O’ZBEKISON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
“AVIATSIYA MUHANDISLIGI” FAKULTETI
“AVIATSIYA INJINIRENGI” KAFEDRASI
“AVIATSIYA MATERIALSHUNOSLIGI VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNALOGIYASI”
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU:TERMOREAKTIV PLASTMASSALAR
BAJARDI: AEA-1 GURUH TALABASI
USMONQULOV BO’RJOQ
QABUL QILDI: QODIRBEKOVA Q.
TOSHKENT-2022
Plastik massalar deb sun’iy ravishda bog'lovchi organik
polimerlar asosli sun’iy ravishda olingan materiallarga aytiladi. Bu
materiallar qizdirilganda plastik holatga o‘tish qobiliyatiga ega
bo'ladilar. Shundan foydalangan holda ularga bosim ostida turli
kerakli shakllar beriladi va keyinchalik sovushi natijasida shu berilgan
shaklni saqlab kolishadi. Materialdagi bog’lovchining kelib chiqish
tabiatiga ko‘ra shakllangan plastik massalar, qayta sovushi natijasida
yoki yana qayta qizdirilishi natijasida qotishi amalga oshiriladi.
Plastik massalarning asosiy komponenti bog’lovchi modda
hisoblanadi. Ko‘pchilik plastik massalar uchun bog‘lovchi modda
sifatida sun’iy smolalar qo’llanilsa, kam hollarda selleyuloza efirlari
qo‘llaniladi. Aksariyat plastik massalar asosan termoplastik bo’lib,
ular faqat bitta bog’lovchidan tashkil topgan, misol: polietielen,
organik shisha va shunga o‘xshashlar bo’ladi.
Plastik massalarda bog’lovchi moddadan tashqari yana bir asosiy
komponent bu to’ldiruvchi (kelib chiqishi organik yoki noorganik
bo’lgan kukunsimon, tolasimon materiallar) hisoblanadi. To’ldiruvchi
komponent bog’lovchi komponent bilan to’la aralashtirilgandan keyin
yarim plastik massa mahsuloti hosil boiadi, keyinchalik ularga
kerakli shakl berilishi natijasida tayyor plastik massadan yasalgan
buyum hosil bo'ladi. Materialdagi to'ldiruvchi plastik massalarni
mexanik xossalarini oshiradi, shakllangan buyumning qotish
jarayonida o'lcham o‘zgarishlarni qisqartiradi va materialga turli u
yoki bu o‘zgacha xossalarga ega boiishligini ta’minlaydi. Bundan
tashqari, plastik massalarga texnologik jarayonni, ya’ni bosim bilan ishlashni yengillashtirish maqsadida ularga plastifikator deb
nomlangan turli moddalar, jumladan: oltin kislatasi, sterin,
dibutilftalat hamda shunga o‘xshagan moddalar qo'shiladi va nihoyat
plastik moddalarga qotiruvchi, plastik massalami shakllashdan oldin
qotib qolishligining oldini olish maqsadida sekinlatuvchi yoki
strukturadagi kerakli kimyoviy reaksiyani tezlatish maqsadida
katalizatorlar hamda plastik massadan yasalgan buyumlarga rang
berish maqsadida ranglovchilar qo‘shilishi mumkin.
Plastik massalaming xossalari, asosan, ularning tarkibidagi kom-
ponentlar miqdori va ulaming orasidagi nisbatlari bilan belgilanadi.
Bu esa materialdagi komponentlar nisbatlarini o‘zgartirish orqali
ulaming xossalarini keng chegaralar qiymatlarida o‘zgartirish
imkoniyati paydo boiadi.
Bog’lovchi moddaning xossasiga ko‘ra plastik massalar termo-
plastik — asosan termoplastik polimerlar asosli, va termoreaktiv -
asosan termoreaktiv smolalar asosli plastik massalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |