MAVZU: TISh YuVISh QOIDALARI BILAN TANIShTIRISh.
Maqsad: Bolalarni shaxsiy gegiyena qoidalariga amal qilishni, har kuni tishlarni yuvib turishni, tishda qattiq danaklar chakmaslikni, issiq ovqatdan soʻng sovuq suv ichmaslikni oʻrgatib borish. Sogʻlom turmush tarziga amal qilishni oʻrgatish.
Jihoz: tish yuvish vositalari, rangli rasmlar, plakatlar.
Mashgʻulot borishi:
Bolalarni mashgʻulotga jalb qilish. Doira boʻylab bolalarni joylashtirish. Bolalarni yangi mavzu bilan tanishtirdim.
Tish odamga butun umri davomida xizmat qiladi. Ovqatni hazm qilishda tishlarni oʻrni katta.
Tish yordamida ovqat maydalanadi va chaynaladi. Agarda ovqat maydalanib, yaxshi chaynamasak oshqozonda hazm boʻlmay qornimizni ogʻritadi.
Katta odamlarda 32 ta tish boʻladi. Bolalar 6 oyga toʻlganda sut tishlari chiqadi. 6 yoshdan boshlab esa sut tishlari tushib doimiy tishlar chiqadi.
Tishlarimiz suyaklardan iborat. U emal bilan qoplangan. Agar extiyot qilmasak tish teshilib chiriy boshlaydi. Tishni saqlash uchun uni doimo toza tutib yuvib yurish kerak.
Tishda donak chaqish suyaklarni chaynash issiq ovqatdan soʻng sovuq suv ichmaslik kerak. Bular tishga zarar keltiradi. Agar tishingizni tekkizmang. Tishingiz qiyshiq chiqadi. Tish sogʻlom boʻlishi uchun doim ovqatdan keyin iliq suvda chayishimiz kerak. Har kuni yotish oldidan tishni pasta va tish choʻtkasi yordamida yuvish juda zarur.
Xoʻl meva va sabzavotlarni koʻp yeyish ham tishlarimizni sogʻlom boʻlishiga yordam beradi. Ular tishni tozalab, milki mustahkamlaydi.
Tishlarimizni yuvishda ayrim qoidalarga amal qilishimiz kerak.
1. Barcha tishlarni tashqi yuzalarini tishning chetiga qarab tozalash.
2. Barcha tishlarni ichki yuzasini milkdan tishning chetiga qarab tozalash.
3. Har bir tishni chaynovi yuzasini tozalash.
4. Oldingi tomondan yuqori va pastki tishlarning ichki yuzalarini tozalash.
5. Til va lunjni ichki yuzasini tozalash.
Har kuni ikki mahal ertalab va kechqurun tishlarimizni yuvishimiz shart va zarur.
Jajji qoʻlchamga choʻtka,
Pastani soʻrib oldim.
Soʻngra tepa va pastga,
Erinmay ishqaladim.
Qolmasin deb orqasi,
Tishlarimizning hammasi.
Gʻar-gʻar-gʻar tozalab chaydim ana,
Mana-mana bir qarang.
Tishlarim boʻldi oq rang,
Tish yuvish, tish yuvish.
Bu juda ham zarur ish,
Sogʻlom boʻldi hamma tish
Doktorga qolmadi ish.
Aqlli bola boʻlib har doim tishlarimiz uchun gʻamxoʻrlik qilishimiz kerak.
Mashgʻulotni yakunlash.
Bolalarni ragʻbatlantirish. Bolajonlar siz doim tishlaringizni yuvib yuring. Shunda tishlar sogʻlom boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |