Uyga vazifa:
Bolalarga:
Bolalar, uyga borganda oyingizni qanchalik yaxshi koʻrishingizni ayting. Ularga oʻrgangan sheʼringizni aytib bering. Ota-onangizdan ozoda bolalar qanday boʻlishi, qoʻl yuvish qoidalari haqida soʻrab keling.
Ota-onalarga:
Bolalarning bugungi suhbatda qanday mavzuni oʻrganini soʻrab, suhbat oʻtkazishlari,
―Tozalik-bu salomatlik‖ mavzusida bolalar bilan qisqa suhbat oʻtkazishlarini iltimos qilish. Bu vazifaning zaminida kelgusi suhbat mavzusiga bolalarni tayѐrlash, ularni mashgʻulotda faol qatnashishga undash turadi.
«BIZNING KOʻChA»
Maqsad: Bolalarda tugʻilib oʻsgan joylariga, oʻz koʻchalariga nisbatan mehr uygʻotish. Oʻz koʻchasining nomini bilishga oʻrgatish. Koʻchani ozoda saqlash, koʻchada non va muzqaymoq yemaslik, gulzorlarni payhon qilmaslik kabi koʻcha odoblariga amal qilishni uqtirish.
Kerakli jihoz: Sayr qiladigan koʻchani tayѐrlash.
Suhbatning borishi: Tarbiyachi: Hammamizning oʻz koʻchamiz, oʻz uyimiz bor. Koʻchalarimiz chiroyli. Koʻchalarga daraxtlar, gullar ekilgan, koʻchalar ozoda.
Koʻchada yurishning ham odobi bor. Odobli bola koʻchada oʻzini yaxshi tutadi, qoʻrslik qilmaydi, kattalarga yoʻl beradi, tozalikni saqlaydi, koʻchada qoʻshnilarga, oʻzidan kattalarga salom beradi. Koʻchada shovqin solmaydi, koʻchada yurib ketaѐtib non, muzqaymoq yeyish, ѐmon odatdir.
Bolalar, hozir biz muassasamizga yaqin koʻchalarni aylanib sayr qilib kelamiz. Bu koʻchalar sizga tanish, qadrli. Chunki bu koʻchalardan har kuni oʻtib oʻz muassasamizga kelamiz.
Tarbiyachi bolalarni muassasaga yaqin koʻchalarni sayr qildiradi. Sayr vaqtida tarbiyachi istagan xonadon oldida toʻxtaydi va bolalar diqqatini koʻchaning nomi ѐzilgan ѐrliqqa qaratadi. ―Bolalar qarang, bu ѐrliqda koʻchaning nomi ѐzilgan. Har bir xonadonnning oʻz raqami bor. Demak , har bir koʻchaning nomi, har bir xonadonning oʻz raqami boʻlar ekan. Bu koʻchaning nomi ―Olmazor‖ ekan. Xonadon raqami 6 ekan. Kim oʻzi yashaѐtgan koʻchasining nomini biladi? (Bolalar javoblari)
Koʻchalarga qarang, toza, daraxtlar, gullar ekilgan. Bu gullarni, daraxtlarni parvarish qilishda sizning aka-opalaringiz ѐrdam beradilar.
Koʻchalarimizdan mashinalar yuradi. (Koʻchadan oʻtaѐtgan mashinalar kuzatish). Koʻchalarda yurishni oʻz qoidasi bor. Koʻchalarga eʼtibor bering. Koʻchada mashinalar yuradigan joylari bor. Piѐdalar yuradigan tor yoʻlaklar bor. Biz doimo mana bu tor yoʻlaklardan yurishimiz kerak. Hech qachan koʻchaning oʻrtasida oʻynamang. Koʻchaning oʻrtasida oʻynash haѐtingiz uchun xavfli.
Do'stlaringiz bilan baham: |