Kerakli jihozlar: slayd, mavzuga oid rasm, stakan, suv.
faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar kelinglar bugun siz bilan ushbu lavhani tomosha qilamiz. Lavhada nimalarni ko‘ryapsiz?
Bolalar: Suvni oqimini. Uni tejashni.
Tarbiyachi: Hayot bo‘lishi uchun eng avvalo suv mavjud bo‘lishi kerak. Yerda hayot dastlab suvda paydo bo‘lgan, suv eng qimmatbaho boylik bo‘lib usiz yashash mumkin emas. Sizlar bilan “So‘z tanlash” o‘yinini o‘ynaymiz. Suv so‘ziga sifatdosh so‘zlarni topasiz.
1 Bola: suv qanday rangda rangsiz
2 Bola: suv hidsiz
3 Bola: suv shaffof
4 Bola: suv tiniq
Tarbiyachi: Barakalla. Endi suv bilan tajriba o‘tkazamiz. Suvni idishga solib unga rang tomizib ko‘ramiz. Suv tiniq edi endi qizil ranga kirdi. Unga tomizsak yana suv o‘z holiga keladi.
Bolalar ham shu tajribani qilishadi. Suvni klyonkaga solib, unga qalamni tiqib suv to‘kmaydi, qalam klyonqani teshib o‘tadi. Suvni muzlatgichga qo‘yib muz shakliga keltiramiz.
Tarbiyachi: Tajribalar sizga yoqdimi? O‘yin sizga yoqdimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |