haqida suhbat
Maqsad: Bolalarga uchib kelib-ketuvchi qushlar haqida tushuncha berish, ularning tashqi ko‘rinishi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda hayot tarzi bilan tanishtirish. Qushlarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish hissini tarbiyalash, bolalarda kuzatuvchanlik va qiziquvchanliklarini oshirish. Bolalarning savollarga to‘liq javob berishlariga erishish, mustaqil applikatsiyaga o‘rgatish.
Til va Nutq faollik markazi; Fan va tabiat markazi;
Kutilayotgan natija: Bolalar uchib kelib-ketuvchi qushlar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Qushlarning hayot tarzi bilan tanishadilar. Ularga nisbatan muhabbat uyg‘onadi. Ularni ardoqlash kerakligini tushunadilar.
Zarur jihozlar: Issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlarning rasmlari (qaldirg‘och, turna, laylak, bulbul), gugurt cho‘plari, yog‘ochdan yasalgan incha, mo‘yqalam, oqqog‘oz, sa’vaning rasmi va uycha shaklini yopishtirish uchun tayyorlangan rangli qog‘ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |