” kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi”



Download 195 Kb.
bet3/14
Sana13.07.2022
Hajmi195 Kb.
#792178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
” kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi”

Yadroviy qurollar: yadro zaryadidan, qurolni nishonga yo‘naltiruvchi qismdan va qurolni boshqaradigan qismidan tashkil topgan. Yadroviy aslahalar turli xil ko‘rinishlarda: bomba, mina, snaryad, raketa va torpedolarning jangovar qismida va boshqa ko‘rinishlarda tayyorlanadi.
Yadroviy qurollarning ishlashi zanjirli reaktsiya natijasida (termoyadro reaktsiyasi asosida parchalanadigan og‘ir yadrolar va engil yadrolar, vodorod va boshqa element izotoplarining hosil bo‘lishi) hosil bo‘ladigan ichki yadroviy energiyalarning hisobiga amalga oshadi. Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan o‘lchanadi. Bu degan so‘z oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya miqdori o‘sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil ekvivalenti tonna (t.), kilotonna (kt.) va mega tonna (mt.) bilan o‘lchanadi.
Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati I kt-gacha), kichik (1-10 kt), o‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- I mt) va juda katta (I mt dan yuqori) turlariga bo‘linadi.
Yadroviy qurollarning vayronagarchilik darajasi qurolning turiga, quvvatiga, joylashgan o‘rniga, portlash sharoitiga inshoatlarning himoyalanish darajasiga qarab va boshqa sabablar bilan aniqlanadi.
Dushman tomonidan qo‘llanilgan qirg‘in qurol oqibatlarini (xalqqa, atrofmuhitga, inshoatga) tugatish va unga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlar, o‘sha qurolning ta’sir etish faktorlarini o‘rganishdan boshlanadi.
Yuqorida aytilganidek, yadro aslahasi portlatilganda hosil bo‘ladigan ichki energiya quyidagi ta’sir faktorlariga sarflanadi: jumladan, to‘lqin zarbasi, yorug‘lik nurlanish, radiatsiya nuri, radioaktiv zarrachalar va elektromagnit impuls hamda zararlash zonalari hosil bo‘laishiga olib keladi.
To‘lqin zarbasi. Yadro aslahasining asosiy shikastlantiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi. To‘lqin zarbasi deganda yuqori xaroratli, tovush tezligidan yuqori tezlikka ega bo‘lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurolni portlatilgan muhitiga qarab, u havodagi, suvdagi va erdagi to‘lqin zarbalariga bo‘linadi.
Havodagi to‘lqin zarbasining kuchi portlatish o‘chog‘idan uzoqlashishi bilan kuchsizlanib boradi. Masalan, 1000 m. ga 1,4 soniyada, 2000 m. ga 4 soniyada, 3000 m ga 7 soniyada, 5000 m ga 12 soniyada etib keladi.
Demak, bulardan ko‘rinadiki, yadro qurolini portlash belgisini ko‘rgan har bir fuqaro to‘lqin zarbasi faktori kelguncha bekinuvchi inshoatlarga etib borib, saqlanishlari mumkin. To‘lqin zarbasining shikastlantiruvchi ta’sirining asosiy ko‘rsatkichi uning ta’sir yo‘lida ortiqcha bosimni hosil bo‘lishidir. Ortiqcha bosim ΔR-to‘lqin zarbasining ta’sir etish yo‘lidagi maksimal bosimi bilan me’yoriy atmosfera bosimi ayirmasiga teng bo‘lgan ko‘rsatkichi bo‘lib, u Paskal (Pa)da o‘lchanadi. 100 Pa=1kgs/sm2 (1 sm yuzaga 1 kg kuch bilan ta’siri tushuniladi). Yuqori bosim va katta energiyaga ega bo‘lgan to‘lqin zarbasi odamga urilganda, uning bosimi keskin ortib ketib, siqadi va tasodifan berilgan kuchni eslatadi. Ya’ni bamaylixotir turgan odamga juda qisqa vaqt mobaynida 100 kg li bolg‘a bilan to‘satdan urgandagi holatga o‘xshatish mumkin. Mana bunday ta’sir etishidan to‘lqin zarbasi odamlarni, inshoatlarni, harbiy texnikalarni va ob’ektlarni shikastlantiradi. To‘lqin zarbasi faktorida odamlar bevosita shu faktorning ta’siridan hamda bilvosita ta’sirlardan jarohat oladilar. Bilvosita ta’sirlar natijasida inshoatlarni buzilgan qismlari, toshlar, singan oynalarni, daraxtlarni va boshqa materiallarni odamlarga kelib tushishidan zararlanadilar. To‘lqin zarbasining bevosita ta’siridan odamlar turli darajadagi jarohatlar, kontuziyalanish va o‘lim bilan tugaydigan jarohat olish mumkin.
Shuning uchun to‘lqin zarbasi ta’siridan engil, o‘rtacha, og‘ir va juda og‘ir jarohat xillari kuzatiladi.
Engil jarohat ΔRτ=20-40 KPA (0,2-0,4 kg•s/sm2) bosimda kuzatilib, bunda odam engil kontuziyaga uchraydi, vaqtincha gapira olmaslik, et uzilish alomatlari kuzatiladi.
O‘rtacha jarohat ΔRτ=40-60 KPA (0,4-0,6 kg•s/sm2) kuzatilib, bunda og‘izburundan qon ketishi, yuqori miya kontuziyasi, gapira olmaslik va suyaklarning bir-biridan chiqishi kuzatiladi.
Og‘ir jarohat ΔRτ= 60-100 KPA (0,6-1,0 kg•s/sm2) bosimda bo‘lib, og‘izburundan qon ketishi, odam uzoq vaqt behush yotishi, suyaklarlarning bir-biridan chiqishi va ichki organlarga qon ketishi kuzatiladi.
Juda og‘ir jarohat ortiqcha bosim ΔRτ> 100KPA (>1,0kg•s/sm2)da kuzatilib, bunda ichki organlarni uzilishi, ichki organlarga qon quyilishi, suyaklarning bir-biridan chiqib ketishi va boshqa dardlar kuzatiladi.
Agar to‘lqin zarbasida ΔRτ< 10 KPA bo‘lsa, u xavfsiz hisoblanib, odam me’yoriy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlariga ega hisoblanadi.
Xuddi shularga o‘xshab to‘lqin zarabasi ta’siridan, inshoatlar hamda har xil darajada shikastlanishi mumkin. Albatta bunda er ustiga qurilgan inshoatlar er tagiga qaraganda ko‘proq shikastlanadi. Bunda agar ΔRτ > 40-60 KPA da bo‘lsa to‘liq, ΔRτ> 20-40KPA kuchli, ΔR> 10-20 KPA o‘rtacha va ΔRτ>8-10KPA da kuchsiz jarohatlanishi ro‘y beradi.
Havodagi to‘lqin zarbasi faktori ta’sirida o‘rmon massivlari ham shikastlanadi. Agar ortiqcha bosim 50 KPA ortiq bo‘lgana o‘rmondagi bitta ham daraxt qolmay ag‘anaydi, ya’ni batamom vayron bo‘ladi, agar 30-50-KPA bo‘lganda daraxtning 60 foizi shikastlanadi.
ΔRτ>30-10 KPA bo‘lgan holda esa zonada 30 foiz daraxtlar yo‘q bo‘lib ketadi.
Shuning uchun to‘lqin zarbasi faktoridan saqlanishning ishonchli omili ximoya inshoati (boshpana) hisoblanadi. Mabodo bunday inshoatlar bo‘lmasa, u holda radiatsiyadan saqlovchi boshpanalardan va tabiiy chuqurliklardan foydalanish mumkin.

Download 195 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish