zararli oqibatlari.
Xulosa
Psioaktiv moddalar (PAM) – alkogol, giyohvand va toksik moddalarga ruju qo’yish, surunkali ravishda ularga o’rganib qolish, qator mamlakatlar aholisi, ayniqsa yoshlar salomatligiga putur yetkazayotgan eng daxshatli muammolardan biri bo’lib qolmoqda. So’nggi yillarda tibbiy ko’rsatmalardan tashqari narkotik va toksik kayf qildiruvchi turli moddalarni qabul qilish ko’rsatkichlari shiddat bilan o’sib bormoqda. Eng xatarli tomoni shundaki, yoshlar orasida kuchli va og’ir sintetik giyohvand moddalar – kakain va geroin kabilarga ehtiyoj kuchayib borayotganligi kuzatilmoqda.
Giyohvandlik qator tizimli buzilishlar bilan tavsiflanadi. Eng avvalo, modda almashuvi jarayonida qo’pol o’zgarishlar ro’y beradi. Giyohvand moddalar inson bosh miyyasiga maxsus ta’sir etib, unga o’rganib qolishga olib keladi. Shu bilan birga ular bosh miyyaning, muhim ichki a’zolarning chuqur zararlanishiga hamda immunitetning pasayib ketishiga sabab bo’ladi. Shaxsning salbiy tomonga o’zgarishi – xarakterning zaiflashishi, xulq-atvor buzilishi, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, oilaviy munosabatlarning buzilishi, jinoyatga qo’l urish, o’g’irlik sodir etish kabilar giyohvandlik uchun xos bo’lgan xolatlardir.
“Narkotik” (“giyohvand modda”) nima degani? Umumjahon Sog’liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga ko’ra, tibbiyotda qo’llanilishidan qat’iy nazar, kayf xissiyotini tug’diradigan va unga ruju qo’yishga olib keladigan har qanday modda narkotik deb ataladi.
“ Narkomaniya” atamasi grekcha narke – tildan qolish, qotib qolish va mania – aqlsizlik, ishqibozlik so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, jismonan hamda ruhan giyohvand moddani qabul qilishga ishqiboz bo’lib qolish – ruju qo’yish va oqibatda og’ir asoratlarga olib keladigan kasallikka aytiladi.
Maktab va o’quv yurtidagi umumiy intizomning buzilishi, o’quvchi va talabalar o’zlashtirishining pasayishi, giyohvandlarga xos muhit g’oyasining tarqalishi kabilar ham giyohvandlik illatining yoshlar muhitiga kirib kelganligini anglatadi. Giyohvand modda qabul qilayotgan bola qanchalik yosh bo’lsa, uning shunchalik tez va og’ir nogironlikka chalinishi, yoki erta o’lib ketishi ehtimoli shu qadar ko’p bo’ladi. Shuning o’zi esa davlatning salohiyatini pasaytiradigan omil hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, giyohvandlikning maxsus belgisi – sog’ayish imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu kasallik surunkali bo’lib, kutilmagan har qanday vaqtda u qaytalanishi mumkin.
Jamiyatning iqtisodiy, itjimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga zarba beruvchi illatlardan biri bu – giyohvandlik. Giyohvandlik inson salomatligining kushandasi hisoblanadi. Giyohvand asli naha, qori dori, ko’knori va shu kabi narkotiklarni iste’mol qilishga odatlangan odamdir. Ularni bangi, nashavand, ko’knori deb ham atashadi.
Taniqli sayyoh Xristofor Kolumb XV asrda Markaziy Amerikadan Yevropaga giyoh o’simligining bargini keltirgan edi. So’ng shifobaxsh modda va tutun turli kasalliklarga dori deb, uning quritilgan bargidan naycha qilib odamlarga chekishni o’rgatdilar. Shunda uning insoniyat uchun naqadar xavfli ekanligini bilmagan bo’lsalar kerak. Birnchi bolib bu o’simlik Yevropada shved tabiatshunosi Karl Linney tomonidan o’stiriladi va Jan Niko degan kishi sharafiga “nikotin” deb nom beriladi.
Olimlarning isbotlashicha, nikotin tutuni tarkibida nikotin, oltingugurt, ammiak, azot, is gazi, turli efir moylari, sianid kislotasi, chumoli kislotasi, sirka va valeriana kislotalari, shuningdek, inson organizmi uchun zararli bo’lgan boshqa har xil moddalar mavjud. Bunday giyohlar asosan uchga bo’linadi: ko’knor giyohi, nasha giyohi, tamaki giyohi.
Ko’knor giyohi tarkibida o’tkir ta’sir etuvchi narkotik modda bo’lib, uning tanasidan maxsus asboblar vositasida shilimshiq, yelimsimon modda sizdirib olinadi. Bu modda “qora dori” deb atalib, undan iste’mol qilgan kishi jismoniy va aqliy tomondan zaif, turli jinoyatlar sodir etishdan qaytmaydigan, bir umr farzand ko’rmaydigan ham bo’lib qoladi. “ Qora dori” ni surunkali iste’mol qiluvchilarni xalqimiz “ko’knori” deb ataydi. “Ko’knorilar” jamiyat uchun ham, oila uchun ham xavfli hisoblanadi.
Nasha giyohini iste’mol qiluvchilar “bangilar” deb ataladi. Bangilik insonni odamiylik xususiyatlaridan mahrum etadi. Bunday dardga mubtalo bo’lganlar odam o’ldirish, o’g’irlik, qaroqchilik qilishdan ham toymaydilar. Nasha giyohi O’rta Osiyo hududidagi ba’zi joylarda yashirin holda ekilib, o’stiriladi.
Tamaki giyohi jahon miqyosida maxsus ekilib ko’paytiriladi. Tamaki giyohidan turli xildagi sigaretalar, tanasidan maxorkalar, shuningdek, undan nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyorlangan moddalarni chekish inson salomatligi uchun o’ta zararlidir Kashandalar va noskashlarning aksariyati o’pka raki, asab, bo’g’ma kasalliklari bilan og’riydilar.
Bugungi kunda giyohvandlik sayyoramizdagi global muammolardan biri bo’lib turgani hech kimga sir emas. Giyohvandlik shunday ofatki, uning domiga ilinganlar obro’sini yo’qotadi, kishilar o’rtasida hurmatini, izzatini tor-mor qiladi. Giyohvand kishi el yurtini, ota-onasini, farzandlarini kamolini ko’rishni, hatto sog’liq-salomatligini ham mana shu “oq ajal”ga almashtiradilar. Axir bu farzandning ota-onasi uni shu umidda katta qilib, o’stirganmidi? Nega farzandlar mana shunday jirkanch, qabih yollarga kirib ketmoqdalar? Bu savolga xar bir kishi o’ylanib qolishi aniq. Bolalar o’rtasida ichkibozlik, giyohvandlik kabi XX asr vabosining tarqalishiga ota-onalarning o’z yumushlari bilan bandligi, bolalarni nazoratsiz qoldirishlari, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo’yish, bolaning keragidan ortiq ta’minlanganligi va boshqa omillar sabab bo’lmoqda. Misol uchun, hech qayerda ishlamagan yoki biror bir tayinli ish bilan shug’ullanmagan farzandlarni erta tongda ketib, kun botganda qaytishlari, ko’zlari qizarib, javdiragan holda ota-onalari qarshisiga kirsalaru nega ular farzandlariga e’tibor bermaydilar? Nahotki qayerda yurgani, nima ishlar qilgani bilan qiziqib, nazorat qilishga vaqtlari bo’lmasa? Farzand boshi berk ko’chaga kirib oq ajalning qurboniga aylanganda yoki biror-bir jinoyatga qo’l urib sudning qora kursisida o’tirganida ota-onalar ko’z yosh qiladilar va o’zlarining aybdor ekanliklarini aytib, bolalarini afv etishlarini so’raydilar. Balki, kech bo’lsa-da aybiga iqror bo’lishning o’zi katta jasoratdir, lekin nega buni vaqtliroq qilmadinglar degan savolga o’zlari ham javob topa olmasalar kerak.
Xalqimizda “Pichoqni o’zingga ur, og’rimasa birovga”, degan ibora bejiz aytilmagan. Haromdan mo’may daromad topaman deb giyoh sotishday qing’ir ishni o’ziga kasb qilib olgan vijdonsiz kimsalarga: “Siz o’sha ajal keltiruvchi og’uni o’z jigarlaringizga ham ravo ko’rasizmi?” Ularning bevaqt, armon bilan olamdan ko’z yumishlarini istaysizmi?” – degan savolga albatta, “yo’q istamaymiz” – deydilar. Ammo baribir buni davom ettirishadi, lekin baribir ular Ollohning la’natiga, xalqimizning nafratiga va qonunda belgilangan jazolarga mahkum bo’lishlari aniq.
Butun jaxon bo’ylab giyohvandlik muammosi keng tarqalgan. Barcha mamalakatlar uni ishlab chiqaruvchi uyushma yoki davlatlarga qarshi kurashni davom ettirmoqda. AQSH eng yirik narkotiklarni ishlab chiqaradigan, hamda hududi orqali eng ko’p miqdorda narkotik moddalari o’tadigan mamalakatlarning ro’yhatini e’lon qildi. Oq uyning “qora ro’yhati” dan Afg’oniston, Bagam orollari, Boliviya, Braziliya, Dominikan Respublikasi, Venesuela, Vyetnam, Gaiti, Gvatemala, Hindiston, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, Birma, Nigeriya, Pokiston, Panama, Paragvay, Peru, Laos, Tailand, Ekvador, va Yamayka o’rin egallashgan edi. Oq uyning bayonotida Sharqiy Osiyo mamlakatlariga geroin va metamfetamin narkotik moddalarining kontrabandasining “Sharqiy Korea bilan bog’liqligi” amerika hukumatini “chuqur xavotirlantirmoqda”. Amerika hukumati KNDR ning agentlari va davlat korxonalari narkotik savdosiga aloqasi borligiga gumon qiladi. “Bizning taxminimizcha, KNDR da opiy maki yetishtiriladi, ammo bu to’g’risidagi aniq ma’lumot hozircha yo’q”, - deb bayonotda ko’rsatilgan.
Buyukbritaniya olimlari narkotikka qarshi vaktsinani yaratishdi. Bu vaktsina hatto narkotikni doim iste’mol qiluvchi odamlar ustida sinalgan. Antinarkotik vaktsinani yaratilishi haqidagi xabar butun dunyoda sensatsiya bo’ldi. Misol uchun, Rossiyada ko’plab mamlakatlar kabi narkomaniya nafaqat keng tarqalgan kasallikka, balki mamlakatning xavfsizligiga ta’sir etuvchi omilga aylandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 2003 yil boshida Rossiyada 340 ming narkomanlar qayd etildi, ammo haqiqatda bu ko’rsatkich 6-8 marta katta. Narkotiklar iste’mol qiluvchilarning soni 4 million kishi atrofida, yoki Rossiya aholisining 3% dir. Buni ta’kidlash joizki, narkomanlarning ko’pchilik qismi 30 yoshgacha. Ulardan taxminan 30% geroin moddasini iste’mol qiladi. So’nggi 10 yil mobaynida narkomaniya kasalligiga duchor bo’lganlar soni 9 marta, har yili qayd etiladigan narkotik bilan bog’liq jinoyatlar soni 15 marta, narkosavdo sonlari 80 marta, guruhli narkojinoyatlar soni esa deyarli 8 marta oshdi. Yosh rossiyaliklarning 40% narkotikni ma’zasini ta’tib ko’rishgan. Narkomanlarning 60% esa VICh-infeksiya bilan kasallangan.
Narkokartellarga qarshi kurashishda, Buyukbritaniyada tarixda eng muvaffaqiyatli operatsiyalardan birini amalga oshirildi. Britan politsiyasi Kolumbiya narkokarteli bo’yicha surushtiruv ishlari jarayonida $6 milliarddan ortiq shubxali Amerika aksiyalarini, hamda $7 millionli narkotik va boshqa qimmatliklarni qo’lga kiritishdi. Taxminlarga ko’ra, bu guruh narkotiklarni Kolumbiyadan Yevropaga Maksika, Ekvador va boshqa davlatlar orqali yetkazib turgan. Musodara qilingan moddalar Londonning shimolida va Esseks grafstvosida ikkita maxsus operatsiyasi jarayonida olingan. Bu operatsiya mobaynida 2 ta odam Kolumbiyada va 4 ta odam Buyukbritaniyada hibsga olindi.
Bugungi kunda ko’plab mamlakatlar kabi O’zbekistonda ham nasha giyohining zararli oqibatlarini tugatish maqsadida uni ekuvchi va ko’paytiruvchilarga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, ular qonuniy javobgarlikka tortiladilar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tog’risida”gi Qonunning qabul qilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiy asos bo’ldi. Giyohvand moddalarni surunkali iste’mol qilib yuruvchi, usiz yashay olmaydigan bunday kishilar atrof-muhit uchun ham, oila va jamiyat uchun ham xavflidir. Shu bois mamlakatimiz hududida giyohvandlik tomir o’tishining oldini olish va unga qarshi kurashish har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Hozirgi paytda, da’volash kursini qabul qilgan narkomanlardan faqat 5-10% gina qaytib narkotik qabul qilmasligi statistika ma’lumotlaridan aniqlangan. Shunga qaramasdan, giyohvandlikka qarshi kurashish lozim. Inson narkotikka o’rganganidan boshlab, u tuzalmas xastalik sohibi bo’lib qoladi. U o’zi hatto bilmagan va hohlamagan taqdirda ham muntazam ravishda narkotikni qabul qilishga majbur bo’ladi. Shuni aslo unutmaslik kerakki, giyohvand umuman da’volanmaydi. U qayta tarbiyalanadi yoki o’z ruhiyatini qayta quradi.
Hozirgi kunda giyohvandlikdan qutilish uchun ajoyib ta’sir etuvchi juda ko’p turli da’volash usullari targ’ib qilinadi. Ana shulardan bir nechtasi:
Opiatlar antagonistlarini qo’llash. Mazkur guruh preporatlari nerv hujayralaridan, nerv oxirlaridan geroinning qoldig’ini siqib chiqaradi, narkomaniyadan da’volanishning eng og’ir davri – “lomka”, yetarli darajada og’riqsiz va tez o’tadi. Bu preparatlarni faqat statsionar (kasalxona) sharoitidagina qo’llashga ruxsat etiladi. Opiatlar antagonistlari “Detoks” dasturiga binoan ko’pchilik narkologik klinikalarda qo’llanib kelinmoqda.
“Kodlash” usulini qo’llash. ”Kodlash” usullari turlicha bo’ladi va shok terapiya prinsiplariga asoslangandir. “Kodlash” usuli bilan faqatgina haqiqatda, so’zsiz vrachga ixlos qo’ygan, unga ishonadigan va vrachning hamma aytganlarini bajaradigan bemor tuzaladi. Irodasi yetishmaydigan narkomanga bu usul foyda bermaydi.
“Anonim narkomanlar” xalqaro dasturi. Hozirgi vaqtda eng qulay reabilitatsiya usuli hisoblanadi, bu usul, giyohvandlikka o’z hohishi bilan chak qo’ygan insonlarning o’zaro qo’llab-quvvatlashiga asoslangan.
Shuningdek, ignarefleks terapiyasi, “kimyoviy himoya”, shaxsga yo’naltirilgan psixoterapiya va boshqa usullar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |