Toza suv rangsiz, ta'msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta'mni suvga unda erigan qo'shimchalar beradi.
Suvning ko'p fizik xossalari va o'zgarish xarakteri o'ziga xos bo'lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo'lgan holatdan chetlanish) bo'lib hisoblanadi.

(1-rasm). Suvni 0°C dan +4°C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4°C da suv o'zining maksimal zichligiga ega bo'ladi va bu 1 kg/m3 ni yoki 1 g/ml ni tashkil etadi.
Suvning yana bir xossasi uning yuqori issiqlik sig'imiga (4,18 J/K(g) egaligi (solishtirish uchun qum — 0,79; ohaktosh — 0,88; osh tuzi -- 0,88; glitserin - 2,43; etil spirti - 2,85). Shuning uchun suvning tungi vaqtlarda yoki yozdan qishki mavsumga o'tishda sekin sovushi; kunduzi yoki qishdan yozgi mavsumga o'tishda sekin isishi kuzatiladi. Suv 0°C da muzlaydi (shu haroratda muz eriy boshlaydi), 100°C da qaynaydi va bug' holatiga o'tadi.

Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000°C dan yuqori haroratda suv bug'lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi:

Kimyoviy xossalari.
2H2O = 2H2 + O2
Faol metallar suv bilan ta'sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi:
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 ↑
Suvning reaksion qobiliyati ancha katta. Ko'p metallar ya metallmaslar oksidlari suv bilan ta'sirlashganda asos va kislotalar hosil bo'ladi:

CaO + H2O = Ca(OH)2;
SO3 + H2O = H2SO4;
Ba'zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi:
CuSO4 + 5H2O = CuSO4·5H2O.
Qizdirilgan temir suv bug'i bilan reaksiyaga kirishadi:

3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2↑
Suv bir qator kimyoviy jarayonlarni katalizlaydi: agar suv ishtirok etmasa «qaldiroq gaz» yuqori haroratda ham portlamaydi, is gazi kislorodda yonmaydi, xlor metallar bilan ta'sirlashmaydi, vodorod ftorid oyna bilan ta'sirlashmaydi, natriy va fosfor havoda oksidlanmaydi hamda xlor bilan ta'sirlashmaydi.