Tayyorgarlik ishlari:
1. Tarbiyachi Q.Muhammadiyning «Bahor» she’rini o‘qib beradi
Issiq o‘lkalarga uchib ketgan qushlarning qaytishi, nima uchun ularni uchib kelib-ketuvchi qushlar deyilishi to‘g‘risida tarbiyachining hikoyasi
2. «Issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar» rasmi, ularning har biri haqida so‘zlab berish va suhbatlashish.
-Bolalar kim laylak, qaldirg‘och, turna, bulbulni ko‘rgan?
-Kim bulbulni sayrashini eshitgan?
Suhbat davomida bolalarni savollarga to‘liq javob berishga undash.
3. Qushlar haqida topishmoq
(Qaldirg‘och, turna, laylak, bulbul)
4. Muassasa hovlisidagi daraxtlarning birontasiga ota-onalar yordamida yasalgan inchani o‘rnatish.
5. Sayr vaqtida qushlarni kuzatish.
6. Tabiat burchagida bolalarning mustaqil ko‘rishlari uchun «Issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar» haqidagi rasmlar va rangli kitobchalarni tashkil qilish
7. Bahorda barcha qushlar uy qurishlari yoki mavjud uyalarini ta’mirlashlari, so‘ngra esa tuxumlaridan bola ochishlari, poloponlari ustida qayg‘urishlari haqida tarbiyachining hikoyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |