Zumradoylar davrasi


MAVZU : QOʻL YuVISh QOIDALARI BILAN TANIShTIRISh



Download 12,45 Mb.
bet9/66
Sana11.04.2022
Hajmi12,45 Mb.
#543760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
@Latin kirill bot

MAVZU : QOʻL YuVISh QOIDALARI BILAN TANIShTIRISh


Maqsad: Bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishni oʻrgatish. Bolalarga iflos qoʻllarda juda koʻp kasallik tarqatuvchi mikroblar toʻplanishini qoʻllarini toza yuvishga odatlanishlari kerakligi xaqida tushuncha berish. Qoʻl yuvish vaqtida suvni isrof qilmaslik, suvni tejash xaqida tushunchalarni mustaxkamlash.
Kutilayotgan natija: Bolalarni shaxsiy gigiyena qoidlalariga rioya etishni oʻrganadilar. Qoʻl yuvish texnikasiga amal qilgan xolda qoʻl yuvishga odatlanadilar.
Kerakli jixoz: Qoʻl yuvish odobi mavzusida soʻratlar, suyuq sovun, salfetka, mashgʻulot asosida tayyorlangan videorolik, slaydlar, kompyuter, tarkatma materiallar.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Xammangizni kayfiyatingiz yaxshimi?
Bolalar: Xa yaxshi
Tarbiyachi: Bolajonlar xozir oʻlkamizga qaysi fasl?
Bolalar: Qish fasli
Tarbiyachi: Juda toʻgʻri bolajonlar. Bugungi ob-havomiz qanaqa?
Bolalar: Sovuq
Tarbiyachi: Qish fasli boʻlgani uchun xavo juda sovuq. Bolajonlar bugun sizlar bilan qoʻl yuvish odobi xaqida suxbatlashamiz. Tozalik deganda nimani tushunasizlar?
Bolalar: Har doim toza ozoda yurishni.
Tarbiyachi: Toʻgʻri bolajonlar tozalik bu toza ozoda yurish degani. Tozalik bor joyda doimo sogʻlik boʻladi. Iflosgarchilikdan turli kasalliklar kelib chiqadi, chunki iflos yuvilgan qoʻllarda nimalar boʻladi?
Bolalar: Turli xil mikroblar, odamni ichiga kirib kasal qiladi.
Tarbiyachi: Toʻgʻri bolajonlar iflos yuvilmagan qoʻllarda mikroblar boʻladi. Mikroblar koʻzga koʻrinmaydigan, juda mayda zarrachalar boʻladi. Mikroblar oʻta zarali, ular odam organizmiga yuvilmagan qoʻllar, tirnoqlarni ogʻizga tiqish, yuvilmagan mevalar yeyish sababli tushadi va zararlaydi. Natijada kishilarda turli kasalliklar paydo boʻladi. Bugun biz qoʻl yuvish odobi xaqida suxbatlashamiz. Qoʻl yuvish odobini siz qanday tushunasiz?
Bolalar: Ovqat yeyishdan oldin doim qoʻllarimiz yuvilgan boʻlishi kerak.
Tarbiyachi: Toʻgʻri bolalar ozoda boʻlib yurishning tartib qoidalariga amal qilish shaxsiy gigiyena deyiladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish xar bir bolaning vazifasidir. Bolalar qoʻlimizni nima uchun yuvamiz? Siz qoʻlingizni qachon yuvasiz?
Bolalar: Uyqudan turganda, ovqatlanishdan oldin, xojatxonadan soʻng.
Tarbiyachi: Uyqudan turganda, ovqatlanishdan oldin, ovqatlangandan keyin, xojatdan soʻng qoʻllar iflos boʻlganda, uy xayvonlari bilan aloqa qilgandan soʻng yutal va aksirishdan soʻng qoʻllarimizni yuvamiz. Bolajonlar qoʻlni qanday yuvish kerak?
Bolalar: Suyuq sovun quyib yaxshilab yuvish kerak.
Tarbiyachi: Bolalar bugun men sizlarga qoʻl yuvish qoidalarini slaydlar orqali koʻrsatib beraman. Xamma diqqatini monitorga qaratsin. Bolalar qoʻllarini yuvishda eng avvalo kuylak yenglari shimarib olinadi, nima qilinadi?
Bolalar: Yenglar shimariladi.
Tarbiyachi: Soʻngra qoʻllar sovunlanadi, Nima qilinadi?
Bolalar: Sovunlanadi
Tarbiyachi: Sovunlangan kaftlar yaxshilab ishqalanadi. Nima qilinadi?
Bolalar: Yaxshilab ishqalanadi.
Tarbiyachi: Soʻngra tirnoqlar osti yaxshilab ishqalanadi. Nima qilinadi?
Bolalar : Tirnoqlar osti ishqalanadi.
Tarbiyachi: Soʻngra qoʻllar toza suv bilan yuviladi. Nima qilinadi?
Bolalar: Toza suv bilan yuviladi.
Tarbiyachi: Soʻngra qoʻllar toza va quruq sochiq bilan quritiladi. Nima qilinadi?
Bolalar: Quruq va toza sochiqda quritiladi.
Tarbiyachi: Bolajonlar qoʻllarni artishda xar bir bolaning aloxida oʻz sochigʻi boʻlishi kerak. Qoʻl artishda bir martalik mana bunday salfetkalardan xam foydalaniladi. Endi bolajonlar qoʻl yuvish soʻratlaridan bittadan olamiz. Soʻratlarni ketma-ketlikda joylashtirib chiqing. Har bir guruh aʼzosi ketma-ketlikda oʻzining soʻrati xaqida navbat bilan soʻzlab beradi. Bolajonlar sizlar qoʻl yuvish odobini juda yaxshi bilib oldingiz. Keling endi qoʻl yuvishni amalda bajaramiz.
Tarbiyachi va bolalar qoʻl yuvishni oʻrganishadi.
Tarbiyachi: Barakala bolajonlar mana endi siz qoʻl yuvish qoidasini juda yaxshi bilib oldingiz. Xozir biz suv, sovun xaqida sheʼr aytish bilan faoliyatni yakunlaymiz.

Madina : Mikrob boʻlar juda quv,


Yashirinib yurar u
Unga qarshi kurashgan
Yasha sovun, yasha suv!
Ishqaganda koʻpirgan
Dogʻlarni xam oʻchirgan
Charchamagan xizmatda
Yasha sovun, yasha suv

Ruxshona: Ozodalik asosi


Buyumlarning aʼlosi
Mikroblarni qiruvchi
Yasha sovun, yasha suv
Yuzlarimni yuvaman
Yalqovlikni quvaman
Sogʻlik bergan tanamga
Yasha sovun, yasha suv

Tarbiyachi: Bugungi faoliyatimizda qoʻl yuvish odobi xaqida bilib oldingiz. Aziz bolajonlar faoliyatda yaxshi ishtirok etganingiz uchun raxmat . Mana bu yulduzchali, rangli qogʻozchalarni sizlarga tarqatib beraman.





Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish