O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“Umum kasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan
Mustaqil ish
Guruh: 7b – 18 KEM
Bajardi: Aripov H.
Qabul qildi: Qo`chqorova N.H.
OLmaliq 2022
Zamonaviy qirg‘in qurollar
Reja:
Kirish 1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch 2. Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari 3. Kimyoviy qurollar, ularning turlari va xususiyatlari 5. Oddiy xujumkor qurollar Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog’lig’ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda „Xavfsizlik qoidalari” fani asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiyiqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta'siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta'minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me'yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o’rtasida insoniyat hayotiga xavfxatar soluvchi holatlarning ro’y berishi, insoniyat tomonidan qo’llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko’plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta'minlash masalalari dolzarb o’rin olgan. Aynan shu muammolarning yechimini “Xavfsizlik qoidalari” fani o’rganadi. Dasturni tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4.03.1996 yildagi “O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi farmoni, adabiyotlar ro’yxatida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo’riqnomasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2008 yil 28 oktyabrdagi “Aholini Favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid yo’riqnomani o’quv jarayoniga tatbiq etish to’g’risidagi 318- son buyrug’i asos qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |