Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Bolajonlar, bugun biz nimalar hakida gaplashdik?
Koʻchalarimiz qanday ekan?
Koʻchalarni qanday saqlaymiz?
Tarbiyachi suhbat davomida va yakunida bolalarni shirin soʻzlar bilan ragʻbatlantiradi.
Uyga vazifa:
Bolalarga:
Bolalar, uyga borganda koʻchada yurish odobi haqida soʻzlab bering. Koʻchaga sayr qilganimizni aytib bering. Ota-onangizdan ѐlgʻon soʻz qanday soʻzligini soʻrang. Yolgʻonchi bolalar odobsiz bolalar ekanlarini soʻrab keling. Keyingi mashgʻulotda «Yolgʻonchilik ѐmon odat» mavzusida suhbatlashamiz.
Ota-onalarga:
Bolalarning bugungi suhbatda qanday mavzuni oʻrganganliklarini soʻrab, suhbat oʻtkazishlari, «Yolgʻonchilik ѐmon odat» mavzusida bolalar bilan qisqa suhbat oʻtkazishlarini iltimos qilish.Imkoniyat darajasida bolalarga ѐlgʻonchilik ѐmon odat ekani haqida haѐtiy misollar, ertak, hikoya aytib berishlarini iltimlos qilish. Bu vazifaning zaminida kelgusi suhbat mavzusiga bolalarni tayѐrlash, ularni suhbatda faol qatnashishga undash turadi.
«Yolgʻonchilik ѐmon odat»
Maqsad: Bolalarga ѐlgʻonchilik ѐmon odat ekanligi, ѐlgʻon gap odamlarni ranjitishi, orada ishonch yoʻqolishi, ѐlgʻonchi degan nomni olishi haqida tushuncha berish.
Kattalar bilan nisbatan samimiy munosabatini soʻz bilan ifodalash, kattalarga, oʻrtoqlariga ѐlgʻon gapirmaslik, ijobiy his-tuygʻular (kechirim soʻrash) orqali oʻrtadagi nizolarni bartaraf qilishga oʻrgatish. Bolalarga ѐlgʻonchilik ѐmon odat mavzusidagi ertak oʻqib berish. Yolgʻon gapirib xijolat chekkan bolalar haqida mazmunli rasmlar koʻrsatish.
Kutilaѐtgan natijalar:
Yolgʻonchilik ѐmon odat ekanligini tushunadilar.
Kerakli jihozlar: Mavzu asosida surat.
Mashgʻulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar, bugun ѐlgʻon gapirish ѐmon odat ekanligi haqida soʻzlab beraman.
Tarbiyachi: Toʻgʻri, bolalar, ѐlgʻonchilik – ѐmon odat. Yolgʻonchining gapi odamlarni ranjitadi, koʻnglini qoldiradi. Yolgʻonchining gapiga odamlar ishonmay qoʻyadilar, unga ishonmay qoʻyadilar. Toʻgʻri gapirgan odamlarga hamma ishonadi. Toʻgʻri gapirgan odamlarga hamma ѐrdam berishga tayѐr turadilar.
Men sizga bugun ѐlgʻon gapirib pushaymon yegan qush haqida ertak oʻqib beraman. Ertagimizning nomi ―Sher bilan Durroj‖. Sherni bilasiz, oʻrmonda yashovchi hayvon. Durroj esa qushning nomi.
(Tarbiyachi tustovuqqa oʻxshash qushning rasmini koʻrsatadi).
Diqqat bilan eshiting, ѐlgʻon gapirgan qushcha qanday ahvolga tushibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |