Kushimcha kism :Mustaxkamlash uchun savol
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Bolalar, nima uchun baʼzi hayvonlar uy hayvonlari baʼzilari esa yovvoyi hayvonlar deb ataladi?
-Uy hayvonlari nimalar bilan oziqlanadilar?
-Yovvoyi hayvonlar nimalar bilan oziqlanadilar?
Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
-Piyoz poʻstining rangi qanday?
-Piyozni shakli qanday?
-Piyozni tuproqqa qanday ekamiz?
-Rediska, sholgʻom urugʻlarini qanday qilib ekdik?
-Rediska, sholgʻom urugʻlarini ekib boʻlgach, qanday qilib sugʻordik? Nima uchun bir tekisda mayin qilib sugʻordik?
Sabzavot oʻsimliklarini kuzatish
Mashgʻulot maqsadi: Bolalarning sabzavot oʻsimliklari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi bilimlarini mustahkamlash. Sabzavot oʻsimliklarining barglari toʻgʻrisidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, oʻsimliklarni barglariga qarab tanishga, sabzavot oʻsimliklarini tasvirlab berishga oʻrgatish.
Til va nutk faollik markazi;
Kutilayotgan natija:
Bolalarning sabzavot oʻsimliklari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi bilimlari mustahkamlanadi. Sabzavot oʻsimliklarini tasvirlab berishga oʻrganadilar.
Zarur jihozlar: Sabzavotlardan piyoz, kartoshka, kichik bir bosh karam, sabzi, lavlagi, sholgʻom, pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri tayyorlab qoʻyiladi. Taʼlimiy oʻyin va tortiq qilish uchun laganda toʻgʻralgan sabzavotlar solingan.
Mashgʻulotning borishi: Bolalar, bu oʻsimliklar nima deb ataladi? Bularni qanday parvarishlash kerak? Hosillar yigʻib olingandan keyin qanday bayram oʻtkaziladi? Agar hamma birgalashib ishlasa ekinzorlardan juda yaxshi hosil olinadi.
Bolalar hozir yilning qaysi fasli? Sabzavot doʻkonlarida nimalar sotilmoqda?
Kuzda dehqonlar yaxshi hosil yetishtirib, uni hammamiz uchun shaharga olib kelishgan. Bugun biz sabzavotlarni koʻzdan kechirib chiqib, ular toʻgʻrisida suhbatlashamiz va oʻynaymiz.
Tarbiyachi bolalardan qanday boʻlmasin birorta sabzavot toʻgʻrisida uni nomini aytmasdan turib soʻzlab berishni taklif etadi.(Oʻzi dumaloq yoki tuxumsimon shaklda, qizil va koʻk rangda, poʻsti silliq, yaltiroq boʻladi. U juda foydali, uni koʻpincha salatlarga solishadi, ovqatga ishlatadilar(bulgʻor qalampiri) Bola sabzavotni tasvirlar ekan, uning shakli, katta-kichikligi, rangini, yuzasi qandayligini taʼriflaydi. Boshqa bolalar qanday sabzavot ekanligini topadilar, keyin boshqa bola topishmoq aytadi.
Endi bolalar, men sabzavotlarni bargini koʻrsataman, bolalar lagandagi sabzavotlardan qidirib topadilar.
Bolajonlar,hozir men topishmoq aytaman, siz uning javoblarini lagandan topingda, topishmoqda nega shunday deyilishini soʻzlab bering. Soʻngra bir-ikkita boladan topishmoq aytishni taklif qiladi. Boshqa bolalar topishmoqni topadilar.
Koptok emas-dumoloq,
Toʻnin yechsa ichi oq
Qizil, sariq toʻni bor,
Sichqon kabi dumi bor.
(Lovlagi)
|
Gulsiz meva qiladi,
Koʻp yesang til tiladi.
Gʻip-gʻildirak oy kulcha,
Bu nima? Kim biladi?
(Anjir)
|
Yer tagida oltin qoziq
U hammaga boʻlar oziq.
(Sabzi)
|
Qip-qizil u anormas,
Choʻgʻga oʻxshar –nolmas.
Moʻralaydi egatdan,
Joy oladi savatdan.
(Pomirdori)
|
Pak-pakana boʻyi bor,
Yetti qavat toʻni bor.
(Piyoz)
|
Qavat-qavat kuylagi bor,
Tugmasi yoʻq.
(Karam)
|
Mashgʻulot oxirida «Taʼmidan bilib ol» oʻyini oʻtkaziladi, keyin tarbiyachi bolalarni sabzavotlar bilan mehmon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |