Mashgʻulotning borishi: Bolalar doira boʻlib turadilar. Tarbiyachi bolalar bilan suhbat olib boradi.
Tarbiyachi: Bolalar hozir qaysi fasl?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: Janubdan bizga qanday qushlar uchib keladi?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bolalar, oʻlkamizga qaldirgʻoch, laylak, turna, bulbul kabi qushlar uchib keladilar. Bolalar nega ularni uchib kelib-ketuvchi qushlar deymiz?
Bolalar javobi
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bolalar, ular kuzda issiq oʻlkalarga uchib ketadilar, bahorda esa qaytib keladilar. Bolalar, uchib kelib-ketuvchi qushlarning qaysilari toʻgʻrisida eshitgansiz? Ularni koʻrganmisiz?
Bolalar javobi
Javoblar berilgandan soʻng tarbiyachi bolalarga stol atrofiga oʻtirishni va stoldagi rasmda tasvirlangan uchib ketayotgan qushlar galasini tomosha qilishni taklif qiladi.
Bolalar qaysi qushlar galasi uchib ketayapti. Hozir biz shu qushlar galasini gugurt choʻplaridan yasaymiz. Uchib ketayotgan qushlar galasini yasash uchun bizga nechta gugurt choʻp kerak boʻladi?
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bolalar, nyechta qush uchib ketayotgan boʻlsa shuncha.
Tarbiyachi bolalar ishlarini kuzatadi va baholaydi.
Soʻngra, yogʻochdan yasalgan uychani tomosha qilib suhbatni davom ettiradi.
Bolalar, qushlar oʻz uylariga qaytib kelganlaridan soʻng nima qiladilar?
Bolalar qaldirgʻochlar nima uchun odamlarga yaqin joylarga uy quradi?
Bolalar, odamlar inchalarni qaysi qushlar uchun joylashtiradilar?
Tarbiyachi bolalarga «Baliq, qush vahayvonlar» oʻyinini oʻynashni taklif qiladi.
Bolalar doira boʻlib turadilar. Doira oʻrtasida tarbiyachi-boshlovchi qoʻlida toʻp. Boshlovchi ishtirokchilarning birortasiga toʻpni otib, «hayvon» deydi, toʻpni ilib olgan bola birorta hayvonning nomini aytib boshlovchiga qaytaradi. Boshlovchi toʻpni otib, «baliq» yoki «qush» desa toʻpni tutib olgan bola baliq yoki qushning nomini aytib boshlovchiga toʻpni qaytarishi kerak boʻladi. Oʻyin oʻynab boʻlingach bolalar joylariga oʻtiradilar. Tarbiyachi bolalarga qushga incha yasashni taklif qiladi. Navbatchilar yordamida oldindan tayyorlangan yelim, moʻyqalam, qogʻoz, turli geometrik shakllar. Geometrik shakllarning nomlarini bolalar bilan birgalikda takrorlab olinadi, soʻngra qogʻozga inchani qanday yopishtirish koʻrsatib beriladi.
Bolalar mustaqil ishlayotganlarida tarbiyachi shakllarni toʻgʻri joylashtirilayotganligini kuzatadi, zarur joylarda yordam beradi.
Mashgʻulot yakunida bolalar ishlari tahlil qilinadi.
Yakuniy kism: Bolalarga uchib kelib-ketuvchi qushlar haqida tushuncha berish, ularning tashqi koʻrinishi, oʻziga xos xususiyatlari hamda hayot tarzi bilan tanishtirish. Qushlarga nisbatan gʻamxoʻrlik qilish hissini tarbiyalash, bolalarda kuzatuvchanlik va qiziquvchanliklarini oshirish, tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |