Kushimcha kism :Mustaxkamlash uchun savol
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
- Oʻsimliklarni nimadan oʻstirish mumkin ekan?
- Tuvaklarga oʻsimliklarni qanday qilib oʻtkazdingiz?
-Qalamchalarni qanday parvarishlash kerak?
Qush (kanareyka) bilan tanishtirish
Maqsad: Bolalarni kanareykani boshqa qushlardan farqlashga oʻrgatish (pati och sariq yoki yashil-sariq rangli, koʻzi va tumshugʻining atrofidagi pati toʻq rangli, tumshugʻi kalta, qattiq, kanareykaning kattaligi chumchuqday) Qushlarni parvarish qilishga qiziqish uygʻotish.
Til va nutk faollik markazi; Fan va tabiat markazi;
Kutilayotgan natija:
Bolalar kanareykani boshqa qushlardan farqlay oladilar. Bolalarda qushlarni parvarish qilishga qiziqish uygʻonadi.
Zarur jihozlar: Ikkita kanareyka (erkak va urgʻochi) solib jihozlangan qafas oldindan olib kiriladi. Uning uchun tabiat burchagida joy ajratiladi. Bolalar qafas qoʻyilgan stolga yaqin yarim doira tashkil etib joylashtiriladi. Qafas mato bilan oʻralgan. Ovqat(urugʻ va koʻkat ozuqa) tayyorlab qoʻyilgan.
Mashgʻulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, tabiat burchagida bizda qandayqushlar yashagan va yashamoqda, aytib bering-chi?
Bolalar, esingizdami, bularni qanday parvarish qilar edik?
Bolajonlar, bugun men sizlarni Vatani uzoq janubiy mamlakatlar boʻlgan qushlar bilan tanishtiraman.
Bolalar, bu qushning nomini bilasizmi?
Agar bolalar qushning nomini bilmasalar tarbiyachi oʻzi aytadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bu qush avvaldan sizga tanish qushlardan nimasi bilan farqqiladi? deb solishtirishga oʻrgatadi.
(Solishtirish uchun bolalarga tanish boʻlgan istalgan qushni olish mumkin).
Bu qushning nomi kanareyka. Pati och sariq rangli. Erkagining koʻzi va tumshugʻining atrofidagi pati toʻq rangli, tumshugʻi kalta, qattiq. Karnareykaning kattaligi chumchuqday. Kanareykaning vatani Kanara oroli. Kanareyka sayroqi qush. Ular choʻmilishni juda yaxshi koʻradilar. Shuning uchun har kuni ertalab ularning choʻmilishiga moslama osib, keyin uni olib qoʻyiladi. Kanareykani urugʻlar, omuxta don bilan boqish kerak. Kanareyka qirilgan sabzi, manniy yormasi, tovuq tuxumidan iborat aralashmani, mayda toʻgʻralgan olma, nokni yaxshi koʻradi.
Soʻngra tarbiyachi bolalar diqqatini qafasning jihozlanishiga jalb qiladi. Bolalar bilan donxoʻrak, suvdon, qush choʻmiladigan idish, uycha va qushning uyasi koʻrib chiqiladi. Ularning vazifalari haqida soʻzlab beradi.
Tarbiyachiqushlarni meʼyorda ovqatlantirish kerakligi, qancha don solinishi oʻlchovi bolalarga koʻrsatilib, ovqat berish vaqti ham bolalar bilan kelishib olinadi. (Bolalar qushlarga ovqat beradilar, suvdonga va choʻmiladigan idishga suv quyadilar. Qushlarning ovqatni qanday yeyishi kuzatiladi. Qafasning tagiga tarbiyachi ip kalavasi, quruq shoxlar, mayin oʻtlar tashlab, bolalarga qushlar ularni qanday qilib uyalariga olib ketishlarini kuzatishlarini aytadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |