MAVZU : KIYINISh ODOBI
Maqsad: Bolalarga kiyinish odobi xaqida tushuncha berish, bolalar kiyimlarini ozoda kiyish saramjon, sarishta saqlashga oʻrgatish. Bolalarga kiyimlarni mustaqil kiyib –yechish, tugmasini taqish, poyafzallarini ipini bogʻlash, oyoq-kiyimlarni juftlab oʻz joyiga olib qoʻyish, Oʻzidagi tartibsizlik va pala-partish kiyinishni sezib uni bartaraf etish orqali muntazam mehnat qilishga oʻrgatib borish.
Kutilayotgan natija: Bolalar kiyimlarni mustaqil holda tartibli, orasta kiyib yechish va tugmasini taqish, poyafzalni ipini bogʻlash, oyoq-kiyimlarni juftlab oʻz joyiga olib qoʻyish kerakligini bilib oladilar.
Kerakli jixoz : Kiyinish odobi xaqida soʻratlar, Qimmatxon, kiyim jovoni , kiyimlar.
Faoliyatning borishi: Assalomu alaykum aziz bolajonlar, xammamizni yaxshimi.
Bolalar: Xa yaxshi .
Tarbiyachi: Unday boʻlsa bugun sizlar bilan kiyinish odobi xaqida suxbatlashamiz.
Shu vaqt xonaga Qimmatxon baqirib kirib keladi.
Tarbiyachi: xa, xa tinchlikmi Qimmatxon?
Qimmatxon: Sizni nima ishingiz bor, oʻzim adashib qoldim.
Tarbiyachi: Nima bu turish tinchlikmi? Salom yoʻq, alik yoʻq, ust boshinga qarab boʻlmaydi.
Qimmatxon: Anovi sexrgar kampir Zumradga bir sandiq kiyim beribdi. Men xam oʻsha kiyimlarni olish uchun yoʻlga chiqqandim. Lekin adashib qoldim.
Tarbiyachi: Unday boʻlsa kel Qimmatxon bizning bolalarga qoʻshib biz xozir kiyinish odobi xaqida suhbatlashmoqchi edik. Bolajonlar kiyim faqat yangi boʻlishi shart emas, biz uni tartibli qilib kiya bilishimiz kerak. Xar kuni ertalab oyingiz sizni chiroyli, toza kiyimlar kiydirib bogʻchaga olib keladilar. Siz bu kiyimlarni kir qilmay , tugmalarini uzmay, ovqatlanayotganingizda ovqat toʻkmay, choʻntaklarni yertmay kiyinishingiz kerak. Bolajonlar qarang mana bu soʻratga. Suratda ikkita qiz bolaning rasmi tasvirlangan. Bu ikki qiz qanday kiyingan?
Bolalar: Birinchisi toza ozoda kiyingan, ikkinchi qiz kiyimlari betartib, sochlari taralmagan.
Tarbiyachi: Sizlar qaysi qizga oʻxshashni xoxlaysizlar?
Bolalar: Albatta birinchi soʻratdagi qizga oʻxshashni xoxlaymiz.
Tarbiyachi: Bolajonlar yaxshi kiyinish odobiga rioya qilishimiz kerak. Kiygan kiyimlarimizni kamchiliklarini koʻzguga qarab bartaraf etishimiz kerak. Tuflimizni iplari bogʻlangan , tugmalarimizni ehtiyotkorlik bilan taqib , yechilgan kiyimlarimizni taxlab yoki joyiga ilib qoʻyishimiz kerak. Bolalar birinchi kuylakni kiyamizmi yoki bosh kiyimimiznimi, oyoq kiyimimizni?
Bolalar: Birinchi kuylakni kiyamiz, bosh kiyimimizni kiyamiz soʻngra oyoq kiyimimizni kiyamiz.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar siz tartibli kiyinish qoidasini yaxshi bilar ekansiz. Shu kiymingiz bilan uxlashga xam yotasizmi?
Bolalar: Yoʻq, uxlash oldidan kiyimlarni yechib kechki kiyimlarimizni kiyib olishimiz kerak.
Tarbiyachi: Juda xam toʻgʻri kiyimlaringizni yechgandan soʻng, ularni chiroyli qilib kiyim javonida ilib qoʻyishimiz kerak. Uyqudan turganimizdan soʻng yaʼni tartib bilan kiyimlaringizni kiyib olasiz. Mana Qimmatxon qizim tartibli kiyinish xaqida bilib oldingmi? Keling bolalar Qimmatxon bilan birga kiyimlarimizni taxlashni oʻrganamiz. Mana bolajonlarim uyga borganingizda ota-onaningizda kiyimlarni qanday qilib taxlashni, kiyim javoniga qanday qilib ilib quyishni oʻrganganingizni koʻsatib bering.
Qimmatxon: Raxmat bolalar endi men xam sizlardek chiroyli va tartibli kiyinib bogʻchalaringizga kelaman. Men sizlardan juda koʻp narsalarni oʻrgandim.
Tarbiyachi: Qani bolajonlar bugun biz nimalar xaqida gaplashdik? Qanday kiyinish kerak ekan? Kiyimlarni qanday taxlab qoʻyish kerak ekan?
Bolalar javob beradilar
Tarbiyachi: Mana bolajonlar bugungi faoliyatimiz davomida barchangiz yaxshi ishtirok etdingiz. Shuning uchun sizlarga mana bu qoʻgʻirchoq soʻrʼatini tarqatib beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |